30
2.4.BALIQLAR (PISCES) SINFI
Baliqlar xam to’garak
oizlilar singari, jabralarini umrbod saqlab qoladigan
xaqiqiy suv umrtqalilardir. Lekin sekin harakat qiluvchi to’garak oizlilarga
nisbatan, baliqlarning ko’pchiligi muskuldor kuchli dumi hamda ko’krak va qorin
suzgich qanotlaridan iborat juft suzgich qanotlari bilan suvda tez va chaqqon
suzadi. Skeleti suyak va toaydan iborat. Nerv sistemasi ancha takomillashgan.
Gavdasi tangachalar bilan qoplangan, ularning xaqiqiy tishlari bor.
Nafas olish
bo’limlariga bo’lingan jabra yoylarining aktiv harakati tufayli yuzaga chiqadi.
Ikkinchi tomondan baliqlarning miya qutisi, to’garak oizlilarnikiga o’xshash,
yuragida faqat bitti bo’lma, bitta qorincha bor, qon aylanish doirasi (ikki xil nafas
oluvchi baliqlar bunga kirmaydi) bitta bo’lib bunda
arterial
qon bilan
venoz
qon
aralashmay alohida oqadi.
Baliqlar umrtqalilar kenja tipining eng xilma-xil va turlari hammasidan ko’p
sinfidir. Ular arzimas istisno larni hisobga olmaganda er sharidagi barcha suv
havzalarida tarqalgan.
Hozirgi zamonda baliqlarning 20 mingtacha turi bor. Baliqlar silur davrining
oxiridan buyon ma’lum va to’garak oizlilardan so’ng eng qadimgi umrtqalilar
hisoblanada.
Baliqlar
(Pisces) —
umurtqalilar
kenja
tipining katta sinfi, juda keng
tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda
yaxshi moslangan. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka o‘xshash sodda
tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy rivojlanish davomida
dastlabki xordalilardan
juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan.
O‘lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi
organlari rivojlana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlar suvda
yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan
qoplangan,
uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi
ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va
31
orqa miyadan iborat. Baliq sezgi organlari ko'z, quloq, burun, mo'ylov
va yon
chiziqlardan iborat. Baliq uzoqni ko'rolmaydi. U bir metr uzoqlikdagi narsalarni
ko'roladi. Ammo o'roqsimon o'simtaning qisqarishi tufayli u 12 metr uzoqlikdagi
narsanini ham ko'ra oladi. Baliq eshitish organi ichki quloqdan iborat. Suv zich
muhitda bo'lgani uchun baliq juda yaxshi eshitadi. U hatto qirg'oqdagi qadam
tovushinini ham eshita oladi. Hamma hayvon
sigari uning ham hid sezish
qobiliyati kuchli. Ba'zi baliqlarda mo'ylov ham bor. Mo'ylov his tuyg'u vazifasini
bajaradi. Yon chiziqlar nerv hujayralaridan iborat. Yon chiziqlar orqali oldindagi
to'siqlarni, harakatlanayotgan o'ljan bemalol sezadi. Agar baliq ko'r bo'lib qolsa,
yon chiziqlar orqali bemalol yasha oladi.
Hozirgi zamon tadqiqotchilarining
fikricha baliqlar katta sinfi toayli baliqlar (sinfi) va suyakli baliq (sinfi)lariga
bo’linadi.
Toayli baliqlarda suyak yo’q, shunga ko’ra ularning ichki skeleti nuqul
toaydan iborat. Ular bir xilda bo’lmagan
ikki gruppaga, sodda tuzilishdagi
skeletini saqlab qolgan. Lekin o’rchish organlari va skeleti taraqqiy etgan plastinka
jabralilar yoki akulalarga, hamda kichikroq gruppa bo’lgan skatlarga bo’linadi.
Suyakli baliqlar ancha takomillashgan (teridan hosil bo’lgan) tashqi suyak
skeleti ham, ko’pchiliklarida ichki suyak skeleti ham, bo’ladi, ular jabra qopqoi
yordamida
jabra bilan nafas oladi, bundan tashqari sizgich pufakchalari ham bor.
Suyakdor baliqlarni hozirgi kunda 19 ming 500 dan ortiqroq turi bor. Suyakli
baliqlar sistematikasi bo’yicha ixtiolglar har xil fikrdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: