Mavzu: Atmosfera havosi tarkibidagi changlar Reja


Changga qarshi kurash chora-tadbirlari



Download 25,55 Kb.
bet2/3
Sana16.12.2022
Hajmi25,55 Kb.
#888427
1   2   3
Bog'liq
Atmosfera havosi tarkibidagi changlar

Changga qarshi kurash chora-tadbirlari

Chang kasalliklarining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:


qonuniy tartibdagi choralar;


changning hosil bo'lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;


shaxsiy muhofaza chora-tadbirlari.


O'zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonunlari Kodeksiga asosan, ishlab chiqarish changlarining ta’siri bo'lishi mumkin bo'lgan ishga kirishdan oldin tibbiyot ko'rigidan o'tkaziladi. O'pka sili va uning o'pkadan tashqaridagi turlari, yuqori nafas yo'llari va bronxlar kasalligi, yurak-tom ir tizimining organik kasalliklari va boshqalar bilan og'rigan kishilar changli ishlarga qabul qilinmaydilar.


20 yoshgacha bo'lgan shaxslar changli ishlarga qo'yilmaydilar, chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi va kattalardagiga nisbatan og'irroq o'tadi.


U m um an sanoat korxonalari, xonalari va sexlari havo m uhitidagi changlar bu zonalarda ishlayotganlar sog'ligiga xavf solmasligini ta’minlash maqsadida chang miqdorining yo'l qo'yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) sanitar-gigienik m e’yorlari belgilangan hujjatlar mavjud. Eng ko'p tarqalgan va xavfli changlarning YQOD i SN 245-71 va GOST 12.1.005-76 «Ishchi zonasining havosi. U m um iy sanitariya-gigiena talablari» da keltirilgan. Eng zararli changlarga eng past miqdor belgilangan (4-jadval). Jadvaldan ko'rinib turibdiki, tarkibida 70% dan yuqori


kremniy (II) oksidi bo'lgan changlar uchun YQOD I m g/m dan oshmasligi kerak. Kamroq zararli changlar uchun u kimyoviy tarkibiga qarab 2 dan 10 m g/m atroflda bo'ladi.
Changning hosil boMishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik chora-tadbirlar eng samarali boMadi. Bunda qoMda bajariladigan ishlar avtomatik usullarga o‘tkaziladi, jihozlarning zich yopilganligi oshiriladi, m a’lum masofadan turib boshqarish tizim i joriy etiladi.

Mashinasozlik sanoatida quymalarni qum oqimi bilan tozalashni suv sochmasi bilan aralashtirish yoki suv bilan tozalashga alm ashtirish, kislotalar yordam ida tozalash silikoz xavfini butunlay yo'qotadi. O 'tga chidamli mahsulotlar sanoatida kvars va dinas ashyolarini magneziyga almashtirish tufayli silikozning yuzaga kelish imkoniyati kamayadi. Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda poroshoklar o'm iga m ahsulotlarni donalar va pasta shaklida ishlab chiqarish chang ajralish jarayonlarini keskin kamaytiradi yoki butunlay yo'qotadi.


Shaxsiy muhofaza qurollari—respiratorlar, toza havo yuborib turiladigan maxsus shlemlar va skafandrlar texnologik va boshqa tavsifdagi eng asosiy um um iy choralar bilan ish xonasidagi havoning changliligini pasaytirish imkoni bo'lmagan hollarda qoMlaniladi. «Lepestok» respiratori (4-rasm) keng tarqalgan bo'lib, bunda nafas olinadigan havo maxsus sun’iy toladan to'qilgan (FPP) qatlam i orqali filtrlanadi. U juda samarali bo'lib (respiratorda ishlatilgan gazmol turiga qarab 98 dan 99,9%), nafas olishga deyarli qarshilik qilmaydi (2—3 mm suv ustuni), yengil va foydalanishga qulay Boshqa respiratorlarda filtr orqali faqat nafasga olinadigan havo o'tadi, chiqarilgan nafas maxsus klapan orqali chiqadi. Shunday respiratorlardan eng yaxshisi «Astra-2» (4-rasm), unda ham filtrlovchi gazmol sifatida FPP xizmat qiladi. Ba’zi bir ishlarda masalan, qum oqimi bilan tozalashda, shlyomlarskafandrlar yoki kostyumlar qo‘llanilib ishchilarning nafas olish zonalariga toza havo yuborib turiladi. Toza havo maxsus shlanglar orqali shlyom tagiga yuboriladi, shlanglar belga bogManadi va berilgan havoni miqdorini boshqarish uchun klapanga ega bo'ladi.


Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash
Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil boMish sabablarini belgilash, m a’lum hajmdagi havoda boMgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur. Buning asosida chang omilining ahamiyati baholanadi, zarur boMganda ishchilarning salomatligi haqidagi m a’lum otlar to ‘planadi va bu dalillar asosida changga qarshi kurash chora-tadbirlari belgilanadi.
Sanoat korxonasida mavjud boMgan chang omillarini o'rganish, texnologik jarayonni, jihozlarni, xomashyoni, uning tashilish va ishlanish ueullarini o'rganishdan boshlanadi. Shu bosqichdayoq, odatda, changning kimyoviy tarkibini belgilash m umkin. Biroq xomashyoga har xil usullar bilan ishlov berilganda ajralib chiqadigan chang, xomashyo changidan farq qilishi m umkin. Bunday holatlarda chang tarkibidagi salomatlik uchun zarari ko‘proq chang turlari masalan, krem niy (II) oksidini qo'shim cha aniqlash zarur boMadi.
Texnologiyani o‘rganishda xomashyo mexanik, term ik va boshqa ishlov berishning qaysi turiga uchrashini, ishlab chiqarish jarayonlarida aerozollar ajralishi mumkinligi va ularning tarkibi, shuningdek, oxirgi olingan m ahsulotning agregat holati qandayligi belgilanadi. Maydalash yoki tum ansim on aerozollar hosil boMadigan maydalash, charxlash, sayqal berish, silliqlash, tashish,

sochiladigan materiallarni tortish va joylash, metallar va boshqa detallardan bug'larning uchishi, ularning keyin tum anga aylanishi va chang zarralarining hosil bo'lishiga olib keladigan boshqa ishlar borligini aniqlash zarur. Texnologik jarayonning to‘xtalib-to‘xtalib borishiga va odatda havo muhitining ifloslanish imkoniyati ko‘ p bo'lgan qo‘l ishlarining borligiga alohida e’tibor berish kerak. Bunda yana changning havoda doimo yoki davriy qo‘shilishi aniqlanadi va shunga qarab turli ish joylaridangina emas, balki turli sm ena davrlarida ham havodan sinama olish planlashtiriladi. Ba’zida yilning turli vaqtida tahlil qilish zarurati tug‘iladi. Havoda chang miqdorining o'zgarish holatini tegishli davrlar muddati xronom etrik kuzatishlar yordam ida aniqlanadi.


Ish zonasidagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlashda, havo sinamasi taxminan 1,5 m balandlikda (bu nafas olish zonasiga to ‘g‘ri keladi) ish joyiga bevosita yaqin joydan olinadi. Sex bo‘ylab changning tarqalishini baholash uchun neytral nuqtalar deb ataladigan, ya’ni chang hosil bo'ladigan yerdan m a’lum masofada (1-3-5 m va undan ortiq), shuningdek, o'tish yo'llaridagi havo m uhitidan sinama olinadi.
Ba’zida ishlatilayotgan tozalovchi qurilmaning yoki ular qayta jihozlangandan keyin samaradorligini aniqlash uchun havo sinamasi qurilma o'rnatishdan oldin va o'rnatilgandan keyin, ularning ishlamayotgan va ishlayotgan holatlarida olinadi. Havo sinamasini olish davridagi sharoitlar: ish joyidagi harorat, bajarilayotgan ish turi, havoning changligiga ta ’sir ko'rsatishi m um kin bo'lgan om illar (deraza va eshiklaming ochiq yoki yopiqligi, shamollatishning ishlayotgan yoki ishlamayotganligi va boshqalar): havo sinamasi olish vaqti va muddati, havoning so'rilish tezligi albatta yozib boriladi.
Havodagi chang m iqdorini aniqlashda havoning hajm birligida ( lm 3) changning og'irligi milligramlarda belgilanadi va uning dispersligiga har xil kattalikdagi chang zarrachalarining foiz nisbatiga ta ’rif beriladi.
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og'irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so'rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og'irligini, shuningdek, so'rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo'lgan chang miqdorini aniqlash mumkin.

Download 25,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish