Mavzu: Аxborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirishda
Mantli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi
Reja:
MS Office Word matn muharriri
MS Office Word matn muharriri oyna elementlari
MS Office Word dasturida muharrirlash va formatlash
Muharrir (lotin tilida–tartibga keltirilgan) kompyuter obyektlari (matn, jadval, grafik, dastur) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta‘minot tizimidir.
Matnli hujjat tayyorlaydigan dasturiy guruhni asosan ikkiga ajratish mumkin. Matn muharriri va matn protsessori.
Matn muharriri deb asosan matnli fayllarni tahrirlash elementlarini ishlatmasdan tayyorlaydigan dasturga aytiladi. Tahrirlash elementlari deganda matn qismlarini har xil shriftlar bilan ajratib ko’rsatilmaganligi tushuniladi.Bunday muharrirlar asosan kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi.
Matn protsessori matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa obyektlar joylashtirish imkonini beradigan dasturlardir. Bunday turdagi muharrirlarga Word matn muharririni misol qilib keltirish mumkin.
Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo’lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o’zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan.
Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy dasturlardan biri – Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video- klipplarni joylashtirish imkoni mavjud.
Kompyuterda qog’ozga tushuriladigan matnlarda harf, raqam, belgilar va hokazolar asosiy vosita hisoblanadi.
Kompyuterda matnlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallardan foydalaniladi:
kiritish, muharrirlik qilish, formatlash.
Kiritish amali – berilgan matnni elektron ko’rinishga o’tkazish, ya‘ni kompyuter xotirasida saqlanadigan faylda ifodalashdir.
Bundan tashqari matnlarni kiritish faqat klaviatura yordamida bo’lmasdan, balki skanerlash yo’li bilan matnni kiritish, maxsus yaratilgan dasturlar yordamida hujjatlarni grafikli tasvir ko’rinishidan matnli ko’rinishga o’tkazishlardan iborat bo’ladi.
Muharrirlik qilish (to’g’rilash) amali – mavjud elektron hujjat ko’rinishda ba‘zi qo’shish va o’chirish yo’llari bilan o’zgartirishlar hosil qilish, matn qismlarining o’rnini almashtirish, bir necha fayllarni bitta faylga keltirish va aksincha bittasini bir nechta mayda matnlarga bo’lish ishlaridan iboratdir.
Matnlar ustida ishlashda kiritish va muharrirlik qilish ko’pincha bir vaqtning o’zida parallel ravishda bajariladi. Kiritish va muharrirlik qilishda matn tarkibi shakllantiriladi.
Форматlash amallari yordamida hujjatlar shakllantiriladi. Uning buyruqlari matnni monitor ekranida yoki qog‘ozda qanday ko’rinishda ifodalanishini to’liq aniqlaydi.
Ushbu muloqotli oynaning «Интервал» (Oraliq) deb nomlanuvchi bandi orqali biz satrlararo intervallarning quyidagi turlarini tanlashimiz mumkin: bir o’lchamli, ikki o’lchamli, bir yarim o’lchamli, minimum, aniq ko’rsatilgan kattalikda.
Sahifa maydonining parametrlari.
«Файл» menyusidan o’rin olgan «Параметры страницы» (Sahifa parametrlari) buyrug’ini tanlash lozim, so’ngra maxsus muloqotli oyna hosil qilinadi. Ochilgan muloqotli oyna 3 ta sahifadan iborat.
Поля(Maydon)
Размер бумаги(Qog’oz o’lchami)
Источник бумаги
Oynaning «Поля» (Maydon) sahifasi tanlanaladi. Bu sahifa orqali «Поля» (Maydon) deb nomlanuvchi sahifasidan matnni qog’ozga chiqarishdan oldin sahifada yuqoridan, pastdan, chapdan va o’ngdan joylar (xoshiyalar) tanlash uchun kerakli parametrlar o’rnatiladi. Bundan tashqari shu sahifaning
«Ориентация» qismidan varoqning joylashishini boshqarish mumkin. Agar «Книжная» qismi belgilansa qog’oz tik, ya‘ni vertikal yo’nalishda joylashadi. «Албомная» qismi belgilansa qog’oz ko’ndalang, ya‘ni gorizontal yo’nalishda joylashadi.
Oynaning «Размер бумаги» sahifasi orqali asosan qog’oz o’lchamlari o’zgartiriladi. «Размер бумаги» bo’limidan qog’ozning qanday formatda ekanligi, qog’oz enining, bo’yining o’lchamlari ham o’zgartiriladi.
Oynaning «Источник бумаги» sahifasi orqali kolontitullarning qog’ozdagi joylashish o’rni, kolontitul o’rnatilishi kerak bo’lgan sahifalari, ularning o’lchamlari va hujjat sahifalarida tartib raqamlarining joylashishi boshqariladi.
SAHIFAGA РАМКА O‘RNATISH. Sahifaga рамка o’rnatish uchun gorizontal menyu satridan quyidagi buyruqlar tanlanadi: Формат «Границы и заливки». Natijada ushbu oyna hosil qilinadi:
Hosil qilingan oynaning «Граница» sahifasida belgilangan matn qismiga chegara qo’yish mumkin bo’ladi. Buning uchun chegara o’rnatilishi kerak bo’lgan matn qismi belgilab olinishi kerak.
Oynaning «Заливка» sahifasi orqali matnning belgilangan qismiga fon beriladi. Sahifadagi «Заливка» bo’limidan kerakli rang tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.
Hosil qilingan oynaning «Страница» sahifasiga o’tiladi.
«Рисунок» bandi orqali рамка uchun shakllar va naqshlar ro’yxati hosil qilinadi. Oynadagi «Образец» bandi orqali biz har bir naqsh yoki shakllarning sahifada joylashishini ko’rish imkoniga ega bo’lamiz. Ro’yxatdan ixtiyoriysini tanlab OK tugmasi bosiladi.
Nazorat savollari
Hujjatni tahrirlash nima?
Almashinish buferi nima?
Belgilangan matndan nusxa olish uchun qaysi klavishalardan birgalikda foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |