1-topshiriq. Sinfni kuzating. Kimlarni, nimalarni ko’rayapsiz? Ularning nomini yozing.
2-topshiriq. O’zingiz yozgan so’zlarni yana bir bor o’qib chiqing. SHu so’zlarni qanday qilib ikki guruhga ajratish mumkin?
1-topshiriq asosida mashq qilish yo’li bilan “yon atrofimizni turli-tuman narsalar o’rab olgan. Atrofimizni o’rab olgan narsalarni predmet deb ataymiz” kabi muloxazalardan keyin narsaning nomini bildirgan so’zlar ot deyiladi” degan ta’rif chiqariladi. Chiqarilgan hulosa-otning ta’rifi bo’lib, u bolalarning o’quv biluv faoliyati maxsulidir. Binobarin, o’quvchilar ijod qilish orqali yangi bilimni ta’lim sharoitida kashf etishadi.
2-topshiriq bo’yicha mashq qilinganda kuzatish asosida yozilgan so’zlar kim?, nima? so’roqlari vositasida ikki guruxga ajratiladi. Otlarni kim?, nima? so’roqlari vositasida ikki guruxga ajratish yangicha faoliyat usulidir. Yangicha faoliyat usulini egallash ham ijod maxsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |