Bundan keyin bogim ichiga 1% li novokain eritmasida 500000 T.B. penitsillin va 1 kg tirik massa hisobiga 0,30,4 mg gidrokortizon kiritiladi. Infeksiya rivojlanishining oldini olish maqsadida novokain qamallarini bajarish lozim, arteriya yoki aortaga novokain bilan antibiotiklar va muskul orasiga bir necha kun antibiotiklar yuboriladi. Bogim chozilishlari distursio paychalarning qisman uzilishi yoki chozilishi natijasida bogim yuzalarining vaqtincha ozaro siljishi. Kopincha buqa, ot va itlarda kuzatiladi. Sabablari keskin burilishlar va bogimning haddan ziyod bukilishlari va boshqalar. Oddiy chozilishlarda belgilar unchalik bilinmaydi. Tayanch oqsash tezda yoqoladi. Kuchli chozilishlarda ham ogriq va oqsash tezda yoqoladi ammo bir kundan song yana paydo boladi. Bogim yuzasi issiq, shishgan, ogriqli. Hayvon oyogini bukilgan (bonnet holati) holatda ushlab turadi. Davolash: hayvonga tinch holat taminlanadi, chiqqan bogim yuzasiga 48 soatga sovuq muolajalar, siquvchi boglam qollanadi. Keyinchalik isituvchi kompress, massaj, parafinoterapiya, otkir qozgatuvchi malhamlar, termokauterizatsiyani qollash lozim. Bogim chiqishlari suyak bogim yuzalarining toliq yoki qisman ozaro siljib normal holatidan chiqishi. Bunda bogim kapsulasi va paychalar shikastlanishi kuzatiladi. Chiqishlar kopincha tiza va tos son bogimlarida hosil boladi. Chiqishlar ortirilgan va tugma, toliq, qisman, oddiy, eski, ochiq bolishi mumkin. Chiqishlarda bogim shakli ozgaradi, xajmi kattalashadi, oyoq uzunligi qisqaradi yoki uzunlashadi, ogriq, oqsash kuzatiladi. Chiqish muddati 3 haftadan oshsa, bogim kapsulasi, togaylar va paychalarda fibrozli ozgarishlar rivojlanadi va ularni davolash samarasiz kechadi. Davolash: Suyak bogim yuzalarini oldingi holatga keltirish va retsidivning oldini olish maqsadida immobilizatsiya usullari qollanadi. Gipsli taxtakach kichik hayvonlarga 15 kunga katta hayvonlarga 3035 kunga qoyiladi. Immobilizatsiyani qollashning ilojisi bolmaganda bogim atrofiga 1,5 2,0 ml dan spirt yoki 0,3 0,5 ml dan skipidar yuboriladi. Bogim yuzasiga qozgatuvchi malham suriladi, termakauterizasiya bajariladi. Ochiq chiqishlarda operativ usuldan foydalaniladi.Gemartroz bogim boshligiga shikastlangan kapsuladan qonning quyilishi. Qon sinovial suyuqlik bilan aralashadi, shuning uchun juda sekin iviydi. Ivigan qon laxtalari bogim ichida erkin suzib yuradi yoki sinovial pardada chokadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |