Termosfera va ekzosfera - mezosfera qatlami ustida, yer yuzasidan 80-800 km balandlikda joylashgan qatlamlardir. Ular atmosferaning eng tarqoq qatlamidir. Bu yerda gazlarning ionlar, atomlar va molekulalari uchraydi, ularning zichligi Yer yuzasidagiga nisbatan million marta kam.
Havo qobig'ining qalinligi Yer radiusining yarmiga yaqin bo'lsa ham, kosmik o'lchov bo'yicha bu juda yupqa pardadir. Havoning o'lchov massasi Yer massasiga nisbatan 1000000 marta kamdir. Biroq uning mohiyati juda katta-Yerdagi hayot atmosfera bor-yo'qligiga bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |