Mavzu: Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish Mundarija: Kirish I. Asosiy qism



Download 28,68 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2023
Hajmi28,68 Kb.
#929452
  1   2
Bog'liq
Mavzu Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish Mundarija


Mavzu: Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish

Mundarija:


Kirish
I.Asosiy qism
1.1. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari
1.2. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish
1.3. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.
1.4.Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Insoniyat tarixida buyuk XXI asr sari qadam qo’ymoqda zaminimizning barcha o’lkalarda siyosatdonlar, jiqtisodchilar , ijtimoiy soha namoyondalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar XX asrga yakuniy xulosalar chiqarmoqdalar. Ular tomonidan bu shonli 100 yillikda bosib o’tilgan tarixiy yo’l atroflicha taxlil etilib, unda nimalarga erishilgani, qaysi voqea , xodisalar asrimizning eng ulug’ , buyuk ishlari, qaysilari tufayli insoniyat azob uqubat chekdi , qaysi sarqitlarni o’tgan asrga qoldirib, qaysilarini XXI asrga olib o’tish mumkin, XX asrdan qolgan dolzarb muammolarni qay yo’sinda hal qilish mumkinligini sarhisob qilinmoqda. Mamlakatimiz istiqlolining eng daslabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni , xalqimiz yaratgan og’zaki yodlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi. Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munossabatlarida shakillantiriladi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandigana yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Respublika Prezidentining tashabbusi bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy sog’lom , ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, iste’dodini aniqlash va rag’batlantirish maqsadida “Mahalla” , “Kamolot” , “Sog’lom avlod uchun” , “Nuroniy” , “Ulug’bek” , “Umid” jamg’armalari tashkil etildi va ular ta’lim muassalari bilan hamkorlikda samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar. Respublika iqtisodiyoti uchun har bir so’m o’ta zarur bo’lib turgan sharoitda yosh avlodning kelajagiga astoydil ishongan, uning insoniy kamolatini ta’minlashga intiluvchi, farzandlarimizga o’zgalar havas qiladigan darajadagi ozod va obod Vatan qoldirishni maqsad va shior qilib olgan. Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o’rin egallaydi. Xalq poetik ijodini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy fanlar yuzasidan olib boriladigan ilmiy – tadqiqotlar uchun bebaho qiymatga ega. Chunki “Xalq og’zaki ijodini bilmaguncha mehnatkash xalqning xaqiqiy tarixini bilish mumkin emas”. Shunday ekan, xalq og’zaki ijodini o’rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogika tarixini o’rganish uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo’shiq kabi yodgorliklarida aks ettiriladi”.
Xalq ommasining turmush faoliyat jaroyonida to’plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig’indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining zamon yoshlarini kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo’lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo’llanib kelingan usul vosita , ko’nikma va malakalar birligi ifodalovchi tajribalar asosida to’plangan bilim va ma’lumotlar yig’indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og’zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o’tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar – pedagogik ijodlari yig’indisidir. Biroq bu pedagogik ijodlar yig’indisi pedagogika fani ilmiy pedagogika bo’la olmaydi. U pedagogika fanining predmeti , muhim tekshirish obe’ktidir. Badiy adabiyotda bo’lganidek , fol’klor asarlari ham tuzilishi va g’oyaviy-badiiy hususiyatlariga ko’ra , o’zaro o’xshash hamda farqli tomonlarga ega bo’lib, muayyan guruxlarni tashkil etadi. O’zbek fol’klori asarlari, avvalo ikki katta guruhga bo’linadi : 1.Urf – odat va marosimlar bilan bog’liq asarlar. 2.Turli urf – odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan janrlari. Birinchi guruhga: a)mehnat qo’shiqlari;b)mavsum qo’shiqlari; v)marosim qo’shiqlari; g) olqish, afsun va qarg’ishlar; d)aytimlar kiradi. Ikkinchi guruhga: epik , lirik, dramatik va kichik janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga bo’linadi.Maqol hayotiy foqelarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi realistik xarakerdagi og’zaki ijod turlaridan bo’lib, g’oyaviy – tematik jihatdan rang- barangdir. Maqollar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni, ijtimoiy hayot va turmush, geografik joylar – sahro, ko’l, cho’l, dengiz, shaxar, qishloq, saroy va boshqalarning barpo bo’lishi hamda vayron qilinishi haqida hikoya qilishi mumkin.


Download 28,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish