XX asr boshlarida Avstro-Vengriya imperiyasi. birinchi Jahon urushida ishtirok
XX asr boshlarida ham Avstro-Vengriyada yarimfeodal va yarimabsalyutistik tartiblar saqlanib qolingandi. Sanoat konsentratsiyasi asosan Quyi Avstriya, CHexiya va Buddapeshtda sodir bo‘ldi. feodal elementlar ichki bozor torligi,aholi xarid qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘lmoqda edi. Sanoatning harbiy tarmog‘i boshqa sohalarga qaraganda tez rivojlandi. metallurgiya konserni bo‘lgan SHkoda (Plezen) harbiy sohada Germaniya va Fransiya konsernlari bilan raqobat qilardi. “Avstriya Lloydi” konserni esa harbiy dengiz sanoatini qo‘lga kiritib olgandi. Ko‘mir qazish, temir yo‘llar, cho‘yan eritish sohalarining bir qismi fransuz kapitaliga qaram edi. Fransiya-Prusiya urushidan so‘ng Germaniya kapitalining kirib kelishi kuchaydi. mashinasozlik va elektrotexnika sohalari to‘liq “Simens va Galske”, “Umumiy elektr kompaniyasi” kabi Germaniya kompaniyalari qo‘lida edi. germaniya kapitali Galitsiyadagi neft qazib chiqarish, tekstil sanoatida, CHexiya, Dalmatsiya va Vengriyadagi tog‘-kon ishlarini ham o‘z nazoratiga olgandi.
Mamlakat mliyasi ustidan “Milliy bank”,”Kreditanshtald”, “Badenkreditanshtald” kabi banklarning nazorati o‘rnatiladi. 1-jahon urushi arafasida mamlakatda sanoat ishchilarining soni 4 mln kishi bo‘lib, uning 3 mln qismi Avstriya, 1 mln qismi Vengriya qirolligida edi. XX asr boshlarida imperiyada ishchilar harakati misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. 1900 yilda chexiya ishchilari ikki oy mobaynida ish tashlab 8 soatlik ish kuni, yakshanba kunari dam olish kuni uchun kurashdilar. natijada 9 soatlik ish kuni va yakshanba kuni dam olish kuniga erishadilar.
XX asr boshlarida yana milliy muammo avj olib, Birinchi galda Vengriyada bu masala ko‘tarilib, 1867 yilda dualistik imperiyaga aylanish jarayonidagi kelishuvlarda iqtisodiy masalada har 10 yilda bir yangidan kelishishni ko‘zda tutgandi. 1897 yilda Vengriya parlamenti avstriya bankidan moliyaviy masalalarda o‘ziga bir qator erkinliklar berishni talab qiladi. Asosiy talab bojxona masalasi va armiyani Vengriya parlamenti istagancha ko‘paytirish huquqi edi. Natijada Baden kabineti iste’fo berib, uning o‘rniga Gaucha (1897-1900 yy) keladi. Vengriya harakati Germaniya agar Vengriya bojxona tizimi alohida bo‘ladigan bo‘lsa, Kerber kabineti davrida (1900-1904 yy) Vengriya oziq-ovqat mahsulotlariga alohida soliq solishni yoki umuman kiritishni ta’qiqlashi to‘g‘risidagi qaroridan keyin o‘z-o‘zidan tinchiydi.
CHexiyada boshlangan milliy masala 1898 yilda CHexiya hududida chex va nemis tillarini bir xilda muomalada bo‘lishini ta’qiqlovchi qonun chiqariladi. CHexiyada chex tilini ta’qiqlanishi g‘alayonlar boshlanishiga sabab bo‘lsada, qo‘shi yordamida bostiriladi. Galitsiya, tirolda va vengriya zulmiga qarshi Xorvatiyada kurashlar boshlanadi. 1900 yilda Kerber reyxsratni tarqatib, keng qatlamlarga saylov huquqini berish orqali mamlakatdagi vaziyatni tinchita oladi.
Avstro-Vengriya imperiyasining XX asr boshlaridagi siyosati mamlakat yaxlitligini saqlab qolish, faol tashqi siyosat olib borish orqali hududni kengaytirish, jahon urushiga tayyorgarlik ko‘rish edi. SHu maqsadda 1908 yili Turkiyadan olingan konsessiyaga ko‘ra,Salonikigacha temir yo‘l qurish, dengizga chiqish yo‘lini ochilishiga, shu yilda Bosniya va Gersogovinani anneksiya qilib olishga erishadi. Bosniya va Gersogovinani anneksiya qilinishi Rossiya bilan urush chiqishiga, Italiyaning uchlar ittifoqidan chiqishiga bir bahya qolishiga olib keladi.
1906 yilda bolqon slavyanlari orasida Mustaqil Serbiya davlati atrofida birlashish g‘oyalari keng tarqala boshlangandi. Vengriya bunga javoban 1912 yilda Xorvatiya seymini tarqatib yuboradi. 1905-06 yillarda Zakarpate ukrainasida polyak feodallariga va vengr madyarlariga qarshi kurash avj oladi. ular Madyarlashtirishga qarshi Rossiyaga qo‘shilish harakatini boshlaydilar.Drogobichi va lvov kabi ishlab chiqarish markazlarida ish tashlashlar avj olib ketadi.1911 yilda drogobichidagi to‘qnashuvlarda 100 ga yaqin kishi jarohat oladi va o‘ldiriladi. 1913 yillarda CHervonsa shahrida 180 ukrain ustidan Rossiyaga qo‘shilish tarafdori bo‘lganligi uchun sud bo‘lib o‘tadi. 1912-13 yillarda 1- va 2- Bolqon urushida ishtirok tmagan bo‘lsada imperiya sanoat eksporti keskin kamayib ketdi. 1913 yilda SHtyurgk hukumati CHexiya seymini ham tarqatadi. CHexiyani imperator tomonidan tayinlangan boshqaruvchi ham fuqaro va ham harbiy ishlari ustidan nazorat o‘rnatadi. 1914 yilda esa, Reyxsrat ham tarqatiladi. Avstro-Vengriya urushga tayyorgarlikni oxiriga etkazgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |