Fayzullayeva Gavharning adabiyotshunoslik fanidan tayyorlagan amaliy topshiriği
MAVZU:BADIIY ADABIYOTDA SHAKL VA MAZMUN.
.Davr o’zgarishlari, ijtimoiy ongdagi yangilanishlarning obyekt va subyekt munosabatlari xarakteriga ta’siri. Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda ularning o'zaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim. Negaki, badiiy tahlilga tortilgan qanday badiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har qanday mazmun biror ifoda tarzini topishi iyurtdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda k,uyiladi. O’quv tahliliga tortilgan asarlarga tatbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik problemadir.
Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun va shakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya’ni badiiy hodisaning o'ziga xos tabiati hisobga olinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda bo’lindi. Shu sabab adabiyotshunoslikda badiiy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San’atda ta’sirchan, original, hech kimnikiga o'xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsai-da, ochshchasiga kommunistok mafko’ra minfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik g’oyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan, adabiy siyosat edi.
Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nimi haqida gap borganligi bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi. Rasmiy sotsialistik adabiyotshunoslik shu boisdan ham ijodiy metod muammosiga haddan tashqari katta ahamiyat qaratar va nima qilib bo’lsa ham adiblarning tafakkurida marksizm-leninizm o'rnashib qolishiga jahd qilardi. Shuning oqibati o'laroq, partiya qarorlarini personajlar hayoti misolida aks ettirishni uddalaydigan kosib qalamkashlar qatlami paydo bo’ldi. Ular istagan mavzudagi «asar»laridi partiyaviylikni, sinfiylikni, kommunistik g’oyaviylikni meyorida tasvirlap berishar va shu bois chamonshshng eng yetuk ijodkorlari sifatida sabu.ch epshlardilar.
Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri boshqasini taqozo etadigan estetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta’sir etadigan shaklda ifoda etilish bilan falsafiy ma’nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko’rinadiki, mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o’ylab topilgan va san’atni mafkuraga bo'ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu go’yo jon muhimroqmi yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon bo’lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiy asarning shakli bilan mazmuni bir-biridan ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan har ikkovi ham bir paytning o’zida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Sotsialistik adabiyotshunoslik badiiy mazmun bilan g’oya tushunchasini aralashtirib tahlil etishga moyil edi. Holbuki mazmun o’z-o’zicha g’oya emas, mazmunda xolislik, obyektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, g'oyada tendentsiozlik, tarafkashlik, subyektivlik ustuvor bo’ladi.
Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal qiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday shakl ham muayyan mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunli shakl (soderjatelnaya forma) tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik yea didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kam emas. Badiiy matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali, hissiy, ta’sirli qilish omili hamdir.
Tahlilda nimaga ko’proq e'tibor berish kerak: shaklgami yoxud mazmunga? Yoki badiiy asardagi shakldan mmazmun sari borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan ma’qulmi qabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga g'oyaga aylangan fikr tarzida yondashuv hukmron bo'lmaganda va har qanday asarga, avvalo, qandayt g’oyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu tahlit masala qo'yib o'tirilmas edi. Holbuki, hozir badiiy asardan, avvalo, g'oya qidiridigan va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: «Adib mana bunday demoqchi…» qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina.
Bizningcha, tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning go’zalligini kashf etish imkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz imkoniyatlari ochiladi. Shaklning sirrilari kashf etilgani sari undan chiqadigan badiiy mazmun teranlashib, xilma-xillashib boraveradi. Asar tahlili g’oya qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin solmaydi. Xayolot parvozi to'xtagan joyda badiiy asar ham yo'qqa chiqadi. Ayniqsa, mo’jizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda, o’quvchilarni aqidaga yetaklab kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos zamiridagi jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak.
Cho’lponning «Binafsha», «Go’zal», Usmon Nosirning «Yurak», Hamid Olimjonning «Holbuki tun», «g'azal», A. Oripovning «birinchi muhabbatim», «Bahor», «Sarob», Rauf Parfining «Tong otmoqda», «Yomg'ir yog'ar», «Xato qildim», Omon Matjonning «Qo'shiq» singari ichkin sheriy asarlarining tahlilga oson bo'y bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal shaklning sehrli qa`riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan «tahlillash»ga odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy asarlarni o’rganishda mazmuni ashlashga to’tilishdan ish boshlagan mutahassis bu ichkin asarlarning butun jozibasini. O’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun izlashga zo'r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi. Badiiy matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan, R. Parfining «Yomg'ir yog'ar» she’rini tahlili harakterlidir:
Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg’ir yovar, shig’alab yog’ar,
Ham qayg'umga, ham quvonchimga…
Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mo’jazgina she’ri shu taxlit boshlanadi va uning teng yarmi – olti misrasi «Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar» satrlari takroridan iboratdir. Filolog -tahlilchi mushtariylarning e’tiborini misralar zamiriga yashiringan jozibani topishga qaratishdan ish boshlashi kerak. Shig’alab yog’ayotgan ezgin yomg’ir, yomg’ir tagida ruhi goh, mahzun, goh xushnud turgan shoir, sochlarga tomayotgan tomchilar, yog’ayotgan yomg’irning lirik qahramon qayg'usiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomg’ir tagida turgan nozikta’b lirik qahramon holatini his qiladilar, uning kechinmalarini yog’ayotgan yomg’ir singari moddiy narsa tarzida ko'z oldilariga keltiradilar.
Shoir yomg'ir yog’ayotgani haqida xabar bermaydi, balki yomg'irni she’rxon ko’z o'ngida «yog'diradi». O’quvchi misralarga jo qilingan so’zlar orasidan yomg’irning behudud shitirini, chakkillab tomayotgan tomchilarni «topadi». «Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar, Tomchilar tomchilar sochimga…» misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan «ch» tovushi chakkillab tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda, she’rxon tomchilar so’zining yonma-yon kelayotganiga e’tibor berish, bir so’zning bir misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikki ma'no tashishini kashf qiladi. Oldin qo'llangan «tomchilar» ot so’zlar turkumiga mansub bo’lib, urg'u «i» tovushiga tushishini, keyingi «tomchilar» so'zi esa, fe'lga mansub bo’lib, urg'u «o» tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil bo’lgan ikki so’zning yonma-yon qo'llanilishidan o’shancha badiiy ma’no topa bilish kishining fantaziya ufqini kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his qilishiga yo'l ochadi. Shig’alab yog’ayotgan yomg’ir sehriga berilib yomg’irni unutgan, uning sirli musiqasiga asir bo’lgan shoirning ko'ngli ham yomg’irga aylanadi va she’r so'ngida shunday misralar quyilib keladi: «Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar, Yog’a boshlar qog'ozga ko'ngil». Matn tahliliga to’g’ri yo’naltirilgan she'rxonlar asar badiiyati shaklga mohirlik bilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko’rsatishi shubhasizdir. Demak, tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash undan keltirib chiqarish mumkin bo’lgan badiiy mazmunni yo'qqa chiqarmaydi, balki uning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Shaklga e’tiborsizlik, unga bepisandlik bilan qarash ba’zan uning butun go’zalligini yo'qqa chiqaradi. Badiiy asar -jonli vujud, daxlsiz butunlik. Tirik odamning biror muchasini boshqa yerga ko'chirish izsiz o'tmaganidek chin badiiy asarga, vujudiga ham teginib bo’lmaydi. Yaxlitligiga daxl qilingan asar badiiyligidan ayriladi. E. Vohidovning «Ixlos» deb ataladigan she’ri bor. She’rdagi to'rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va grammatik qoidalarga mos tarzda o’zgartirilganda, asar jozibasi yo'qqa chiqadi:
Yigit qaytdi orzulari yoshdek to'kilib,
Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros.
Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib,
So'ndi u kun pok yurakdan buyuk k bir ixlos.
Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o'zgartirmagan holda grammatik qoidalarga muvofiq tarzda joylashtirish mumkin: «Yigit orzulari yoshdek tokilib qaytdi. Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so'ndi». She’rda nfodalangan mazmunga zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplarni juda to’g’ri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan g'irt noto'g'ri yo’l tutildi va shaklga tajovo’z qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo'qqa chiqarildi. Ko’rinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda so’z emas, balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni his etish, uning ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yo'sinda kelib chiqadigan badiiy ma’noni to’liq ilg'ab olishga muvaffaq bo’linadi.
Shaklning ustuvor maqomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklning mazmundan ajratib qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan «Hayrat ul-abror» asarida go'zal yo'sinda tasvir etilgan:
So’z aro yalg'on kibi yo’q nopisand,
Aylar aning nazmini dono pisand.
O’rnida tishlar duri manzum erur,
Chun sochilar qiymati ma’lum erur.
Vardu shajar shohid erur bog' aro,
Lek o'tin silkidadur tog' aro.
Munda parishonlig'i noxush qilib,
Anda murattablig'i dilkash qilib
Daftari nazmida chu sherozadur,
Gul varag'i gulshan aro tozadur.
Uzdi chu sherozani daftari,
El uchurur har varag'in bir sari.
Nazm anga gulshanda ochilmog'lig'i.
Nasr qaro yerga sochilmog'lig'i.
Bo’lmasa e’joz makomida nazm,
Bo’lmas edi tengri kalomida nazm.
Nazmda ham asl anga ma’ni durur,
Bo’lsin aning surati har ne durur.
Nazmki ma’ni anga marg'ub emas.
Ahli maoniy qoshida xo'b emas.
Nazmki ham surati erur hush anga,
Zimnida ma’ni dog'i dilkash anga.
Yorab, ani xalq dilafro’zi et,
Xasta Navoiygya dag'i ro’zi et.
Ko’rinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik meyori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |