33
imkonini beradi. Strategik rejalarni ishlab chikishni tashkilotning biron bo„g„ini
yoki maxsus, tashkilotdan tashkari xolda markazlar bajarib berishi ham mumkin.
Masalan, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga qarashli bo„lgan ommaviy
kutubxonalar uchun ilmiy – uslubiy markazlar tashkil etilgan bo„lib, ularning
ko„plab vazifalaridan biri, bu turdagi kutubxonalar uchun strategik rejalashtirish
ishlarini amalga oshirish kiradi.
Rejalashtirish jarayonida muximligi jixatidan birinchi o„rinda
tashkilotning maqsadlarini to„g„ri tanlay bilish turadi. Asosiy va hamma
tashkilotlarga xos maqsad – uning nima uchun mavjudligini, yuzaga kelganligini
har tomonlama, aniq ifodalovchi missiyadir. Maqsadlar aynan shu missiyani
amalga oshirish uchun belgilanadi. Missiya rasmiy tarzda tavsiflangan bo„lib,
undan tashkilot xodimlari xabardor bo„lishlari shart. Juda keng missiya tanlash
tashkilot muvaffaqiyatiga zarar qilishi mumkin, xuddi shunday tor missiya tanlash
ham rahbariyat imkoniyatlarini, alternativ yechimlarni tanlash imkonini chegaralab
qo„yishi mumkin.
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish ishning maqsadi, vazifasi va darajasini
aniqlaydi, xarakat dasturini belgilaydi. U ommaviy kutubxonalarning madaniyma‟rifiy muassasa sifatidagi faoliyatini yo„naltiradi, maxsus va o„quv
kutubxonalarini xizmat ko„rsatiladigan jamoasi faoliyatiga yordam berishga
yo„llaydi. Reja ishning darajasini yuksaltirish uchun ham, kitob targ„ibotining
yangi usul va shakllarini joriy qilish uchun ham ahamiyatga ega.
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslangan
bo„lishi kerak:
- ilmiy asoslanganlik;
- joriy ishlarni istiqbol ishlar bilan uyg„unlashtirish;
- rejani bajarilishi shartliligi;
- rejani muvoffiqlashganligi;
- rejani aniqligi.
Rejani ilmiy asoslanganligi – uning ta‟sirchanligini muxim shartidir.
Rejalashtirish – bu kutubxona faoliyatini rivojlantirish, uni extiyoj va
imkoniyatlarini xisobga oluvchi oldindan ko„ra bilishdir.Ilmiy asoslanganlik joriy
vazifalarni istiqbol vazifalar bilan uyg„unlashtirishni nazarda tutadi. Ya‟ni joriy
ishlar va ehtiyojlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki yaqin kelajakning
talablarini xisobga olish lozim.
Rejalashtirishning zarur sharti – rejani bajarilishini shartliligidir. Rejadagi
ko„rsatkichlarga erishish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar qilmoq zarur.
Rejalarni muvoffiqlashtirish bitta regionda joylashgan kutubxonalar
III. NAZARIY MATERIALLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |