Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti Agrobiznes va investitsion faoliyat yo’nalishi 1.67-guruh talabasi Ibrohimov Husanboyning “Agrokonsalting” fanidan mustaqil ishi Mavzu: Axborot konsalting tizimining umumiy modeli. Reja: 1.Axborot konsalting(maslahat)tizimining o’rni va roli. 2.Axborot konsalting tizimining asosiy tamoyillari va vazifalari. 3.Axborot konsalting xizmatining ishlash usullari. 4.Axborot texnologiyalari konsaltingini qo’llash ko’lami va o’ziga xos xususiyatlari. Qishloq xo’jaligida axborot konsalting xizmati ko’rsatish tizimining asosiy maqsadi fermer va dehqon xo’jaliklari rahbarlari va agrar sohadagi barcha tadbirkorlik sub’ektlariga xo’jalik faoliyatini tashkil etish,yuritish va boshqarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy,iqtisodiy,moliyaviy,agrotexnologik va boshqa yo’nalishlarda qarorlar qabul qilishda nisbatan ob’ektiv fikr,tasavvur va g’oyalarni shakllantirish va oqilona to’g’ri qarorlar qabul qilishlariga ko’maklashish maqsadida axborotlar majmuini ma’lum tartib,qoida,tizim va tasnif tamoyillari asosida yetkazishdan iborat. Qishloq xo’jaligida axborot konsalting xizmati ko’rsatish tizimining asosiy maqsadi fermer va dehqon xo’jaliklari rahbarlari va agrar sohadagi barcha tadbirkorlik sub’ektlariga xo’jalik faoliyatini tashkil etish,yuritish va boshqarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy,iqtisodiy,moliyaviy,agrotexnologik va boshqa yo’nalishlarda qarorlar qabul qilishda nisbatan ob’ektiv fikr,tasavvur va g’oyalarni shakllantirish va oqilona to’g’ri qarorlar qabul qilishlariga ko’maklashish maqsadida axborotlar majmuini ma’lum tartib,qoida,tizim va tasnif tamoyillari asosida yetkazishdan iborat. Axborot konsalting markazlari o’z ustavi va belgilab olgan vakolati bo’yicha turli yo’nalishdagi xizmatlarni amalga oshirishi mumkin: - Agrar tadbirkorlik sub’ektlariga turli yo’nalishlarda maslahatlar berish;
- Agrar tadbirkorlik sub’ektlari so’rov va talabnomalari bo’yicha axborotlarni uzatish(yetkazish),analitik hisobot,buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash,turli yo’nalishlarda tadqiqotlar o’tkazish,ular asosida xulosa va takliflar tayyorlash;
- Qishloq xo’jaligi mutaxassislari,fermer va dehqon xo’jaliklari rahbar,xodim va mutaxassislarni tayyorlash,o’qitish,qayta o’qitish va malakasini oshirishga yo’naltirilgan qisqa,uzoq va o’rta muddatli o’quv-seminar treyninglarini tashkil etish,respublika va xalqaro miqyosda anjumanlar uyushtirish;
- Markazda shakllantirilgan ma’lumotlar bankini(belgilangan tartib qoidalarga rioya qilgan holda) axborotnoma,uslubiy va amaliy qo’llanmalarda chop etish,ilg’or tajriba va innovatsion agrotexnologiyalar aosida mahsulot yetishtirish va xizmat ko’rsatishga bagishlangan amaliy ,o’quv-uslubiy filmlarni tayyorlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |