Mavzu: Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi



Download 68,09 Kb.
bet5/13
Sana26.04.2022
Hajmi68,09 Kb.
#582378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
АВ ижарага олиш

Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan so’mmadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida bo‘ladigan aktivlarning taxmin kilinayotgan qiymatidir.
Koldik qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangay holda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriyqiymati:
O’rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish xisobiga qoplashni mo’ljallayotgan so’mma, shu jumladan tugatilish qiymati.
Asosiy vosita pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin. Asosiy vositani xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan xollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx aks ettiriladi. Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga extiyoj ko’p. Asosiy vositalarni kayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholas kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati ko‘paygan holda ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan so’mmada 8510-«Aktivlarni kayta baholash va tuzatishlar» hisob varag‘ining kreditida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijasi asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshgan so’mmada xarajat sifatida tan olinadi.


Asosiy vositalar harakatini xujjatlashtirish

Korxonaning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:


AV-1 shakli. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. Dalolatnoma bir ob’ekt uchun yozilib, buxgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
AV-2 shakli. Ta’mirlangan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
AV-3 shakli. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida dalolatnoma.
AV-4 shakli. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi.
AV-6 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi. Asosiy vositalarni qabul-topshirish dalolatnomalari va ushbu ob’ekt texnik xujjatlari har bir ob’ektga inventar kartochkasi ochiladi.
AV-7 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha inventar kartochka ro’yxati.
AV-8 shakli. Asosiy vositalar harakatini xisobga olish kartochkasi. Guruxlari bo‘yicha asosiy vositalar harakatini hisobga olish uchun qo’llaniladi. Karxona ma’lumotlari asosida asosiy vositalar xarakati haqidagi hisobot to’lg’aziladi.
AV-9 shakli. Asosiy vositalar inventar ro’yxati:

Asosiy vositalar korxonaga kelib tushganda rahbar tayinlagan komissiya ob’ekt bo‘yicha alohida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yukxat)ni rasmiylashtirishi lozim (AV-1 shakli). Dalolatnomada ob’ekt tavsifi, turgan joyi, sotib olgan manbai, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan sana, ob’ektning natijalari, uning texnik shartlarga muvofiqligi va boshqalar ko‘rsatilishi lozim.


Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi bilan undagi narxi bir xil xo‘jalik inventarlari, asboblar, stanoklar olinganligi rasmiylashtirish mumkin. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga pasportlar, ish tartibi, yo‘riqnomalar ilova qilinadi. Hisobga qabul qilingan asosiy vositalar ob’ektiga inventar raqami (soni) beriladi, masalan 001 dan 099 gacha inventar raqam binolarga, 100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 ga kadar bo‘lgan raqamlar qurilmalariga beriladi va xokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar ob’ekt metall jetonni qoqib qo’yish, bo’yoq bilan belgi qo‘yish va boshqa usullarda belgilab qo’yiladi. Bu belgi ob’ekt foydalanishda bo‘lgan jami davr uchun saqlanadi va buxgalteriya hisobining barcha boshlang’ich xujjatlari hamda registrlarida ko‘rsatiladi Ob’ekt chiqim qilinganda uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ilova xujjatlar bilan birga korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriya dalolatnoma asosida belgilangan namunadagi inventar varakasi ochadi (AV-6 shakli). Bu varakada ob’ekt haqidagi barcha ma’lumotlar qayd etiladi (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi). So’ngra inventar varakalari asosiy vositalarning tasnif guruxlari bo‘yicha maxsus ro’yxat tuziladi (AV-7 shakli).
Ro’yxatda qayd qilingan varakalar asosiy vositalar kartotekasida tarmok tasnif guruxlariga, gurux ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruxlangan tartibda saqlanadi. Xo‘jaliklar asosiy vositalar ob’ektlari varakalari alohida guruxlanadi. Asosiy vositalarning chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu inventar varakasiga qayd qilinadi, so’ngra varaqa kartotekadan olib qo’yiladi. Qayta olangan asosiy vositalar ob’ektlari tiklanish qiymati bo‘yicha varakaning «ta’mirlash, modernizatsiyalash» bo‘limiga yoziladi. Qayta baholash chog‘ida belgilangan eskirish so’mmasi varaqaning tegishli bo‘limida ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (korxona sexlari, uchastkalari, bo‘limlari) hisob asosiy vositalarning inventar ro’yxati bo‘yicha olib boriladi (AV-9 shakli). Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan namunada va ikki usxada moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi xar bir moddiy javobgar shaxsning buxgalteriya (shaxsiy) delosi (xujjatlari majmui)da, ikkinchi nusxasi shu xodimlarning o‘zida saqlanadi. Hamma moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o‘z javobgarligiga olganini inventarizatsiya ro’yxatiga imzo qo’yib tasdiqlab beradi, asosiy vositalarning keyingi tushumlarida esa birlamchi xujjatlarga imzo qo’yadi. Asosiy vositalarning xar qanday ko’chishi (boshqaga berish, tugatish va boshqalar) moddiy javobgar shaxslarning ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Olingan, hisobdan chiqarilgan korxona ichida joyi o‘zgartirilgan (ko’chirilgan) asosiy vositalarning inventar varakalari tegishli qaydlar o‘tkazilganidan keyin oy oxirigacha joy-joyiga quymay, alohida saqlanadi, chunki xar oyda shu varakalar asosida asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirish) hisob-kitoblari tuziladi, ularning xar bir turi bo‘yicha kirim, chiqim oborotlari jamlanadi va asosiy vositalar harakatini hisobga olish varakasi to’ldiriladi. Asosiy vositalar harakatini Hisobga olish varakasi (AV-8 shakli) joriy yil uchun yanvar oyi boshida ochiladi. Varakada dastlab asosiy vositalarning borligi, turlari bo‘yicha ma’lumot 1 yanvar holatiga ko‘rsatiladi, so’ngra xar oyda oy davomidagi oborotlar yozuvidan keyin keyingi oyning 1 kunidagi xolat bo‘yicha asosiy vositalarning mavjudligi qayd etiladi. Shu ma’lumotlar asosida asosiy vositalar harakatining oborot ro’yxati (qaydnoma) tuziladi. Uning yakunlari asosiy daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi va shu asosda korxonaning asosiy vositalari mavjudligi hamda ularning xarakati to‘g‘risida hisobot tuziladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi AV-2 va AV-3 shakllaridagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu shakllarda chiqim qilinadigan ob’ektlarning dastlabki qiymati va eskirish so’mmasi qayd etiladi. Inventar varakasi kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy vositalarning turgan o’rni bo‘yicha inventar ro’yxatida qaydlar qilinadi.



Download 68,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish