mavzu: Avstriya (Gabsburglar) imperiyasi XVII asrning ikkinchi yarmi –xx asr boshida – soat Reja


XIX asrning oxirgi choragida milliy masalaning keskinlashuvi. ijtimoiy harakatlar, imperiyaning tashqi siyosati



Download 1,56 Mb.
bet3/5
Sana13.05.2022
Hajmi1,56 Mb.
#602866
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avstriya

XIX asrning oxirgi choragida milliy masalaning keskinlashuvi. ijtimoiy harakatlar, imperiyaning tashqi siyosati.
1867 yilda Avstro-Vengriya dualistik imperiyaga aylanishi bilan imperiyada milliy masala kuchayib, mayda millatlar o‘zlarining avtonomiya huquqini talab qilib chiqa boshladilar. shuningdek, bu harakatlar zo‘rlab nemislashtiriga ham qarshi qaratilgan edi. Milliy kurashlarning eng qizg‘in tus olgan hududi CHexiya bo‘lib, bu erda Vengriyadagi singari huquq berilishini talab qilib chiqishlar kuchaydi. CHexiya va Moraviya qamal holatida deb e’lon qiindi. Bundan tashqari Galitsiyada polyak pomeshchiklarining chiqishlari ham sodir bo‘ldi. Polyak pomeshchiklariga qisman avtonomiya huquqi berilishi bilan tinchigan bo‘lsa, CHexiya burjuaziyasi o‘rtasida bo‘linishdan foydalanildi. CHex mMilliy partiyasi ichida 1867 yilda ikki oqim bo‘lib. ular starochex (keksa chex)lar (etakchilari Palatskiy va Riger) va mladochex (yosh chex)lar (etakchilari Greg va Sladkovskiy) o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud edi. Eduard Taafe (1879-1893 yillarda imperiya kansleri) kesa chexlar bilan umumiy til topa oladi. Natijada 1880 yili CHexiyada ikki tillilik joriy qilinishi milliy kurashni pasayishiga olib keldi. Taafe siyosati Avstriyada uning siyosiy raqiblari tomonidan qoralandi. Keksa chexlar etakchisi Riger bilan 1890 yilda Vena kelishuviga ko‘ra CHexiyani nemislar va chexlar yashaydigan okruglarga bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi chexiyada ham Avstriyada ham keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu keksa chexlarning ham mavqeini pasayishiga va 1891 yilgi parlament saylovlarida 27 yildan buyon saylanib kelinayotgan Rigerning mag‘lub bo‘lishiga olib keladi. 1891 yilda chexlarning sotsial-demokratik qarashlarga yaqin turuvchi “Omladina” tashkiloti tuzilishiga sabab bo‘ladi.
XIX asrning oxiridan boshlab ishchilar va milliy harakatlarning o‘sishi oqibatida imperiyada ularga qarshi diniy reaksiya avj oladi. 1883 yildan boshlab yana konfessial maktablar ochila boshlanadi. Xristian-sotsial partiyasi tuziladi (etakchisi Lyuger edi). Klerikalizmning liberalizmga qarshi kurashining asosiy formalaridan biri antisemmitizm avj oldirildi. 1890 yilda Taafe er egalarining o‘z erini o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlab berishni ta’qiqlovchi qonun chiqaradi. Bu esa, dehqon xo‘jaliklarining xonavayron o‘lib ketishi va yirik erlarning bir qishi qo‘lida to‘planib borishini qisman bo‘lsada oldini olishga qaratilgan chora edi.
XIX asrning 60-yillaridayoq sanoat markazlarida ishchilarning profsoyuzlari tuzila boshlangandi. 1869 yil 25 iyulda Venada ishchilar yig‘ilishida Vilgel Libknext qatnashadi. Uning da’vati bilan Avstriya ishchilaridan ikki kishi shu yili Germaniyaning Eyzenax shahridagi ishchilar yig‘ilishida qatnashadi. 70-yillarda kelganda imperiyada 273 ta ishchilarning turli tashkilotlari mavjud edi. Ammo, bu davrda lassalyanchilar (germ. sots-dem part o‘ng qanoti) ishchilarni Avstriya shovinizmi bilan hamkorlik qilishga chaqira boshlagan ham edilar.
Imperiyaning eng taraqqiy etgan qismi CHexiyada ishchilarga boshchilik qilgan keksa chexlar Polatskiy va Riger va N.Xlebordlar “asalari uyasi” tashkiloti orqali ishchilarga ta’sir o‘tkazar va ularning shiori “Ma’rifat orqali ozodlik” edi. 1874 yilda Neydorfda bo‘lib o‘tgan imperiyaning ishchilar se’zdida yagona sotsialistik partiya tuziladi. Ammo, milliy masala to‘g‘risidagi qarashlar sababli bu partiya tez orada tarqalib ketdi.
SHu davrdan boshlab marksistik g‘oyalar ham vujudga kela boshlagan bo‘lib, uning dastlabki targ‘ibotchisi Yozef Gibish edi. Taafe 1884 yilda Bismaokdan o‘rnak olib sotsialistlarni qonundan tashqari deb e’lon qiladi. SHu bilan bir qatorda 1888 va 1889 yillarda ishchilarni baxtsiz hodisadan sug‘urtalash, kasallik davrida sug‘urtalash kabi ijtimoiy qonunlar ham qabul qilinadi. Bu o‘sha davrda “Qamchi va shirin kulcha siyosati” deb nomlangan.
Ishchilarning 80-yillardagi matbuoti ham yuzaga keldi. “Tenglik” gazetasi bir-biridan mustaqil ravishda Brno (CHexiya)da Viktor Adler muharrirligida va Y.Gibish muharrirligida Venadan chiqarilgan. Ushbu gazetalarning xizmati bilan 1889 yilda Xaynfeld (Quyi Avstriya)da turli millatlardan iborat 110 ishchi deputadi se’zga yig‘iladi. Bu erda “Prinsplar haqidagi deklaratsiya” qabul qilingan bo‘lsada milliy va agrar masalaga e’tibor qaratilmagandi. Imperiyaning sotsial-demokratik partiyasi tez o‘sdi. tuzilganiga ikki yil to‘lib (1876 y) uning saflarida 50 ming ishchini birlashtirgandi. Partiya rahbarligida 1893 yilda umumiy saylov huquqini qo‘lga kiritish uchun Venada ish tashlashlar bo‘lib o‘tadi. 1893yilda CHeske-budeyovitsada bo‘lib o‘tgan se’zda partiyadan CHexiya sotsial-demokratik partiyasi ajralib chiqadi. 1897 yilgi Vimbergdagi se’zda sotsial-demokratik partiya 6 ta milliy partiyaga bo‘linib ketadi. 1877 yilda Vengriyada “Saylovda ishtirok etmaydiganlar” partiyasi tuziladi. U keyinroq (1880 y) “Vengriya ishchilari partiyasi”ga aylanadi. 1890 yilda Vengriya sotsial-demokratik partiyasi tuziladi. uning rahbari Pol Egelman bo‘lib, K.Marks bilan yozishib turardi.
1866 yilda Avstriya imperiyasining Prusiyadan mag‘lubiyati imperiyada revanshistik harakatning kuchayishiga sabab bo‘lgan edi. Fransiya-Prusiya urushi davrida Fransiya tomonidan turib urushga kirish va Prusiyadan revansh olishning ayni vaqti deb qaraldi. Ammo, Rossiyaning Prusiya tomonida turishi Avstriyani betaraf turishiga sabab bo‘ldi. 1873 yilda imperiyaning “Uch imperator ittifoqi”ga kirishi imperiyada revanshistik harakatlarning pasayishiga sabab bo‘ldi. 1876 yilda (Rashtadt kelishuvi) Rossiya bilan Bolqon yarim orolida siyosiy inqiroz vatida ikki imperiya o‘zaro kelishib harakat qilishiga kelishib olinishi bu ikki avlat o‘rtasidagi vaziyatni yaxshilaydi. 1877 yilda Budapeshtdagi maxfiy kelishuvga ko‘ra rus-turk urushi davrida imperiyaning Xorvatiyani qolgan qismini okkupatsiyasini Rossiya imperiyasi tan oladi. Ammo, 1878 yilgi Berlin kongressi davrida Germaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Avstro-Vengriyaning Bosniya va Gersogovinani bosib olishi va “Turkiya qo‘l ostida qoldirilishi”ni ta’minlash maqsadida no’ma’lum muddatga okkupatsiya qilib turishi Rossiya bilan munosabatlarni yomonlashuviga sabab bo‘ladi. natijada 1879 yil 7 oktyabrda Germaniya va Avstro-Vengriyaning kelishuvi uchlar ittfioqining tuzlishi uchun asos bo‘ladi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish