Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi . Ergash gap kesimi esa shart maylidagi fe`llar bilan ifodalanadi . Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi . Ko‘pincha shart bog‘lovchisi qo‘llanmasa ham , shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi . M: Agar boshingga qilich kelsa ham , to‘g‘ri gapir .
Agar Olloh oldida javobgar bo‘lsang , boshing , shaksiz , kesilgay .
Ona yurting omon bo‘lsa , rangi-ro‘ying somon bo‘lmas .
Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu tufayli , shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi . Ular bosh gap tarkibida keladi .
M: Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik , shu sababli mo‘l hosil oldik .
Giyohvandlik –insoniyat kushandasi , shu tufayli dunyo unga qarshi kurashmoqda .
Ilmsiz inson - mevasiz daraxt , shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo‘l .
Do'stlaringiz bilan baham: |