Ijaraga beruvchi asosiy vosita operativ ijarasini qanday qilib hisobga olishi kerak
Аgar korxona mol-mulkni operativ ijaraga berishga ixtisoslashgan boʼlsa:
• ijaradan olingan daromadni 9030-«Ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatishdan daromadlar» schyotining kreditida aks ettiring;
• ijaraga berish xizmatini koʼrsatish bilan bogʼliq xarajatlar, jumladan hisoblangan amortizatsiyani, 2010-«Аsosiy ishlab chiqarish» schyotining debetida aks ettiring.
Аgar ijara korxonaning qoʼshimcha (asosiy boʼlmagan) daromadi hisoblansa:
• ijaradan olingan daromadlarni 9350-«Operativ ijaradan daromadlar» schyotining kreditida aks ettiring;
• ijaraga berish xizmati bilan bogʼliq xarajatlar, jumladan hisoblangan amortizatsiyani 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetida aks ettiring.
Misol; Ijaraga beruvchida operativ ijara hisobi QQS toʼlovchisi boʼlmagan korxona asosiy vosita hisoblangan yengil avtomobilni operativ ijaraga beryapti. Oylik ijara toʼlovining so’mmasi 2 000 ming soʼmni tashkil etadi. Ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida avtomobilni operativ ijaraga berish qoʼyidagicha aks ettiriladi:
Xoʼjalik operatsiyasining mazmuni
So’mma, ming soʼm
Schyotlar korrespondentsiyasi
debet
kredit
Ijaraga berish – korxonaning asosiy faoliyati
Operativ ijaraga berilgan avtomobilga amortizatsiya hisoblandi
1 435
2010
0260
Ijarachidan oldindan toʼlov olindi
300
5110
6390
Ijara toʼlovi hisoblandi
2 000
4010
9030
Agar korхonangiz ijarachi boʻlsa, ijarani operatsion va moliyaviyga ajratmagan holda barcha ijara shartnomalari uchun yagona hisob modelini qoʻllang. Ijarani hisobotda ikki moddani tan olish yoʻli bilan aks ettiring: foydalanish huquqi shaklidagi aktiv (FHShA) va ijara boʻyicha majburiyat (qarang «Ijarachi ijaraning qanday asosiy qoidalarini qoʻllashi lozim»). Shu tariqa, ijarachi uchun ijara moliyalashtirish operatsiyasi sifatida qaraladi. Bunda siz ijarachi sifatida ozod qilishdan foydalanishingiz va foydalanish huquqi shaklidagi aktivni va ijara boʻyicha majburiyatlarni tan olmasligingiz mumkin (lekin majbur emassiz) qaroringizni hisob siyosatida qayd eting.
Siz ozod qilishdan quyidagilarga nisbatan foydalanishingiz mumkin:
qisqa muddatli ijara; yoki
past qiymatli aktivlar ijarasi.
Agar ozod qilishni qoʻllayotgan boʻlsangiz, ijara toʻlovlarini foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda хarajat sifatida ijara muddati davomida tan oling. Bunda хarajatni ijaraning butun muddati davomida teng ulushlarda tan olishingiz mumkin (chiziqli usul) yoki aktivdan foydalanishdan nafning olinishi tuzilishini aks ettiruvchi boshqa tizimli yondashuvni qoʻllang.