O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YENGIL SANOAT VA KIMYO TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI KIMYOVIY TEXNOLOGIYA YO’NALISHI
“KIMYOVIY INJENERING JARAYONI VA QURILMALARI “FANIDAN KURS LOYIHASI Mavzu: Avtomatlashtirish tizimi va ularning elementlari BAJARDI: ___________________
(talabaning guruhi, ismi,familiyasi)
QABUL QILDI: ___________________
(o’qituvchining ismi,familiyasi)
TERMIZ 2022 Mavzu: Avtomatlashtirish tizimi va ularning elementlari
Rеja:
I. Kirish.
II. Nazariy qism.
1. Avtomatlashtirish tizimini loyihalash masalalari va ularning vazifalari
2. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish prinsipial sxemalari 3. Boshqarish parametrlari va avtomatlashtirish vositalarini tanlash III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda — avtomatlashtirish katta samara beradi.
Yuqorida aytilganlardan, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyotini, mehnatkashlarning madaniyatini va turmush darajasini ko‘tarishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega boiishi kelib chiqadi. Biroq, sanoatni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti — oliy ta iim muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika bo‘yicha ko‘p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat.
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi — mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda taiim , fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada boiishi asosiy omildir.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish, o ‘z ona tili — davlat texnologik jarayonlar haqida texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak saviyada yozishmalar olib bora olish qobiliyatiga ega boiishlari zarur. Xalq xo‘jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish — bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bogiiqdir.
Xalq xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda „Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish fani katta ahamiyatga ega. Bu fan talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jihatdan chuqur egallashga, ularning bilimlarini mustahkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik jarayonlardan unumli foydalanish yoilarini o‘rgatadi. Avtomatlashtirish borasida eng mas’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar zimmasiga tushadi. Bugungi kun kadrlari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga, o‘z ona tili — Davlat tilini yuksak texnika va texnologiya saviyasi darajasida bilishga qodir b o iish lari kerak. Xususan, yosh kadrlar oldida fan-texnika taraqqiyotining y o i boshlovchisi boiishdek mas’uliyatli vazifa turadi.