Iliq oqim
|
|
|
|
1
|
Florida
|
8-10
|
36,0
|
+22, +28
|
2
|
Golfstrim
|
4-6
|
34,0-36,5
|
+ 10, +22
|
3
|
SHimoliy Atlantika
|
2-6
|
35,0-36,0
|
+5, +12
|
4
|
Gvineya
|
2-3
|
34,0-35,5
|
+23, +28
|
5
|
Braziliya
|
1-2
|
35,0-37,2
|
+22, +28
|
6
|
SHimoliy Passat
|
1-2
|
35,0-36,0
|
+23, +28
|
7
|
Janubiy Passat
|
1-2
|
34,0-36,0
|
+23, +27
|
I
|
Sovuq oqim
|
|
|
|
8
|
SHarqiy Grenlandiya
|
1
|
31,0-32,0
|
0, +2
|
9
|
Labrador
|
1-2
|
31,0-34,0
|
0, +7
|
10
|
Kanar
|
1-2
|
36,0-37,0
|
+ 15, +25
|
11
|
Bengal
|
1-2
|
35,5-36,5
|
+ 15, +25
|
12
|
Folklend
|
1-2
|
33,0-35,0
|
+3, +15
|
13
|
G’arbiy SHamollar
|
1-2
|
33,5-35,0
|
0, +15
|
14
|
Antarktika
|
1
|
33,0-34,3
|
0, -2
|
Atlantika okeanidagi oqimlar o’zlarining dinamik yo’nalishida ikkita halqasimon harakat hosil qiladi. SHimoliy yarim sharda SHimoliy Passat, Golfstrim, SHimoliy Atlantika va Kanar oqimlari birinchi halqasimon harakatni tashkil etadi. Janubiy yarimsharda esa Braziliya, G’arbiy shamollar, Angola va Janubiy Passat oqimlari ikkinchi halqasimon harakatni vujudga keltiradi. SHimoliy va Janubiy Passat oqimlari o’rtaligida Passat oraligi qarshi oqimi harakat qiladi. Atlantika okeanidagi oqimlarning halqasimon harakat doirasiga qaraganda ancha kichik. Atlantika okeanidagi iliq va sovuq oqimlarning tezligi, suvning harorati va sho’rligi jadvalda berilgan.
Organik dunyosi. Atlantika okeanining organik dunyosi Tinch va Hind okeanlarining organik dunyosiga nisbatan kambag’alroq. Bunday bo’lishiga asosiy sabab nima? Bunga ikki xil tarixiy geologik omil ta’sir etgan. Birinchisi, Atlantika okeanining boshqalarga nisbatan geologik rivojlanish nuqtai nazaridan yoshroq ekanligi va ikkinchidan materik muz bosishlari davrlarida okean suvining juda sovib ketganligidir. Lekin tirik organizmlarning turlari kam bo’lishiga qaramasdan baliqlar va boshqa hayvonlarning mahsuldorligi ancha yuqori.
Atlantika okeani o’simliklarga juda boy. Okean tagida qo’ng’ir, yashil va qizil suvo’tlari-fitobentoslar keng tarqalgan. SHo’r suvda bemalol o’sa oladigan gulli o’simliklar ham ko’plab uchraydi. Ular filospadiks, zootera va poseydoniyalardan tarkib topgan. Sargasso dengizida sargassa deb ataladigan qo’ng’ir suvo’tlar nihoyatda ko’p.
Okeanning hayvonot dunyosi o’simliklarga nisbatan birmuncha boyroq. Hayvonot turlarining xilma-xilligi okean iqlim sharoitiga bo’ysungan holda shimoliy va janubiy qutblardan ekvator tomon orta boradi. Sovuq va mo’’tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turlari yashasa, tropik va ekvatorial mintaqalarda o’n minglab hayvon turlari yashaydi. Sovuq va mo’’tadil mintaqalar uchun sut emizuvchilardan kit va ko’rak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabug’asimonlar va kambalasimonlar harakterlidir. Bulardan tashqari tyulenlar, dengiz mushuklari, kalka hamda sardinalar yashaydi.
4. Okeanning tabiat zonalari. Xo’jaligidagi ahamiyati
Atlantika okeanining tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lganligi va meridian bo’ylab uzoq masofaga cho’zilganligi tufayli uning akvatoriyasida ko’plab tabiat zonalari tarkib topgan. Bu yerda Dunyo okeaniga xos bo’lgan tabiat zonalarining deyarli hammasi shakllangan. Okeanning shimoliy qismidagi qutbyoni zonasida iliq va sovuq oqimlar tuqnashadigan joyida suv massalari organik dunyoga boy. Oqimlarning ana shunday o’zaro ta’siri mo’’tadil zona uchun ham xosdir. SHu sababli bu joydagi suvlar plankton va turli xil baliqlarga boy. Janubdagi qutbyoni zonasida esa aksincha, u yerda yil davomida sovuq oqim hukmronlik qilganligi tufayli organik hayot kam rivojlangan.
Atlantika okeani o’rta qismida ekvatorial zona joylashgan. Bu zonaning yillik yog’in miqdori 1770 mm ga va suvning o’rtacha sho’rligi 35 ‰ ga tent. Undan shimolda va janubda ikkita subekvatorial, ikkita tropiq ikkita subtropik zonalarning bepayon iliq suvlari joylashgan. Subtropik va tropik zonalarda yog’ingarchilik miqdori kam va parlanish miqdori ko’p bo’lganligi tufayli ularning suvining sho’rligi 37,25 °/00 gacha ko’tariladi. Janubiy qutbyoni zonasida parlanish kam bo’lganligi sababli suvning sho’rligi 33,6 °/00 gacha pasayadi.
Atlantika okeanining zonalari ichida shimoliy subtropik zonasi akvatoriyasida tabiati jihatdan ajralib turadigan Sargosso dengizi joylashgan. Uni suvining sho’rligi ancha baland, 37 °/00 ga teng, harorati yuqori, qishda +23°S va yozda +28°S ni tashkil etadi. Okeanning och havorang suvida suzib yuruvchi yashil-qo’ng’ir rangdagi sargasso suvo’tlari kuzga tashlanib turadi. Dengiz suvida plankton kam. Okeanshunoslar bunday joylarni moviy okean cho’llari deb atashadi.
Okean tagidagi zonalar. Atlantika okeani tagining tabiiy sharoiti va u yerda hosil bo’lgan yotqiziqlarning turlari shimoldan janubga qarab o’zgara boradi. Okean tagida ham okean yuzasidagiga o’xshash tabiat zonalari xilma-xil. Uning o’rtalik katta qismida ekvatorial-tropik zonasi, undan shimolda va janubda ikkita mo’’tadil, ikkita qutbyoni va eng janubiy qismida qutbiy okean tagi tabiat zonalari mavjud. Har bir zona o’ziga xos suv osti yotqiziqlari bilan harakterlanadi. Masalan, shimoliy mo’’tadil zonada terrigen yotqiziqlar bilan bir qatorda ohaqli faraminifer loyqasi ham uchraydi. Bu loyqa SHimoliy Atlantika iliq oqimi ta’sirida hosil bo’lgan. Ekvatorial-tropik zonada marjon riflari, organik qoldiqli yotqiziqlar ko’p tarqalgan. Qutbyoni zonasida diatom va aysberg yotqiziqlari hukmronlik qiladi.
Okeanning xo’jaligidagi ahamiyati. Atlantika okeani har ikki tomonida sanoati va xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar joylashgan. Okean va uning dengizlari atrofidagi mamlakatlarda Yer kurrasi aholisining 40% yashaydi va jahon sanoati mahsulotining 80% ni ishlab chiqaradi. Dunyodagi eng yirik portlarning aksariyati Atlantika okeni havzasida tarkib topgan. Dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 65 °/0 shu okean orqali o’tadi. Bir yilda tashiladigan yuklarning miqdori o’rta hisobda 1 mlard. t ni tashkil etadi. Eng muhim dengiz yo’llari Yevropa mamlakatlari bilan SHimoliy Amerika mamlakatlarini, Lotin Amerikasi bilan Afrika mamlakatlarini bog’lab turadi.
Atlantika okeanining tabiiy sharoiti tirik mavjudodlarning rivojlanishi uchun juda qulay. SHuning uchun u boshqa okeanlarga qaraganda eng mahsuldor hisoblanadi. Okeandan baliq va boshqa dengiz hayvonlarini ovlashda 115 dan ortiq mamlakat faol ishtirok etadi. Ovlanadigan baliqlar va boshqa dengiz mahsulotlarining katta miqdori okeanning shimoliy qismiga to’g’ri keladi. Ammo keyingi yillarda ko’plab mamlakatlarning kemalari Atlantika okeanining hamma joylarida turli xil hayvonlarni zo’r berib ov qilishi natijasida biologik resurslarning ancha kamayib ketishiga olib keldi.
Atlantika okeani shelflari foydali qazilmalarga juda boy. Ayniqsa neft va tabiiy gaz keng tarqalgan. Eng ko’p neft Marakaibo lagunasidan qazib olinadi. U yerdagi 4500 skvajina yiliga 93 mln. t neft chiqarib beradi. Meksika qo’ltig’idan yiliga 60 mln. t neft va 120 mlrd. m3 gaz qazib olinadi. Afrikaning Nigeriya sohillarida 50 dan ziyod dengiz neft konlari ishlab turibdi. Braziliya shelfida 25 dan ziyod neft konlari ochilgan. Britaniya sektorida 4,5 mlrd. t neft va 990 mlrd m3 gaz zahirasi mavjud. SHundan har yili 78-80 mln. t neft qazib olinadi. SHimoliy dengiz bag’ridagi konlar yiliga 4 mlrd. m3 gaz berib turadi. Kelajakda Atlantika okeani shelfidan har yili 300 mln. t neft va .150 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olish mo’ljallanmoqda. Bundan tashqari Meksika qo’ltig’idan oltingugurt, Nyufaunlend oroli yaqinidan temir rudasi, Janubiy Afrika qirg’oqlari yaqinidan olmos qazib chiqariladi. Florida qirg’oqlari yaqinidan fosforit, Janubi-G’arbiy Afrika sohillari atrofidan fosforit, sochilma olmos konlari topilgan.
Okean qirg’oqlarida yirik sanoat shaharlarining ko’payishi, materiklarning tutashtiruvchi dengiz yo’llarining va kema qatnovining rivojlanishi ta’sirida dengiz hamda okean suvlarining tabiiy sharoitini yomonlashishiga olib keldi. SHimoliy dengizda, Amerika va Afrika qirg’oqlari yaqinida katta masofalarga cho’zilgan neft pardalari so’zib yuradi. O’rta dengiz Yer yuzidagi eng ifloslangan dengizlardan biri hisoblanadi. Binobarin, Atlantika okeanining ekologik sharoiti shu darajada buzilganki, insonning yordamisiz uning tabiatini go’zalligini, suvining tozaligini, havosining musaffoligini tiklab bo’lmaydi. Atlantika okeanining ekologik sharoitini yomonlashishiga qarshi kurashish xalqaro muammo bo’lib qoldi. Hozirgi kunda okeanga xavfli chiqindilarni tashlashni man etuvchi shartnomalar tuzilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mirziyoyev Sh.M. ,,Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz’’ . Toshkent : O‘zbekiston, 2017
Mirziyoyev Sh.M. ,, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi’’. Toshkent: O‘zbekiston, 2017
Karimov I.A. ,, Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida’’. Toshkent: O‘zbekiston, 2013
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Yer osti boyliklari to‘g‘risida’’gi qonuni. Toshkent sh., 2002-yil 13-dekabr, 444-II-son
Abunazarov O’.Q., Mirakmalov M.T., Sharipov Sh.M., Ibragimova R.A., Ibragimova A.A. ,,Umumiy tabiiy geografiya’’. Toshkent-2018;
Aleksandrovskaya N. V., Ryabchikov A. M. va boshqalar ,,Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi’’. O’qituvchi: Toshkent-1967
Toshmuhammedov B. T. ,,Umumiy geologiya’’. Noshir: Toshkent-2011.
Vahobov H., Abdunazarov O’. Q., Zaynutdinov A., Yusupov R. ,, Umumiy Yer bilimi’’. Toshkent- 2005;
Vlasova T.V. ,,Materiklar tabiiy geografiyasi’’. O’qituvchi: Toshkent- 1981;
Shubayev L.P. ,, Umumiy Yer bilimi’’. O’qituvchi: Toshkent- 1975;
Internet saytlari: www.geografiya.uz, www.ZiyoNet.uz,
Do'stlaringiz bilan baham: |