Mavzu: Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi )ning hisobi. Reja


Yillar Yillik amortizatsiya



Download 35,03 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi35,03 Kb.
#252376
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy vositalar eskirishining hisobga olinishi

Yillar


Yillik amortizatsiya


Soliqga toriladigan amortizatsiya


Jamlangan amortizatsiya


Qoldiq qiymat


1 – usul

1

180000

-

180000

820000

2

180000

-

360000

640000

3

180000

-

540000

460000

4

180000

-

720000

280000

5

180000

-

900000

100000



2 – usul

1

180000

-

180000

820000

2

270000

90000

450000

550000

3

225000

45000

675000

325000

4

135000

- 45000

810000

190000

5

90000

- 90000

900000

100000



3 – usul

1

300000

120000

300000

700000

2

240000

60000

540000

460000

3

180000

-

720000

280000

4

120000

- 60000

840000

160000

5

60000

- 120000

900000

100000



4 – usul

1

400000

220000

400000

600000

2

240000

60000

640000

360000

3

144000

- 36000

784000

216000

4

86400

- 93600

870400

129600

5

29600

- 140400

900000

100000


Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini ko‘payishi ushbu schetning kreditida va harajat schetlarining debetida (2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190 va boshqalar) aks ettiriladi.




4.1.6. Asosiy vositalarni sotishning va boshqa chiqimlarining hisobi.


Asosiy vositalarni sotishning hisobi.Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda qo‘yidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.



Operatsiyaning mazmuni

Summa

Debet schet

Kredit schet


Asos bo‘luvchi hujjat


1

Asosiy vositani jo‘natish qiymatiga

700000

4010

9210

Shartnoma, schet-faktura

2

Sotishdan olingan QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi va soliq solish ob’ekti mavjud bo‘lsa)

100000

9210

6410

Shartnoma, schet-faktura

3

Asosiy vositaning boshlan-g‘ich qiymatiga

600000

9210

0111-0190


Shartnoma, schet-faktura


4

Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish

500000

0211-0290

9210

Shartnoma, schet-faktura

5

Sotishdan olingan foyda

500000

9210

9310

Shartnoma, schet-faktura


Asosiy vositalarni sotish natijasida korxona foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Bu natija jo‘natish qiymati (Jq) va qoldiq qiymati (Qq) o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan katta bo‘lsa (Jq  Qq) korxona asosiy vositalarni sotishdan foyda olgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanadi, agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan kichik bo‘lsa (Jq  Qq), korxona asosiy vositalarni sotishdan zarar ko‘rgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, ya’ni:


Fs (Zs) = Jq – Qq


Yuqoridagi misolda korxona sotishdan foyda ko‘rgan. Agar korxona asosiy vositani 50000 so‘mga sotganda edi, u Soliq Kodeksiga muvofiq QQS to‘lamaydi, shuningdek ushbu korxona sotishdan 50000 so‘m zarar ko‘rgan bo‘lar edi va bu zarar hisobda qo‘yidagicha aks ettiriladi:



Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» - 50000

Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 50000

Asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq Kodeksiga muvofiq (22–modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi.

Agar asosiy vositalar qoldiq qiymat bo‘yicha sotilsa, u holda ham korxona QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, sotishdan na foyda olingan, na zarar ko‘rilgan bo‘ladi.

Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishning hisobi. Asosiy vositalar to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holatini yo‘qotgan bo‘lsa korxona tomonidan likvidatsiya qilinishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirishga asos bo‘ladi.

Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan korxona zarar yoki foyda ko‘rishi mumkin.

Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar ikki turga bo‘linadi:

1.Asosiy vositalarni amortizatsiyalanmay qolgan qismini qoplashdan ko‘rilgan zararlar.

2.Likvidatsiya qilishga ketgan qo‘shimcha harajatlardan ko‘rilgan zararlar.

Birinchi tur zararlar amortizatsiyasi to‘liq hisoblanmagan asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida vujudga keladi. Ko‘rilgan zarar amortizatsiyalanmay qolgan (Aq) summadan iborat bo‘lib, u asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatidan (Bq) jamlangan amortizatsiyani (Aj) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:

Aq = Bq – Aj (1)

Ikkinchi tur zararlarga likvidatsiyani amalga oshirishda sarflangan moddiy harajatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmatlar uchun ketgan harajatlar kiradi. Bu turdagi harajatlar likvidatsiya harajatlari (Lx) hisoblanib, ular BXMS № 5 ga muvofiq likvidatsiya qilingan asosiy vositaning likvidatsion qiymatini (Lq) topishda hisobga olinadi. Likvidatsion qiymat (Lq) likvidatsiyalan olingan aktivlar (La) qiymatidan likvidatsiya harajatlarini (Lx) chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymatidir, ya’ni:

Lq = La – Lx (2)

Likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararlar yoki harajatlar (Xl) birinchi tur zararlardan (Aq) tugatilgan asosiy vositalarning likvidatsion qiymatini (Lq) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:


Xl = Aq – Lq (3)


Asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida ko‘rilgan zarar yoki harajatlar korxonaning asosiy faoliyatiga bevosita aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun likvidatsiya bilan bog‘liq harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan zararlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish yoki sotish harajatlariga qo‘shib bo‘lmaydi. Shuning uchun likvidatsiya natijalarini aniqlash va hisobga olish uchun schetlar rejasidagi maxsus 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari» scheti ko‘zda tutilgan. Ushbu schetning debetida likvidatsiya qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati (Bq), likvidatsiya qilish uchun qilingan harajatlar (Lx) jamlanadi. Bu schetning kreditida jamlangan amortizatsiya (Aj), likvidatsiya natijasida olingan moddiy aktivlarning qiymati (Lq) va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararni (harajatlarni) hisobdan chiqarish aks ettiriladi. Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomga muvofiq likvidatsiyadan ko‘rilgan zarar korxonaning asosiy faoliyatiga doir bo‘lmagan boshqa turdagi davr harajatlariga, bir vaqtning o‘zida foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarga kiritiladi. Hisob siyosatida likvidatsiyaga doir harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan zararlarni harakatdagi qonunlar, BHMS lar va Nizomga mos ravishda yagona tartibda ochib berishga erishish uchun ularni qo‘yidagi shartli misolda ko‘rib chiqaylik.

Aytaylik, korxona avariya holatiga kelib qolgan binoni likvidatsiya qildi.Binoning boshlang‘ich qiymati (Bq) – 650000 so‘m. Likvidatsion qiymat ko‘zda tutilmagan. Likvidatsiya sanasiga jamlangan amortizatsiya (Aj) – 550000 so‘m. Likvidatsiya harajatlari (Lx):qulatish krani xizmati -30000 so‘m, yoqilg‘i sarfi- 3000 so‘m , hisoblangan ish haqi harajatlari-20000 so‘m, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar - 7740 so‘m. Likvidatsiya natijasida qabul qilingan va baholangan qurilish materiallari – 95000 so‘m.

Likvidatsiya natijalari korxonaning hisob siyosatida qo‘yidagi tarzda yoritilishi kerak.




1. Asosiy vositani boshlang‘ich qiymatini (Bq) hisobdan chiqarish

Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 650000 so‘m

Kredit 0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» – 650000 so‘m

2. Likvidatsiyaga qilishga ketgan harajatlar (Lx)

Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 60440 so‘m

Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar» – 30000 so‘m

Kredit 1030 «Yoqilg‘i» – 3000 so‘m

Kredit 6710 «Mexnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» – 20000 so‘m

Kredit 6520 «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha tulovlar» – 7440 so‘m

__________________________________________________________________

Jami - 60440 so‘m.

3. Likvidatsiya natijasida olingan aktivlarning qiymati (La)

Debet 1050 «Kurilish materiallari – 95000 sum

Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 95000 so‘m

4. Amortizatsiyalanmay qolgan qiymat (Aq)

650000 so‘m – 550000 so‘m = 100000 so‘m



5. Likvidatsion qiymat (Lq)

Lq = 95000 so‘m – 60440 so‘m = 34560 so‘m



6. Likvidatsiyadan ko‘rilgan umumiy zarar (Xl)

Xl = 100000 so‘m – 34560 so‘m = 65440 so‘m



Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» -65440 so‘m

Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» - 65440 so‘m

7. Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar – 65440 so‘m.

Asosiy vositalarning likvidatsiya qilinishida korxona qo‘shimcha foydani (Fl) jamlangan amortizatsiya (Aj) bilan likvidatsion qiymat (Lq) ni birgalikdagi summalari asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati (Bq) dan katta bo‘lsagina [(Aj + Lq)  Bq] olishi mumkin, ya’ni:

Fl = (Aj + Lq) – Bq

Masalan, korxona binoni likvidatsiya qildi deylik, boshlang‘ich qiymat (Bq) – 500000 so‘m, jamlangan amortizatsiya (Aj) – 450000 so‘m, likvidatsiya harajatlari (Lx) – 20000 so‘m, binodan olingan moddiy aktivlarni boshlang‘ich qiymati – 120000 so‘m.


Demak, binoning likvidatsion qiymati (Lq) – 100000 so‘m (120000-20000) bo‘ladi.

Likvidatsiyadan olingan umumiy daromad

Fl = (450000 + 100000) – 500000 = 50000 so‘m.



Hisob siyosatida likvidatsiyadan olingan foyda qo‘yidagicha ochilishi lozim:

Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»-50000 sum

Kredit 9310 «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda»-50000 sum


Asosiy vositalarni bepul berilishining hisobi. Korxonaning asosiy vositalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga bepul hayriya sifatida ham berilishi mumkin. Asosiy vositalarning bepul berilishi shartnomada ko‘rsatilgan qiymatda schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Schet-faktura asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Download 35,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish