XIX asrning so‘nggida dualistik Avstro-Vengriyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
1867 yilda Avstro-Vengriya davlatidualistik imperiyaga aylandi. Imperiyada absalyutistik tartiblarning sarqitlari, feodal sarqitlar kuchli saqlanib qolingan edi. Garchi Vengriya ichki avtonomiya huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, kam sonli mayda millatlar ustidan milliy zulm saqlanib qolindi. Feodalizm sarqitlari sanoat rivojlanishini sun’iy ravishda sekinlashtirar edi. Imperiya etnik quramaligi va turli darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bilan o‘ziga xos taraqqiyotni boshdan kechirmoqda edi. Avstriya va unga tegishli Sisleytaniya deb nomlanuvchi erlar sanoat taraqqiyoti Vengriya va unga qarashli bo‘lgan Transleytaniya hududlaridan ko‘ra sanoati taraqqiy qilgan edi. Vengriya sanoati XIX asrning 90-yillaridagina to‘ntarish holatiga o‘tadi. Vaholanki CHexiyada sanoat to‘ntarishi 60-yillardayoq boshlanga edi.
XIX asrning 90-yillariga kelib Avstro-Vengriyada 1,1 mln tonna metalga ishlov berilardi. uning 86% CHexiya hissasiga to‘g‘ri kelardi. SHuningdek, CHexiya hissasiga imperiyaning 50% qog‘oz va to‘qimachilik sanoat ishlab chiqarishini ham nazorat qilardi. XIX asrning 90-yillarida boshlab Vengriyada ham metalga ishlov berish rivojlanaa boshladi. Ammo, baribir Vengriyada oziq-ovqat mahsulotlari jumladan don etishtirish, spirt ishlab chiqarish, shakar kabi mahsulotlar ustunlik qildi. Bu vaqtda Vengriya imperiya oziq-ovqat mahsulotlarining 50% ni etishtirardi.
XIX asrning 90-yillarida imperiyaning 50 mln aholisi bo‘lib, uning 17 mln qismi, ya’ni aholining 1/3 qismi shaharlarda yashagan. SHahar aholisining 1,832 mln yoki 11% zi sanoat ishlab chiqarishida band edi. ishchilarning turmush sharoiti ham boshqa mamlakatlarnikidan ko‘ra og‘irroq edi. Xuddi shu davrda qishloq xo‘jaligida 4,8 mln yollanma va mavsumiy ishchilar mavjud bo‘lib, Bu qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida imperiyaning Pruscha (latifundiyalarda yarimfeodal tartiblar bilan birga yollanma ishchilar mehnatidan foydalanish) yo‘ldan borayotganligini ko‘rsatardi. XX asr boshlarida 28 mln qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bo‘lgani holda, ularning 24 mlntasida yollanma ishchilar ishlaganligi yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. 3,5 mln vengr ishchilari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlaydigan va qayta ishlaydigan korxonalarda ishlardi. 90-yillarda o‘z eridan tirikchilik o‘tkaza olmaydigan dehqonlarning soni Vengriyada 2,8 mln kishiga etdi. Bu esa, mamlakatdan har yili 100 minggacha bo‘lgan aholining o‘z baxtini izlab AQSHga ko‘chib ketishiga sabab bo‘ldi.
1867 yilda Avstro-Vengriya duaistik imperiyaga aylangandan keyin 70-yillarda bir qator antiklerikal qonunlar qabul qiladi. Jumladan Vatikan bilan kelishilgan konkordat bekor qilinadi. Fuqaroviy turmush qurish tartibi joriy qilindi. ruhoniylarning boshlang‘ich maktabni nazorat qilishi ta’qiqlandi. 1873 yilda saylov tizimi isloh qilinib, reyxsratga kurial tartibda saylash va saylanish tartibi joriy qilindi. Unga ko‘ra yirik dvoryanlar Reysratga 53 kishidan 1 ta, yirik kapitalistlar 24 tadan 1 ta, umumshahar saylovchilari 4 mingdan 1 ta, qishloqlardan 12 ming kishi 1 ta vakil saylashi mumkin bo‘ldi. Natijada Reyxsratning 22 ta avstriyalik deputatiga 170 ta boshqa millat vakillari saylanib, avstriya parlamentda ko‘pchilik ovozni saqlab qolishga muvoffaq bo‘ldi.
Vengriyaning o‘zi ham duoqirollik ko‘rinishiga ega bo‘lib, 1868 yilda Vengriya Xorvatiyaga avtonomiya berishga majbur bo‘ladi. Xorvatiya o‘z banniga ega bo‘lsada, o‘zining 56% byudjeti madyarlar qo‘lida bo‘lib, ular fuqaro va harbiy hokimiyatni ham o‘z qo‘llarida tutib turardilar. 1868 yili Vengriyada “Milliy holat” haqida qonun qabul qilingan bo‘lsad, slovak, ukrain, rumin va boshqa xalqlar zo‘rlab vengrlashtirila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |