Mavzu: badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik



Download 102,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi102,17 Kb.
#416924
  1   2
Bog'liq
17-mavzu



MAVZU: BADIIY ADABIYOTDA MILLIYLIK VA UMUMINSONIYLIK
R E J A
1. Adabiyotda milliylik tushunchasi. 
2. Milliylikni ifodalovchi vositalar. 
3. Umuminsoniylik haqida ma’lumot 
4. Umuminsoniylik milliylikka nisbatan kyeng tushuncha ekanligi 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. 1978, 1979 yillar 
2. I.Sulton Adabiyot nazariyasi. T. 1980 yil 
3. M.Qo’shjonov Abdulla Qaxxor maxorati. Toshkyent 1989 yil 
TAYANCH IBORALAR 
1. Milliylik. 2. Umuminsoniylik 3. Asar tili. 4. Milliy xaraktyer 
Badiiy adabiyotning milliyligi quyidagilarda aks etadi: 
1. Asar tili va tasvir vositalarida. 
2. Asarda aks ettirilgan milliy tafakkurda 
3. Badiiy asarlarda aks etgan jug’rofiy muhit, tabiiy sharoit bilan bog’liq 
xususiyatlarda. 
4. Badiiy asarda aks etgan sotsial iktisodiy sharoit, xalqning xo’jalik mashg’uloti 
va u bilan bog’lik xususiyatlarda. 
5. Badiiy asarda aks etgan xalqning turmushi, urf odatlari, ko’nikmalari va shular 
ta’sirida shakllangan xususiyatlarda. 
6. Asarda aks etgan xalq hayotining muammolarida. 
7. Milliy xaraktyer va psixologiyada 
Har bir yozuvchi ma’lum davr ma’lum kasb vakili bo’lishdan tashqari, 
ma’lum millat vakili hamdir. U muayyan jug’rofiya, sotsial iqtisodiy hamda milliy 
muxitda yashab ijod qiladi. Uning tasavvurlari, ko’nikmalari, xaraktyerida ana shu 
sharoit o’z aksini topadi. Mana shu xususiyatlar yozuvchining asarlariga ham, 
ijodiga ham milliy o’ziga xoslik bag’ishlaydi. Mana shu faktorlar adabiyotning 
milliy xususiyatlarni kyeltirib, chiqaradi. 
Badiiy asarlarda xalqning butun adabiyotida o’sha xalq yashaydigan tabiiy 
shairot va jug’rofiy muhit aks etadi: o’sha xalq yashaydigan joyning o’simliklari, 
hayvonot dunyosi va boshqa ba’zi xususiyatlari o’z aksini topadi. Paxta kabi oppoq 
dyeyish fakat paxta o’sadigan o’lkalar uchungina xos bo’lsa. SHotlandlarda 
yuzning oqligi paxtaga qiyoslab ta’riflangan. 
Bizda oy yuzli dyemak maqtov sanalsa, go’zallik byelgisi bo’lsa: Yevropada 
ayol yuzini oyga uxshatish go’zallik byelgisi bo’la olmaydi. 
Ularda cho’ziroq yuz ya’ni bizda ot yuzli dyegan ma’nodagi yuz go’zallik 
bo’lib, go’zallik mye’yoriy Afrotida bilan qiyoslashda aniqlangan. 
Adabiyotning milliy xususiyati jug’rofiy sharoit o’simliklar va hayvonlar 
dunyosi xalqning mashg’uloti turmush sharoitlari bilan bog’lik bo’ladi. 


Kuzda plan to’lganda 
To’y qo’shilar to’yingga. 
Bunday motiv va uning asosida tug’ilgan poeziya faqat o’zbyeklardagina 
bo’lishi mumkin xolos. 
SHu bilan birgalikda badiiy adabiyotda xalqning dardu xasrati orzu 
armonlari kurash va intilishlari ham o’z ifodasini topadi. Masalan: "Erk" 
qissasidagi inson erki xotin-qizlarning erki masalalari o’zbyek halqi hayoti uchun 
muhimdir. Biroq bu masalalar ruslar va boshqa Yevropa xalqlari uchun unchalik 
muhim bo’lmasligi mumkin. SHu boiskim bizda jiddiy qiziqish va shov-shuvlarga 
sabab bo’lgan ushbu qissa rus kitobxoni uchun kiziqarli bo’lmasligi turgan gap. 
Adabiyotda xalqning turmush tarzi urf-odatlari ham aks etadi. Masalan 
"Utgan kunlar" romanidagi Kumushning to’yi. 
Qahramonlar taqdiri ham urf-odatlar bilan bog’liq bo’ladi. Ana shu urf 
odatlar va marosimlar xalqning hayoti myehnati va kurashi jarayonida kyechadi. 
Qahramon ham ana shularga bog’lik bo’ladi ana shu odat va ko’nikmalarga 
ma’lum darajada rioya qiladi. Pyersonajlar xaraktyerida ham xalqning turmush 
tarzi urf odatlari ko’nikmalari aks etadi. M.SHoloxovning "Ochilgan qo’rik" 
romanida bosh sahifalardayoq SHchukarp buva Pityerdan kyelgan Davidovni 
iltifotsizlik bilan kutib oladi:" Myehmon tishlari kolmabdiku o’zlarining" - dyeydi 
chol unga. Bunday byetgachoparlik va ochiqqo’ngillik faqatgina ruslar milliy 
xaraktyeri uchun xosdir. 
YOzuvchi ataylab milliy dyetallarni qidirib yurmaydi. Ular asarda 
tasvirlanayotgan hayot matyeriali bilan birgalikda yozuvchi tafakkuri orqali asarga 
o’z-o’ziga kirib kyeladi. Milliylik, dyeb yozgan edi V.G.Byelinskiy, 
"YOzuvchining xizmati emas balki ijodning shoir tomonidan uncha zur byerishni 
talab qilmaydigan zaruriy shartidir. SHuning uchun ham asar badiiy jixatdan 
kanchalik yuksak bo’lsa u shunchalar milliydir, ham va ulug’ san’atkorni milliyligi 
uchun maqtash ulug astronomni o’z hisob kitoblaridagi karra jadvalida 
adao’maganligi uchun maqtashday gap... Milliylik shoirni ulug kilmaydi balki 
buyuk talant shoirni millyi kiladi.... agarda asar badiiy bo’lsa. u uz-uzidan milliy 
buladi" (V.G.Byelinskiy Poln sbor. soch. t.V s.317) N.V.Gogolp ham milliylik 
tugrisida gapirib, "Milliylik sarafani (ayollar kiyimi) -p.r. (tasvirlashda emas)"-
dyeydi. SHunday ekan milliylik xalqning ruxiy olamini chukur tasvirlashdadir. 
Xalq ruhini, psixologiyasini, milliy xaraktyerini ochish milliylikning muhim 
xususiyatidir. Biroq milliy xaraktyer qotib qolgan narsa emas. U sharoit o’zgarishi 
bilan uzgarib rivojlanib, takomillashib boradi. SHuning uchun bir davrini 
tasvirlovchi asar qahramonlari xaraktyeri milliy xususiyatlari uchun ham to’la 
muvofiq kyelmasligi mumkin. 
SHu bilan birgalikda bir davr san’atkori asaridagi milliy xaraktyerlar boshka 
davr san’atkori asarida tasvirlangan milliy xaraktyer bilan bir xil bo’lmasligi ham 
tabiiydir. Xaraktyerda faqat milliy xususiyatlargina emas, shu bilan birga sotsial-
sinfi, individual xususiyatlar ham aks etadi. Yulchi bilan tog’asi 
Mirzakarimboydagi 
qarindosh-urug’lik, 
myehmondo’stlik 
xususiyatlar 


xaraktyerlarning 
milliyligini 
byelgilasada, 
xuddi 
shu 
milliy 
xaraktyer 
xususiyatlarida sinfiy qirralar aniq namoyon bo’ladi. 
Oldinlari adabiyotning milliyligi faqat tildagina namoyon bo’ladi dyeb 
hisoblanardi. SHunday tushunadigan bo’lsak, tarjima adabiyotning milliy 
xususiyati butunlay yuqolib kyetadi. Vaholanki, milliylik faqat tildagina namoyon 
bo’lmasdan, asarning butun qo’rilishida, ruxida namoyon bo’ladi. Tarjimada 
tilning tashqi qobig’i yuqolgani bilan tilning obrazli kashtasi yuqolmaydi., dyemak 
tarjimada milliychilikni boshqa ko’pgina xususiyatlari qoladi. SHuning uchun ham 
rus tilida ijod qiladigan o’zbyek yozuvchilari asarlari ham o’zining milliyligini 
yo’qotmaydi. O’zbyek yozuvchisi rus tilida yozgan vaqtda ham u o’zbyekcha 
fikrlaydi, uning tafakkuri va qarashlari nigohida xalq turmushi va hayotining milliy 
dyetallari ishtirok etadi. T.Pulatov aytadiki myen garchi rus tilida yozsamda
o’zbyekcha fikrlayman miyamda o’zbyekcha fikrlar ruschaga aylanadi va ruscha 
libos ola boshlaydi. 
Milliylik turli xalqlar adabiyotlar o’rtasida to’siq emas balki adabiyotlarning 
yashash tarzidir. Umuminsoniy muammolar har bir xalq adabiyotida takrorlanmas 
uziga xos milliy xususiyatlarda namoyon buladi. Adabiyot va san’atning milliyligi 
umuminsoniy moxiyatga egadir. 
Umuminsoniylik 
milliylikning 
mohiyatidir, 
milliylik 
esa 
umuminsoniylikning namoyon bo’lishidir. Nihoyat, adabiyotning umuminsoniyligi 
milliy hususiyatlarini yo’qolib borishi hisobiga emas, balki uning rivojlanishi, 
takomillashuvi o’z mohiyatini chuqurrok yuzaga chiqarish hisobiga yuz byeradi. 

Download 102,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish