Mavzu: Atmosfera yogʻinlari


Suv o’lchash taxtachalari



Download 56,07 Kb.
bet9/20
Sana12.07.2022
Hajmi56,07 Kb.
#779321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Gidralogiya 20talik bittada

Suv o’lchash taxtachalari ikki turda­doimiy va ko’chma bo’ladi. Doimiy suv o’lchash taxtachalari ko’priklar ustuniga yoki maxsus qoziqlarga o’rnatiladi. Katta qiyalikdagi qir­g’oqlarda yoki suv sathi tebranishi katta amplitudaga ega bo’lgan hollarda, kuzatishlar ko’chma suv o’lchash taxtachalari yordamida olib boriladi. Buning uchun daryo o’zani va qayi­rida oqimga ko’ndalang yo’nalishda qator qoziqlar qoqiladi. Ularning har birining balandligi suv o’lchash posti re­periga nisbatan nivelir yordamida aniqlanadi. Reper­ daryoning suv bosmaydigan qirg’og’iga mustahkam o’rnatilib, mutlaq yoki nisbiy balandligi aniqlangan qoziqdir.
Daryolarning suv sathi rejimi
Daryolarda suv sathining o’zgarishi avvalo daryodagi suv miqdori, ya’ni suv sarfining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Suv sarfi qanday omillar ta’sirida o’zgarsa, suv sathi ham ana shu omillar va ularga qo’shimcha ravishda o’zan ko’ndalang qirqimining shakliga, o’zanda kuzatiladigan muzlash hodi­salariga bog’liq holda o’zgaradi. Suv sathi va sarfi o’zga­rishlarining o’xshashligi ularning davriy tebranishlari chizmalari bir­biriga solishtirilganda yaqqol namoyon bo’­ladi.
Daryoning ayrim qismlarida suv sathi rejimi o’zan va qayirlarning tuzilishiga bog’liq holda suv sarfiga nis­batan oz yoki ko’p o’zgarishi mumkin. Masalan, daryoning keng va shu bilan birga sayoz qismida suv sathi suv sarfiga nisbatan juda sekin o’zgarsa, chuqur va tor o’zanda buning teskarisi bo’ladi. Bunga sabab, katta qayirda suv massalari to’planishi (akkumulyatsiyasi) natijasida suv sathi amplitu­dasi kamayadi.
Daryolarning suv sathi rejimi quyidagi omillar ta’­sirida o’zgarib turishi mumkin:
a)
Mavzu Daryo oqimimning yillararo o’zgaruvchanligi.
Daryo suvchanligi - daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv miqdori. D. s. absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. D. s. haqida maʼlumot q. x.ni suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (qarang Agrometeorologii: xizmat koʻrsatish). Suvchanlikning oʻzgarishi daryo havzasining suv va issiqlik balansini belgilovchi meteorologik omillarning davriyligiga bogʻliq. D. s.ga yogʻin miqdori, uning yillar va balandlik zonalari boʻylab taqsimlanishi; quyosh radianiyasining intensivligi; havo harorati; tuproq qatlamining holati va b. omillar taʼsir etadi. Bu omillarning mavsumiy davriyligi D. s.ning yil davomida oʻzgarishiga, yillar boʻylab davriyligi esa turli suvchanlik yillarining almashinuviga sabab boʻladi.
Oʻrta Osiyoda daryolar, asosan togʻlardan boshlangani sababli havzaning balandligi oshgan sari D. s kamayib boradi. Doimiy muzliklar va qorliklar erishi hisobiga hosil boʻluvchi D. s. turgʻun, yomgʻirlardan hosil boʻluvchi D. s esa koʻproq oʻzgaruvchan boʻladi. Daryo yillik oqimining oʻzgaruvchanligi variatsiya koeffitsiyenti orqali (Cv) aniklanadi. Muzlik-qorliklarda hosil boʻluvchi daryolar (Vaxsh, Zarafshon) uchun Cv-0,10—0,15, qorlik-muzliklardan suv oladigan daryolar (Chirchiq, Norin, Kofarnihon) uchun 0,15—0,25, qorlik va qor-yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar (Ohangaron, Keles) uchun 0,25 va undan katta. Soy va jilgʻalarning yillik oqimlari uchun Cv 1 dan ham katta boʻlishi mumkin.
Oqim hosil qiluvchi jarayonlar inersiyasi tufayli turli suvchanlik-ka ega boʻlgan yillar sikllarga guruhlanadi. Sersuv, oʻrtacha suvli va kamsuv sikllar mavjud. Sikllar suvchanlik davomiyligi va uning oʻrtacha koʻrsatkichlardan ogʻish kattaligiga qarab farqlanadi. Mac, Amudaryoda 10 yillik, Norin daryosida 2—3 va 10—11 yillik, Chirchiq daryosida 5—6 yillik davriylik kuzatiladi. Suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda muzlikqorlik hamda qorlik-muzliklardan hosil boʻluvchi daryolar oqimi normadan 30% va undan koʻproq, qor-yomgʻir hamda yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar oqimi 50—60% farq qiladi. Turli daryolar oqimining oʻzgarishlari ayrim yillarda oʻzaro muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi sinxronlik yoki asinxronlik tushunchasi bilan ifodalanadi. Oʻrta Osiyodagi D. s oʻzgarishlaridagi maksimal muvofiqlik suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda kuzatiladi. Mac, suv eng kam boʻlgan 1974 y.da Amudaryo va Sirdaryo havzasining hamma hududida oqim normadan juda kam boʻlgan. Turli havzalarda D. s.ning oʻzgarib turishidagi nomuvofiklik daryolarni havzalararo oqizishii taqozo etadi.
Daryo tabiiy suv manbasi boʻlib,[1] odatda okean, koʻl, dengiz va boshqa daryoga quyiluvchi toza suvdir. Daryolarni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi. Har bir daryoning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa daryo bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan daryo bosh daryo hisoblanadi, bosh daryo ga kuyiladigan daryo — irmoq deb ataladi. Bosh daryo barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. Daryolar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Masalan, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi daryolar muzliklardan, Rossiyadagi Neva, Svir, Angara singari daryolar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat daryolar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi daryolar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi daryolarning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi daryolar). Daryo sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va boshqa suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi (qarang Daryo havzasi).


Download 56,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish