Mavzu: avtomobil transporti yordamida tashish texnologik komplekslari. Konveyer yordamida tashish texnologik komplekslari



Download 1,21 Mb.
bet1/3
Sana18.11.2022
Hajmi1,21 Mb.
#867873
  1   2   3
Bog'liq
34-maruza


34-MA’RUZA

MAVZU:AVTOMOBIL TRANSPORTI YORDAMIDA TASHISH TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI. KONVEYER YORDAMIDA TASHISH TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI.


Darsning maqsadi – Ochiq kon ishlaridagi karer yuklari, avtomobil transportining ko‘llanilishi haqida tushunchaga ega bo‘lish.


Reja:

  1. Karer yuklari.

  2. Kon massasini tashishda avtomobil transportini qo‘llash.

  3. Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish.



Tayanch iboralar: uzluksiz ishlovchi mashinalar, davriy ishlovchi mashinalar, kazib-yuklovchi mashinalar, ekskavatsiyalovchi mashinalar,kazib-tashuvchi mashinalar, bir kovshli ekskavatorlar, draglayn, skreperlar.


Karer yuklari.
Karer yuklarini tashish karerlarda eng ko‘p energiya sarf bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bo‘lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yo‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. YUk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘ jinslar ag‘darmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.
Karer yuklarini tashish chun deyarli barcha transport turlari qo‘llaniladi, ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma po‘lat arqon yo‘lli);

  • siklli (temir yo‘l, avtomobil, skipli, yuk ko‘taruvchiqurilmalar, konveyer poezdlari).

Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bo‘lib, kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma ko‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karerlarda tog‘ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qo‘llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Kon massasini tashishda avtomobil transportini qo‘llash.
Karerlarda avtomobil transporti keng qo‘llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yo‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir.
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bo‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bo‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bo‘lgan hollarda karerda keng qo‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va to‘kishdan iborat.




Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish