Mavzu: Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi.
Nazariy to’shuncha: Shaxsiy gigiyena tadbirlarga o’rin-boshni tayyorlash, ich kiyimlar va choyshablarni almashtirish, teri, soch, tirnoqlar, quloqlar, burun, ko’zlarni parvarish qilish, bemorlar tagini yuvish kabi muolajalar kiradi. Bu tadbirlar og’ir yotgan bemorlarda tibbiyot hamshirasi va kichik hamshira tomonidan amalga oshiriladi.
Choyshablar va ich kiyimlarni almashtirish
Nazariy tushuncha. Kasalxonalarda bemorlarning choyshablari va ich kiyimlari xaftasiga bir marta, gigiyenik vanna qabul qilgandan so’ng almashtiriladi. Og’ir bemorlarda choyshablar va ich kiyimlar tibbiyot hamshirasi va kichik hamshirasi yordamida almashtiriladi.
Ishdan maqsad. Bemorlarning choyshablari va ich kiyimlarini almashtirish usullarini o’rganish.
Kerakli jixozlar: Choyshablar, karavot, to’shak, (matras), yostiq, adiyol, ich kiyimlar.
Ishni bajarish tartibi. Bemorning axvoliga qarab choyshablar ikki usulda almashtiriladi
Kir choyshab oyoq tomondan qayirilib yoki buklab chiqiladi va extiyotlik
bilan sug’urib olinadi. Ikki tomondan bint kabi o’ralgan choyshabni bemorning dumg’azasi tagiga quyiladi. So’ngra bosh va oyoq tomoniga tortib yozib qo’yiladi. Yozilgan choyshab tekis, tarang, g’adir-budir yamoklarsiz bo’lishi kerak.
Bemor urinning bir chetiga suriladi, kir choyshab uzunasiga bint shakliga o’raladi, uning o’rniga tozasi yoziladi, bemor toza choyshab ustiga yotqiziladi, ikkinchi tomondan kir choyshab tortib olinadi.
Badan terisini parvarishlash va yotoq yaralar profilaktikasi.
Nazariy tushuncha. Og’ir yotgan bemorlarni parvarish qilishda terini ozoda, toza saqlashning ahamiyati katta. Teri yaxshi parvarish qilinmaganda va organizm zaiflashganda terining bosilib turadigan soxalarida yotoq yaralar hosil bo’ladi. Badan terisida yotoq yaralar odatda kurak, bel soxasiga, tirsaklar, dumgaza, son va boldir soxasida paydo bo’lib, ularning rivojlanishiga terida qon aylanishning buzilishi sabab bo’ladi.
Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va epidermisning qichishi xisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar paydo bo’ladi. To’qimalar yumshoq to’qimalar, xatto tog’ay suyaklar nekrozga uchraydi. Infeksiyaning qo’shilib ketishi ba’zan sepsisga olib keladi.
Ishdan maqsad. Og’ir axvolda yotgan bemorlarning terisini parvarishlash va yotoq yaralarning oldini olish tadbirlarini o’rganish bo’yicha malakalarini oshirish, amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |