Mavzu: Azotli o‘g‘itlarni tuproqda o‘zgarishi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi. Azotli o‘g‘itlardan foydalanish yo‘llari. Reja


D.N. Prvanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishining oldini olishini isbotladi



Download 1,08 Mb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#225574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azotli o‘g‘itlarni tuproqda o‘zgarishi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi.

D.N. Prvanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishining oldini olishini isbotladi. Tarkibidagi uglevod zaxirasi kam urug’lar, masalan, qand lavlagining unib chiqishida o’simlik tanasiga ortiqcha miqdorda kiradigan ammiak, kislotalar sintezida to’la sarflanmaydi, to’qimalarda to’planib, o’simlikni zaharlaydi.

Urug’i uglevodlarga boy o’simliklar (masalan, kartoshka) ammiakni tez o’zlashtiradi va tuproqqa ammiakli — azotli o’g’itlarni kiritish ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Demak, azotli organik birikmalar hosil bo’lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N. Pryanishnikov ammiak o’simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham, omegasi hamdir degan edi.

O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo’ladi, lekin lining sur’ati va xarakteri o’sish hamda rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. Masalan, urug’ning unish jarayonida endosperma va urug’ palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo’ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi.

O’simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo’lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan yutiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar jadal rivojlanib, tana qo’yadigan davrda o’zlashtiriladi. Ayni paytning o’zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi: yosh, o’sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo’ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi.

Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug’larga oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi.

Turli o’simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta o’simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar) azotga boy bo’lib, poya va ildizlarda lining miqdori birmuncha kamdir.

Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simlikning o’sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg’ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlariningshakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.

Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o’simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o’simlikning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to’q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o’sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojianishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. Lekin o’sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo’yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o’sish organlari kuchli rivojlanib, o’simlikning “g’ovlab ketishi” ga sabab bo’ladi.

Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko’payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qand lavlagi o’suv davrining oxirida azot bilan mo’l oziqlantirilsa, ildizda ko’p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to’planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Hosil sifati, shuningdek, qo’llaniladigan azotli o’g’it turiga ham bog’liq. Chunonchi, ammiakli azot bilan oziqlantirilgan o’simlik hujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot qo’llanilganda esa oksidlovchanlik qobiliyati kuchayadi.




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish