Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar
Ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog‘lanadi :
1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar ; 2) ko‘makchili qurilmalar ;
3) yuklamalar (-ki ) 4) nisbiy so‘zlar (kim-o‘sha , nima-shu , qayer-shu yer )
5) deb so‘zi va boshqalar .
Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar
Bosh gapdan ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki , negaki ) , maqsad (toki ) , shart
( agar , agarda , maboda , basharti ) , qiyoslash –chog‘ishtiruv (go‘yo , xuddi , go‘yoki ) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi . Sabab , maqsad , qiyoslash -chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh
gapdan so‘ng qo‘llanadi . Bunday vaqtda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . M : Bu masalani sinfda muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin .
Ular mening aytganimni qilishadi , chunki men oilaning kenjatoyiman .
Sinf jim-jit , go‘yo hamma yoqqa suv quygandek .
Do'stlaringiz bilan baham: |