Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda , shart mayli qo‘shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita sanaladi . Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini , paytini bildiradi Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .
M : Yerga mehring bersang , u senga rizq beradi .
Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa , kuz erta keladi .
Qaldirg‘och pastlab uchsa , yog‘ingarchilik bo‘ladi .
Mehmon kelsa eshikdan , rizqi kelar teshikdan .
Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar
Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma`nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga – ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . Bu yuklama bosh
gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |