Mavzu: Axborot haqida tushuncha. Axboriy jarayonlar. Darsning maqsadi


-Mavzu: Kompyuter grafikasi haqida umumiy tushuncha



Download 4,3 Mb.
bet23/47
Sana01.06.2022
Hajmi4,3 Mb.
#625842
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
1 Mavzu.docфаррух

21-Mavzu: Kompyuter grafikasi haqida umumiy tushuncha

Axborotning asosiy qismini inson ko’rish a’zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo’ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.


Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yul bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko’p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So’ngigi paytda raqamli fotokameralarning xam qo’llanish kulami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yul bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma’lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga xam ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyuterga videokameradan xam kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning uzida xam xosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus das­turlar sinfi ishlab chikilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chikish, takdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayl­larda bo’lgan nografik obyektlar urtasida boKlanish urnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash kabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rangli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular urtasidagi asosiy fark nurning displey ekrandan utish usulidan iborat. Eslab koluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya buylab bir marta chopib utadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruk berilgungacha saqlanib koladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chizikdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo’ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo’llaniladi.
Rangli qurilmalarda esa tasvir ularni tashqil etuvchi nuktalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuktalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rang — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rangli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Rangli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Ko’pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rangli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan. Internet tizimida ko’prok rangli tasvirlar qo’llanilmokda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko’riladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi.
Savol va topshiriqlar
1. Grafik tasvirlarni kiritish uchun kompyuterning
qanday qurilmalari ishlatiladi?
2. Kompyuter grafikasi nima? Uning necha turi bor?
3. Vektorli va rangli grafikalarning asosiy element­lari nimalardan iborat?
4. Piksellar nima? Rang-chi?



Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish