Mavzu: Axborot texnologiyalari



Download 0,85 Mb.
bet3/10
Sana28.11.2022
Hajmi0,85 Mb.
#873948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Otaxon komp tex 1 tex

Informatika - (informatsiya), ya’ni xabar, axborot ma’lumotlarni jamlash, qidirish, saqlash, qayta ishlashning qonunlari va usullarini o’rganadi. N. Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog’liq.
Kibernetika- kompyuterlar mavjudligi yoki yo’qligidan qatьiy nazar mavjuddir. texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.
Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli ob’ektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o’zgartirish va barpo etish jarayonlarini o’rganadi. SHu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi degan tasavvur hosil bo’lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mu-ammolar echimi bilan ifodalanmaydi. Bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Kibernetika nuqtai nazaridan axborot ob’ektni boshqa bir ob’ektda aks ettirish jarayonini o’ziga mujassamlashtiradiki, bu narsa boshqaruvni amalga oshiradi, iqtisodiyotni rejalashtirishning iqtisodiy matematik usullaridan foydalanish, uni intensiv taraqiyot yo’liga solish imkoniyatini beradi.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin ob’ektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o’z-o’zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o’xshash bo’lsa ham, lekin:

  • informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalar xususiyatlariga asoslanadi;

  • kibernetika esa — ob’ektlar modellarining kontseptsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotdan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi.

Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog’liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o’zida namoyon etadi.
Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism — texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O’z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo’yicha turli jihatlardan: xalq xo’jaligi tarmog’i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko’rib chiqish mumkin (3.1-rasm).
Informatika xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi.
Informatikaning ishlab chiqarish tarmog’i sifatidagi o’ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko’p jihatdan unga bog’liqdir.
Bundan tashqari, bu tarmoqlar me’yorida rivojlanishi uchun informatikaning o’zida mehnat samaradorligi ancha yuqori sur’atlarda o’sib borishi lozim, chunki hozirgi davrda jamiyatda axborot ko’proq so’nggi iste’mol predmeti sifatida namoyon bo’lmokda: odamlarga dunyoda ro’y berayotgan voqealar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur.
Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
SHunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir.
Evropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof muhit informatikasi, professional axborot tizimlari.

­­ ­­­­Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari haqida umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir.


­­­­­
1.1-rasm. Informatikaning tarmoq, fan, amaliy fan sohalari sifatida tuzilishi.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug’ullanadi:
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotni yig’ish, qayta ishlash, tarqatish);
b) inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion — axborot modellarni yaratish;
v) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.
Demak, informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;

  • axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish;

  • jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yaratash, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish.

­­­­­­­­ Informatika o’z-o’zicha mavjud bo’lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologayalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy — texnik sohadi.U boshqa sohalar, hatto jarayonlar va hodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo’llash mumkin emas deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslub va vositalarini takdim etadi. Informatikada kompyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib ko’rsatish lozim.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish