Mavzu: Barg pigmentlarini M. S. Svet metodida bir-biridan ajratish. Umumiy ma’lumot: Rus olimi M. S. Svet (1901) «Xlorofill donachalarining fizik va ximik tuzilishi»



Download 18,45 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi18,45 Kb.
#624088
Bog'liq
14-laboratoriya


14- Laboratoriya ishi.


Mavzu: Barg pigmentlarini M.S. Svet metodida bir-biridan ajratish.
Umumiy ma’lumot:
Rus olimi M.S.Svet (1901) «Xlorofill donachalarining fizik va ximik tuzilishi» degan ilmiy ishida, barg pigmentlarini bir-biridan ajratish uchun xromotografik usulini kashf etdi. M.S.Svetning xromotografik usuli ayni vaqtda keng ko’llanilmoqda. Buning uchun oq bo’r yoki shakar kukunidan ustun tayyorlanadi. SHu ustun orqali pigmentli spirt eritmasi astag’sekin o’tkaziladi, moddalarning adsorbillanish darajasiga ko’ra pigmentlar birin ketin bir-biridan ajraladi. Oq bo’r yoki shakarga tez adsorbillangan modda ustunning yuqori qismida, kamroq adsorbillangani bir oz pastroqda, adsorbillanmaydigani to’g’ridan-to’g’ri ustundan o’tadi.
M.S.Svet ana shu usuldan foydalanib, rangli spirtli eritmada “a” va “b” xlorofill, karotin va ksantofill pigmentlarining molekulalari borligini ko’rsatib berdi.
Darsning maqsadi: Bargdagi pigmentlarni bir-biridan ajratib, ularni ranglarini farq qilib, xlorofil a,b, karotin va ksantofillarni ajratish.
Kerakli o’quv materiallari: O’simlik barglari, shisha nay, doka, 1-2 litrli idish, benzin, etil spirt, metil spirt, havoncha, kvars qumi, shakar kukuni, stakan, filtr qog’oz, ajratish voronkasi.
Ishning bajarilishi:
Aviasion benzinning 70 0C da qaynaydiganining ikki qismiga bir qism 95% li spirt qo’shib aralashma tayyorlanadi.Quruq toza chinni havonchaga 0,2 g kvars qum solib, unga 1 g maydalangan o’simlik bargini qo’shib eziladi. yuqorida tayyorlangan eritmadan 10-15 ml ezilgan massaga qo’shib yana eziladi. Ezilgan massani stakanga solib usti shisha plastinka bilan yopiladi. Bu eritma 30 minut davomida aralashtiriladi. Keyin eritma filtrlanadi, filtr ustidagi qoldiq toza benzin bilan rangsizlanguncha yuviladi.
Filtrat ajratish voronkasiga qo’yilib bir necha marta chayqatiladi, so’ngra tindiriladi. Filtrat tinganidan so’ng ikki qavatga ajraladi. yuqoridagi benzin qavatida karotin, xlorofil a,b molekulalari va ksantofil molekulalari, pastdagi spirt qavatida esa ksantofil pigmenti yig’iladi. Keyin spirt qavat boshqa idishga qo’yib olinadi. Voronkada qolgan benzin eritmasi tarkibid
agi ksantofil molekulalarini yo’qotish uchun 8 qism metil spirtga bir qism suv qo’shilgan aralashmadan 10 ml qo’shib chayqatiladi. Spirt qavati qaytadan oqizib olinadi.
Benzin qavatidagi suv molekulalarini yo’qotish uchun bu qavat quruq filtr orqali suziladi. Filtratga xlorofilning a,b molekulalari va karotin pigmenti o’tadi.Filtrat tarkibidagi pigmentlarni bir-biridan ajratib olish ishlari quyidagicha bajariladiUzunligi 15-20 sm, diametri 2-2,5 sm keladigan shisha nay olib, uning bir uchiga doka bog’lanadi. Doka ustiga zich qilib gigroskopik paxta yoyiladi. Idish ichiga qand kukuni to’ldiriladi. Qand ustining balandligi 5-7 sm dan oshmasligi kerak. Qand ustinini tayyorlashda kukunning zichligi bir xil bo’lishi shart, aks holda adsorbsiyalanuvchi pigmentlarning joylashish tartibi buzilishi mumkin, qand kukunini zichlashtirish uchun bir tomoni yassilangan tayoqcha ishlatiladi. Qand kukuni ustiga 10 ml benzin qo’yib, idishning og’zi tiqin bilan berkitiladi. Tiqinga o’rnatilgan egri nay o’z navbatida 1-2 l li idish bilan tutashtiriladi. Qand ustini benzin bilan to’yintirilgandan so’ng, ustiga pigmentli filtrat qo’yiladi. So’ngra idishning og’zi nay o’rnatilgan rezina tiqin bilan berkitilib, tutashtirilgan idish orqali unga havo beriladi. Bu bosim yordamida nayga solingan pigmentli benzin eritmasi asta-sekin siqib tushiriladi.
Qand ustinining yuqori qavatida sarg’ish-yashil tusdagi xlorofil b, undan pastroqda ko’kish-yashil rangli xlorofil a joylashadi. Eritma tarkibidagi karotin stakanga o’tib ketadi. Agar pigmentlarning konsentrasiyasi kuchli bo’lsa, ustinning pastki qavatida karotin pigmenti to’q sariq tusda to’planadi. Eritmada ksantofil pigmentining molekulalari qolgan taqdirda, ular xlorofil a dan keyinda joylashadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Barg pigmentlarini bir-biridan ajratishning xromotografik usulini qaysi olim kashf etgan?
2. M.S.Svet bargdagi xlorofill pigmentlarini qanday aniqladi?
3.Laboratoriya sharoitida barg pigmentlarini bir-biridan qanday ajratiladi?

Download 18,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish