Krossingoverning sitologik mexanizmi. Sitogenetik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida :
krossingover gomologik xromosomaning bitta, ikkita va undan ortiq qismida
namoyon bo’lishi mumkin ekanligi isbotlandi;
bitta xromosomada sodir bo’ladigan krossingoverlar soni uning uzunligiga va
ichki tuzilishiga boьliqligi ko’rsatildi;
xromosomada krossingover qanchalik ko’p joyda sodir bo’lsa, ularda birikkan
genlar rekombinatsiyasi doirasi shunchalik keng bo’ladi.
Endi biz xromosomada ikki marta sodir bo’ladigan qo’sh krossingover bilan tanishib chiqaylik.
Rasmda gomologik xromosomalarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan sitologik jarayon to’rt xil variantda, yuqoridan pastga yo’nalishida tasvir-langan. 1 - gomologik xromosomada krossingover sodir bo’lmagan variant (kontrol); 2 - va 3 - variantlarda gomologik xromosomalarda krossingover faqat bir marta, lekin uning ‘ar xil joyida kuzatilgan ‘olatlar; 4- vari-antda gomologik xromosomalarda birdan ikki joyida krossingover sodir bo’lganligi aks ettirilgan. SHuni ‘am taokidlash kerakki krossingoverni birikkan genlar rekombinogenezi ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi. SHuning uchun tajribadagi gomologik xromosomada joylashgan birikkan genlar albatta geterozigota ‘olatda bo’lishi kerak. Mulo’aza qilinayotgan ‘olatda uchta birikkan genlar gomologik xromosomalarning bittasida dominant A B C, ikkinchisida retsessiv a b c ‘olatda bo’ladi. SHunday qilib rasmda gomologik xromosomalarning to’rtta ‘olati aks ettirilgan.
Qo’sh krossingoverning soddalashtirilgan sxemasi.
1-krossingoversiz; 2- A-V qismda yakka krossingover; 3- V-S qismda yakka krossingover; 4- bir vaqtning o’zida ‘ar ikki qismda qo’sh krossingover
Birinchisida birikkan genlar o’rtasida krossingover sodir bo’lmagan, shu sababli unda ikkita krossover bo’lmagan (ABS, a b c) gametalar hosil bo’ladi. A va B genlari orasida ro’y beradigan ikkinchi variantda bir martali krossingover tufayli
yangi genotip ‘osil bo’lib, u A b c aBS krossoverli gametalar ‘osil qiladi.
Uchinchi variantda B va S genlari orasida krossingover sodir bo’lib
genotipda A B s a b S krossoverli gametalar ‘osil bo’ladi.
To’rtinchi variantda gomologik xromosomada krossingover ikki marta A va B genlari ‘amda V va S genlari o’rtasida sodir bo’ladi.
genotipda
A b S , a B s krossoverli gametalar ‘osil bo’ladi. Qo’sh krossingoverlarni ayniqsa xromosomalarning xaritalarini tuzish vaqtida ‘isobga olish mu’im o’rin tutadi. Gomologik xromosomalar o’rtasida nafaqat bir marta, balki qo’sh, uch marta, to’rt marta va boshqa krossingoverlar yuz berishi mumkin. Ikki gen orasida sodir bo’ladigan juft sondagi chalkashishlar bu genlar bo’yicha rekombinantlarning paydo bo’lishiga olib kelmaydi, toq sondagi chalkashishlar esa olib keladi.
Xromosomaning bir joyida sodir bo’lgan krossingover uning atrofiga yaqin joylarda krossingover ro’y berish e’timolligini kamay-tiradi, ‘atto to’xtatib qo’yishligi aniqlangan. Bu ‘odisa
Do'stlaringiz bilan baham: |