Silliqlash ishlari
to`g`rilanayotgan yuzaning shakliga mos ushlagichlar 1 bilan
tekislash
bolg`achalari
yordamida
qo`lda
yoki
maxsus
jihozlar
va
mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi.
Masalan, avtomobil qanotlarining cho`zilib ketgan yerlarini urish yo`li bilan
to`g`rilab bo`lmaydi. Bu hollarda juda pachoq bo`lgan va tekis bo`lmay qolgan yuzalar
kesib olib o`rniga kerakli listni payvandlash yo`li bilan tekislanadi. qiyshiqliklar va
egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida to`g`rilanadi.
G`adir-budur bo`lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik massalar
(PFN-12, TPF-37), epoksid yelimlari yoki yumshoq kavsharlash usullarini qo`llash
bilan silliqlanadi.
Yuza tekislab bo`lmas holatda bo`lsa, ayrim bo`laklari temir arra, temir qaychi
yoki boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, o`rniga shablon yordamida metall
listlardan tayyorlangan bo`laklar payvandlanadi.
Yengil avtomobillar va avtobuslarning kuzovlari urilmagan taqdirda, zanglash
oqibatida yaroqsiz holatga keladi.
22
5-rasm. Kuzov detallarini silliqlash jarayoni.
23
Kuzov detallarining umri avtomobillarning umumiy yurgan yo`li yoki ishlash
muddati bilan hisoblanadi.
Uzoq ishlashi bo`yicha kuzov detallari ikki guruhga bo`linadi:
- oldingi va orqa qanotlar, orqa g`ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari;
- oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari.
Birinchi guruh detallarining yaroqsiz holga kelishi kuzovning tashqi ko`rinishiga
salbiy tahsir ko`rsatadi, ammo uning baquvvatlik ko`rsatkichlarini o`zgartirmaydi.
Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi avtomobil baquvvatliligini
pasaytiradi. Kuzovning yon ustunlari va lonjeronlarining chirishi bunga misol bo`la
oladi.
Amaliyot shuni ko`rsatadiki, birinchi guruhdagi har qanday detalni almashtirish
maqsadga muvofiq emas, chunki ikkinchi guruh detallarining ishdan chiqqungacha
payvandlangan joy yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin.
Birinchi guruh detallarining zanglab yemirilishi mahalliy xarakterga ega bo`lib,
uncha katta bo`lmagan yuzalar shikastlanadi. Ularni ta`mirlashda termoplastik
massalar, epoksid tarkiblar va yumshoq kavsharlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta`mirlashning «panel»
usuli ko`p qo`llaniladi. Zanglash yoki falokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov
bo`lagi olib tashlanadi, hamda uning o`rniga yangisi yoki boshqa avtomobildan kesib
olingan xuddi shunga o`xshash ta`mirlash detail (paneli) o`rnatiladi.
Avariyaga uchragan kuzovlarni to`g`rilash uchun mahsus moslamalardan
foydalaniladi, ular kuzov profili bo`yicha, geometrik o`lchamlariga rioya qilgan holda,
tortish yo`li bilan o`z holatiga keltiriladi. Bu maqsadlar uchun R620 rusumdagi
jihozlardan foydalaniladi. Uning ramasiga avtomobil qotiriladi, qo`lda yoki gidravlik
to`g`rilash moslamalarida kuzovni tortish va to`g`rilash ishlari bajariladi. Yuk
avtomobillarining metall kuzovlari kabina va tayanchlardagi kabi to`g`rilanadi. Kuzov
metallining qalinligi tayanch metallining qalinligidan katta bo`lganligi uchun
payvandlash ishlari osonlashadi, ammo to`g`rilash qiyinlashadi.
24
Payvandlash ishlari ko`pincha elektr yoyli usulda bajariladi, to`g`rilash
ishlaridan avval esa yuza 600…650°C gacha qizdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |