Mavzu. Biologik xilma-xillikning moslashuv muammolari dars maqsadi



Download 16,29 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,29 Kb.
#219969
Bog'liq
8-AMALIY


Mavzu. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNING MOSLAShUV MUAMMOLARI
Dars maqsadi. Ekologiya va iqlim butun tabiiy tizimning uzviy bog‘langan elementlari ekanligini tushuntirish. O’quvchilarda organizmlarning xilma-xil turlari noyobligi va qaytarilmasligi, global iqlim o‘zgarishi natijasida ularni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkinligi to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘lishiga erishish.

Kerakli jihozlar. 1:1000000 masshtabli O’zbekiston Respublikasining ekologik (1992 y.) va tabiatni muhofaza qilish (2003 y.) kartalari. Ekotizimda modda va energiyaning aylanmasi tasvirlangan sxema. Ekologiya va iqlim bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning bo‘linmalari, O’zbekiston ekologik harakati, O’zMU, “Ekomaktab” kabi muassasa va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan, “Shinor ENK”da nashr qilingan plakatlar. Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi tomonidan yaratilgan iqlim o‘garishi muammolariga doir videofilmlar, “Biologik xilma-xillik va turli ekotizimlarda iqlim o‘zgarishi: tahdid va imkoniyatlar” jadvali (1-ilova), guruhlarda ishlash uchun bir nechta A4 formatdagi shakldagi nusxalar.

Kalit so‘zlar. Muhofaza etiladigan hududlar, begona turlarning tarqalishi, yashash uchun kurash muammolari, moslashuv qiyinchiliklarining sabablari, biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya, O’zbekiston Respublikasining Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyasi va Rejasi, “2008-2012 yillarda O’zbekiston Respblikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori; qishloq xo‘jalik ekotizimlari, arid yerlar ekotizimlari; ichki suvlar ekotizimlari, o‘rmon va tog‘ ekotizimlari.

Metodik tavsiyalar:

A. So‘z boshi. Talabalar ekotizim va biologik xilma-xillik tushunchalarining mazmunini eslatib o‘tish. Turlar evolyutsiyasi qanday sodir bo‘lganligi va evolyutsion o‘zgarishlarga nimalar sababchi ekanligini yodga olish. Yer sayyorasi iqlimining o‘zgarishi natijasida qadimgi turlarning (dinozavrlar, mamontlar, yungli nasoroglar, ulkan yayqovlar...) yo‘q bo‘lib ketganligiga misollar keltirish. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yaratilish tarixi, unga kiritilgan flora va fauna turlarining ko‘payib borish sabablariga izoh berishni o‘kuvchilardan so‘rash.

B. Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzuni iqlim sharoitlari o‘zgarishi natijasida biologik xilma-xillik turlarining yo‘qolishi sabablarini ochib berishdan boshlash. Tushuntirish jarayonida o‘quvchilar bilan sinf taxtasida “sabab-oqibat” sxemasini tuzib ko‘rsatish.

Masalan:


  • iqlim sharoiti o‘zgarishi – havo harorati rejimi, yog‘ingarchilikka moslashish zaruriyati – landshaftlarning shakllanishi va hokazo;

  • o‘quvchilarni biologik xilma-xillik saqlab qolish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat va O’zbekiston Respublikasi hukumatining faoliyati bilan tanishtirish.

  • “Biologik xilma-xillik”mi yoki “Biologik rang-baranglik”?

Bugungi kunda ekotizimlarga antropogen bosim natijasida bir qator mamlakatlarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish qiyinlashayotganligini tushuntirish. Iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka ta’sir o‘tkazmoqda va shu kabi ta’sirlar davom etayotganligi haqida aniq dalillar keltirish. Biologik xilma-xillikka iqlim o‘zgarishining ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yashash va o‘sish arealining o‘zgarishi, turlar yo‘qolishining jadallashuvi, ko‘payish va tarqalish qonuniyatlarining o‘zgarishi, o‘simliklar vegetativ davrining o‘zgarishi va h.k.

Mavzuni mustahkamlash. Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida zaif ekanligini ko‘rsatish. Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlarga tayanib, iqlim o‘zgarishining ta’siriga uchrayotgan ekotizimlardan misollar keltirishlarini Talabalar tavsiya qilish. Darsni 5-6 kishidan iborat guruhlarda bo‘lib o‘tkazish hamda har bir guruhga jadvaldagi misollarning birini tanlatib, uni tahlil ettirish. Keyin guruhlar o‘z ishlarining taqdimotini o‘tkazish. Faoliyatni 20 daqiqaga mo‘ljallash.

G. Xulosa. Ilgari ekotizimlar muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga evolyutsion tarzda moslasha olgan, lekin bugungi kundagi o‘zgarishlar tarixiy davrlarda aks etmagan darajada sodir bo‘lmoqda. Iqlim o‘zgarishlari qanchalik jadallashib ketsa, shunchalik insoniyat va ekotizimlarga kuchli ta’sir qiladi. Issiqxona gazlarini kamaytirish, ekotizimlarga atrof-muhit o‘zgarishiga moslashish imkoniyatini berish kerak. Biologik xilma-xillik va iqlim o‘zgarishining o‘zaro bog‘liqligi ikki tomonlama xarakterlanadi: iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka xavf soladi, biologik xilma-xillik esa iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytiradi. Iqlim o‘zgarishi yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lsa-da, uning oqibatlari ko‘lami, xavflilik darajasi va moslashish imkoniyatlari haqida yetarlicha bilimlar to‘plangan. Bu esa mavjud atrof-muhit holatini yaxshilash uchun kechikmasdan ishga kirishishni taqozo etadi.

Nazorat uchun savollar

1. Biologik xilma-xillik deganda nimalarni tushunasiz?

2. Iqlim o‘zgarishi natijasida Erdagi biologik xilma-xillikka qanday xavf soya solmoqda?



3. O’zgarayotgan iqlim sharoiti o‘simliklar va hayvonlar hayotiga ta’sir qilishiga qanday dalillaringiz bor?
Download 16,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish