ASOSIY QISM
Gap kengaytiruvchilarning so'z kengaytiruvchilardan farqlanishi ilmiy asoslanishi. Gap bo’laklari hamma vaqt sintetik va analitik
formalar bilan ifodalanavermaydi. Ko’pincha ikki va undan ortiq mustaqil so’zlar
gap ichida ajralmas sintaktik konstruksiyalar hosil etib, gapda bir sintaktik
funksiyani bajarishi ham mumkin. Bu tipdagi gap bo’laklari ayniqsa, keng
ma’nodagi atributiv birikmalar negizida vujudga keladi. Masalan, Ikki og’ayni
O’qchiga, Botirali uyiga yo’l olishdi (H. G’ulom). Samovarchi qo’shaloq barmoqli
panjasini cho’zib bir ko’chani ko’rsatdi (Oybek). Darichani jindak qiya qilib bir
ko’zi bilan tashqariga qaradi (A. Qahhor).
Bu misollarda ikki og’ayni, qo’shaloq barmoqli, bir ko’zi bilan birikmalarini
ajratish va alohida-alohida gap bo’lagi deb talqin qilish gap mazmuniga putur
etkazadi. CHog’ishtiring: Qo’shaloq barmoqli panja – qanday panja? Barmoqli
panja – panja barmoqsiz bo’lmaydi, shuning uchun bu tip iboralar mantiqan
xatodir. Yoki bir ko’zi bilan tashqariga qaradi kabi mujmal, mantiqsiz gap hosil
bo’ladi.
Bu tip birikmalar bilan ifodalangan gap bo’laklarini sostavli bo’laklardan
ajratgan holda murakkab bo’lak termini bilan atasak, bu xil bo’lak tabiatini ochib
bera oladi.Bu boshqa tilshunoslar tomonidan ham e’tirof qilingan.
Murakkab bo’laklar xuddi ot so’z turkumi singari predmet ma’nosini, ravish singari turli holat ma’nolarni ifoda eta oladi. SHuning uchun murakkab bo’laklarni, semantikasiga ko’ra, quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Predmet mazmunini ifoda etuvchi murakkab bo’laklar : Ikki do’st qo’l ushlashib uylariga ketdilar (“Mushtum”) . YAxshi buzoq ikki onani emadi
(Maqol). Otalar so’zi aqlning ko’zi (Maqol).
2. Atributiv munosabatidagi murakkab bo’laklar: Jamshid qo’nji uzun
botinkasini kiyib chiqdi (SH. Xolmirzaev). Direktor qora telpakli
o’qituvchini chaqirdi (Gazetadan).
3. Saylash – ajratish mazmunidagi murakkab bo’laklar: Bir kuni imtihon paytida professor studentlardan sho’xrog’iga shunday savol tashlabdi 4. Holat mazmunini ifoda etuvchi murakkab bo’laklar: Yo’lchi titroq ovoz bilan qizni yupatdi (Oybek).
5. O’xshatish mazmunini ifodalovchi murakkab bo’laklar: Muzikaning ovozi tong elidek tarqalmoqda (Gazetadan).
6. Miqdor mazmunini ifoda etuvchi murakkab bo’laklar: Bolani ikki oygacha boqib turdik (H. Olimjon).
7. Makon mazmunini ifodalovchi murakkab bo’laklar: Buxoroning o’zida ikki yuzdan ortiq osor- atiqa binolar bor (Gazetadan).
8. Payt mazmunini ifodalovchi murakkab bo’laklar: U institutda besh yil ta’lim olgan (Gazetadan).
V. V. Vinogradov ham gap bo’lagi funksiyasini bajaruvchi ikki va undan ortiq mustaqil so’zlarning bu xususiyatlarini hisobga olib, gap bo’laklarini belgilashda ularning semantikasiga alohida e’tibor berish zarurligini, aks holda gap mazmuniga putur etkazilishini alohida ta’kidlaydi va quyidagi misolni keltiradi.
CHelovek umom ne propadaet gapida chelovek so’zi emas, balki chelovek umom birikmasi gapning egasi ekanligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |