- O’simliklar atmosferadagi erkin azotni va organik moddalar tarkibidagi bog’langan azotni bevosita o’zlashtira olmaydi. Ular faqat mineral holdagi azotli birikmalardan ya’ni ammoniyli va nitratli tuzlardan foydalanadi, halos. Agar podzol tuproqlar haydalma qatlamining bir gektarida 6 000 kg azot bo’lsa, shundan o’simliklar o’zlashtira oladigan azot atiga 1% ni tashkil etadi Bu azot ekinlardan hatto bir marta yaxshi hosil olish uchun ham etarli bo’lmaydi.
- Demak, er yuzida hayot davom etishi uchun o’simliklar va hayvonlar tomonidan hosil qilinadigan organik moddalar doimo parchalanib turishi kerak. Organik moddalarning parchalanishida mikroorganizmlarning roli nihoyatda katta. Ular hayoti davomida organik moddalarni parchalaydi va SO2, N2O, NN3, NO3, R, S va boshqa anorganik moddalar hosil qiladi, bu moddalar yana aylanish doirasiga o’tadi.
Azotning tabiatdagi zahirasi juda katta. Atmosfera havosi tarkibining 4/5 qismini azot tashkil qiladi. bir gektar er ustidagi havoda 80 ming t molekulyar azot (N2) bo’ladi. Er yuzida yashab turgan organizmlardagi azotning miqdori esa 20-25 milyard tonnani tashkil etadi. - Azotning tabiatdagi zahirasi juda katta. Atmosfera havosi tarkibining 4/5 qismini azot tashkil qiladi. bir gektar er ustidagi havoda 80 ming t molekulyar azot (N2) bo’ladi. Er yuzida yashab turgan organizmlardagi azotning miqdori esa 20-25 milyard tonnani tashkil etadi.
- Podzol tuproqlar haydalma qatlamining bir gektarida 6 t, qora tuproqlarda esa 18 t azot bo’ladi. Mikroorganizmlarniig ayrimlari organik moddalarni parchalab, mineral moddalar hosil hiladi. Bu mineral moddalarni o’simliklar o’zlashtiradi, ikkinchi tomondan azotofiksator (azot to’plovchi) lar havodagi azotni o’zlashtirib, undan organik moddalar sintezlaydi. SHunday qilib, azot tabiatda aylanib turadi. Azotning tabiatda aylanishi ammonifikasiya, nitrifikasiya, denitrifikasiya va azotofiksasiya jarayonlari orqali kechadi.
Ammonifikasiya jarayoni. O’simlik va hayvonlar qoldiqlarida juda ko’p miqdorda organik moddalar bo’ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o’simliklarning azot bilan oziqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi natijasida ammiak (NN3) hosil bo’lgani uchun bu jarayon ammonifikasiya deyiladi. Odatda bu jarayon oqsilning chirishi deb aytiladi. Oqsilning chirishi jarayonida ammiakdan tashqari, H2S, indol (C8H7N), metil-merkaptan (SN3SH), fosfat kislota (H3PO4) va boshqa birikmalar hosil bo’lib, yoqimsiz hid ajraladi. Ammonifikasiya jarayoni aerob, anaerob va fakulьtativ anaerob sharoitlarda boraveradi, lekin aerob sharoitda u tezlashadi. - Ammonifikasiya jarayoni. O’simlik va hayvonlar qoldiqlarida juda ko’p miqdorda organik moddalar bo’ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o’simliklarning azot bilan oziqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi natijasida ammiak (NN3) hosil bo’lgani uchun bu jarayon ammonifikasiya deyiladi. Odatda bu jarayon oqsilning chirishi deb aytiladi. Oqsilning chirishi jarayonida ammiakdan tashqari, H2S, indol (C8H7N), metil-merkaptan (SN3SH), fosfat kislota (H3PO4) va boshqa birikmalar hosil bo’lib, yoqimsiz hid ajraladi. Ammonifikasiya jarayoni aerob, anaerob va fakulьtativ anaerob sharoitlarda boraveradi, lekin aerob sharoitda u tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |