Mavzu: Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari Reja



Download 63,53 Kb.
bet6/6
Sana23.06.2022
Hajmi63,53 Kb.
#697945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari реф 15

Hayvonlar hayot shakli tasnifi ham xuddi o’simliklarniki kabi xilma-xildir. Sutemizuvchilarning morfologiyasiga har xil muhit sharoitlarida ularning harakatlanish holati tahsir ko’rsatadi. A. N. Formozov ana shu priniipga asosan hayvonlarni quyidagi moslashish xillariga ajratadi: yer ustida, yer ostida, daraxtlarda, havoda va suv muhitida hayot kechiradigan xillari. SHuningdek, bu xillar orasida oralik, shakllar ham mavjuddir. Qushlarning tashqi ko’rinishida ularning mahlum sharoitga moslashgan harakatlari aniq ko’rinib turadi. SHu munosabat bilan quyidagi qushlar farq qilinadi: daraxtsimon o’simliklarda, qurudlikda, botqoqlikda va suv muhitida yashaydiganlari.
Yuqorida qayd qilingan har bir gruppadan maxsus shakllar ajratiladi:
a) ozuqasini izlash yo’ly bilan topadi (kaptarlar, to’tilar,qarg’alar);
b) ozuqasini uchib borayotgan paytida tutib oladi (o’rmanlarda slavka, ukkilar, ochiq joylarda rjanka, uzunqanotlilar, suv ustida esa nayburunlar va hokazolar);
v) ozuqasini suvda suzish vaqtida (pingvinlar, nayburunlarning ayrim vakillari).
Bulardan tashqari, yerning ustida harakatlanib oziklanadigan turlar va yana bir qancha shakllarni ajratish mumkin.
Bo’g’imoyoqlilar, asosan, halqali chuvalchanglardan tarqalgan, shu tufayli tuzilishlari jihatidan ko’p tomonlari bilan chuvalchanglarga o’xshaydi, lekin rivojlanishi jihatidan ulardan ustun turadilar, Ularning tanasi (tashqi tomonidan) bo’laklarga bo’lingan, gavdalarida bosh, ko’krak qorincha bo’lishi mumkin. Ularning oxiri bo’g’imlar bilan tamom bo’ladi (shuning uchun ham ular bo’g’imoyoqlilar deb ataladi). Tanasi zich, qattiq qobiq bilan qoplangan. Bo’g’imoyoqlilarda po’st tashlash xususiyati yaxshi rivojlangan. Ularda oziqa hazm qilish ahzolari yaxshi rivojlangan, nerv sistemasi, nafas olish sistemasi (u har xil jabra, traxeya yoki o’pka shaklida), qon aylanish faoliyati yurak bilan bog’liq bo’ladi.Bo’g’imoyoqlilarning ko’zlari juda yaxshi rivojlangan,ularda oddiy va murakkab ko’z bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarga bir qancha sinflar kiradi. SHulardan biz fakat qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar, birlamchi traxeyalilar, ko’p oyoqlilar va hasharotlar haqida so’z yuritamiz.
Birlamchi traxeyalilar janubiy yarim sharda yashaydilar bahzi xususiyatlari jihatidan halqali chuvalchanglar qatoriga qo’shiladilar. Bu esa, o’z navbatida ularni oraliq gruppalar deb hisoblashga imkon beradi. Bular quruqlikda yashaydigan turlardir.Kiskichbaqasimonlar ekologik jihatdan suvda yashovchi organizmlar, nam muhitlarda hayot kechiruvchi individlar hisoblanadi. O’rgimchaksimonlar esa asosan quruqlikda yashaydigan maxsus ayrim hollarda suvli muhitlarda uchraydilar, bunda chuchuk suvlarda hayot kechiradilar. Bularga o’rgimchaklar, xatto falangalar, kanalar kiradi. Ko’poyoqlilar — quruqlikda yashovchi hayvonlar. Ular asosan tropik zonalarda keng tarqalgan bo’lib, quruqlikdagi bo’g’imoyoqlilarning vakillari hisoblanadi.
Tuproqda hayot kechiradigan mayda bo’g’imoyoqlilar, tuproq qatlamining mahlum zonalarida joylashishlariga qarab ekologik gruppalarga ajratiladi. CHunki tuproqning chuqurligiga qarab oziqlanish muhitidagi barcha sharoitlar: bo’shliqning hajmi, yorug’lik bilan tahminlanganligi, harorat hamda namlik tartiblari o’zgaradi.
Atmobiontlar — hajmi katta bo’lib, tuproqning ustki qatlamlarida tarqalgan va o’simliklarning pastki qismlariga chiqishi mumkin. Ko’zlari rivojlangan, qo’shimcha ahzolari (antenna oyoqlari) uzun, bo’yoq moddalari (pigmentlari) yaxshi seziladi.
Euedafik turlar — tuproqning yupqa mineral bo’shliqlarida yashaydigan mayda organizmlar, qo’shimcha organlari juda kalta, ko’zi bo’lmaydi, pigmentlari ham uchramaydi.
Gemiedafik shakllar — oraliq chuvalchanglar shaklida harakatlanadi. Qisman ko’zlari reduktsiyalangan, pigmentlari tarqalgan shakllari qisqargan va hokazo.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish.1-qism.


2. RafikovА. Geoekologikmuammolar. T. O‘qituvchi. 1997 yil 112-bet.
3.To‘xtaevА. Ekologiya. T. O‘qituvchi nashriyoti. 1998 yil.190-bet.
4.ErgashevА. Umumiy ekologiya OUYu talabalari uchun darslik. T., «O‘zbekiston» 2003 yil. 464 – bet .
5.Otaboev SH., Nabiev M. Inson va biosfera. T. O‘qituvchi 1995 yil. 321 bet.
6.Baratov P. «Tabiatni muhofaza qilish». Toshkent. «O‘qituvchi» nashriyoti.1991-yil.187–bet.
7. S.jumayeb. Biomaromlar.T. O‘qituvchi.2004 yil.240-bet.
8. www.ziyonet.uz
9.arxiv.uz
Download 63,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish