Mavzu: Avtomobil kuzovini ta`mirlash ishlari uchun kerakli texnologik jihozlar



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana31.03.2022
Hajmi1,67 Mb.
#520952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
avtomobil kuzovini tamirlashda ishlatiladigan texnologik jihozlar

Eshik qulfini ta`mirlash. 
Eshik panelidan montaj lyuki, so`ngra esa 
mahkamlash vintlarini burab olib, dastalar, qulf yuritmasi va qulfning o`zi olinadi. 
qulflar qismlarga ajratib bo`lingach, barcha detallar kerosin quyilgan vannada obdon 
yuviladi va quriguncha artiladi. Siniq joylari bor korpus detallar yaroqsizga chiqariladi. 
Korpuslardagi darzlar payvandlanadi, yeyilgan ishchi sirtlariga ta`mir o`lchamiga mos 
ravishda ishlov beriladi yoki suyuqlantirib qoplanadn va ishchi chizmasiga muvofiq 
ishlov beriladi. Chaqalangan rezba metchik bilan qayta ochiladi. Rezbasi 
shiykastlangan teshik payvandlanib, payvandlash natijasida hosil bo`lgan g`uddalar 


11 
korpusning asosiy metali
 
bilan bir tekis
q
ilib tozalanadi, qaytadan teshik parmalab 
ochiladi va zarur o`lchamda rezba qirqiladi. Singan va egiluvchanligini yo`qotgan 
prujinalar yangisiga almashtiriladi. yemirilgan manjetlar, salniklar, zichlash halqalari 
va qistirmalar ham yangisiga almashtiriladi. Detallar ta`mirlangandan yoki 
almashtirilgandan keyin mexanizmlar yig`iladi va rostlanadi. Rotor tishini fiksator 
tishi yetarli darajada qoplamaganda fiksator olinadi hamda ular bilan eshik ustuni 
orasidagi metall qistirma shunday o`rnatiladiki, bunda rotor tishi fiksator tishini 
kamida 5 mm kengroq qoplasin. 
Oynalarni ta`mirlash.
Har qanday shikastlangan oynalar (darz ketgan, sariq 
dog`, har xil rangli dog`lar tushgan, tirnalgan va chiziqchalar tushgan) albatta 
almashtiriladi. 
Yuk avtomobillari kabinalaridagi old panorama oynasini almashtirish uchun 
shuruplar burab olinadi va mahkamlash ustqo`ymalari olinadi, asboblar panelini 
mahkamlash shplintlari burab chiqariladi hamda u osongina suriladi. So`ngra 
zichlagich taroqchasi egiladi va oynani tashqarisidan qaggiq siqib turib oynaning avval 
o`ng yoki chap yuqorigi burchagi, keyin uning butun yuqori qismi bo`shatiladi, oyna 
chiqariladi va zichlagich olinadi. Kuzov va kabinalarning tushiriladigan oynalarini 
almashtirish uchun ichki dastalar va qoplamalar olingach, kulisani oynaning 
oboymasiga mahkamlovchi birikmalar burab chiqariladi, oyna ustuni olinadi va oynani 
bir oz qiyalatib, yuqoriga tortib joyidan chiqarib olinadi. qismlarga ajratilgach, 
tushiriladigan oynalar oboymalarining va buralma oynalar ramkalarining holati hamda 
to`g`ri chiziq bo`ylab joylashishi tekshiriladi. Zarur bo`lganda oboyma va ramkalar 
opravkalar yordamida to`g`rilanadi. Oynalar oboyma va ramkalarga stendda presslab 
joylanadi. Oynalarni pazlariga tig`iz va erkin o`rnatilishiga yo`l qo`yilmaydi, chunki 
birinchn holda oyna sinadi, ikkinchi holda esa avtomobil harakatlanayotganda titraydi. 
Oynalarni joyiga o`rnatish ishlari ularni chiqarib olishdagiga teskari tartibda 
bajariladi. 
Oynako`targich qismlarga ajratib bo`lingach, detallar obdon yuviladi va yaroqli-
yaroqsizga ajratiladi. Detallar ham eshik qulfining detallari kabi usulda tiklanadi.
Oynako`targichni yig`ish vaqtida yuritish valigini siqmagan holda o`q bo`ylab 


12 
o`rnatish zarur. U yig`ilgach, tormoz qurilmalarining ishlashi va oynako`targichning 
ravon harakatlanishi tekshiriladi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish