Mavzu: Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi )ning hisobi. Reja



Download 35,03 Kb.
bet4/7
Sana31.12.2021
Hajmi35,03 Kb.
#252376
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy vositalar eskirishining hisobga olinishi

Bir maromda hisoblash usuli. Ushbu usulning mohiyati shundaki, u amortizatsiyalanadigan qiymatni foydali xizmat muddat davomida bir maromda (miqdorda) hisoblashni, jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni bir maromda ko‘payib borishini va qoldiq qiymatini bir maromda kamayib borishini taqozo etadi.

Yillik amortizatsiya (eskirish) summasi ushbu usulda 180000 so‘mni tashkil etadi.


1000000 – 100000 900000

As = ------------------------------- = -------------- = 180000 so‘m

5 5

Ushbu usulda avtomashinaning foydali xizmat muddati yillari bo‘yicha hisoblangan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi va qoldiq qiymati qo‘yidagicha:

Yillar

Boshlan-g‘ich qiymat

Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat


Amorti-zatsiya me’yori


Yillik amorti-zatsiya


Jamlan-gan amorti-zatsiya


Qoldiq qiymat


1

1000000

900000

20%

180000

180000

820000

2

1000000

900000

20%

180000

360000

640000

3

1000000

900000

20%

180000

540000

460000

4

1000000

900000

20%

180000

720000

280000

5

1000000

900000

20%

180000

900000

100000


Bir maromda hisoblash usuli Soliq Kodeksiga to‘liq muvofiq keladi. Yillik amortizatsiya (eskirish) summasining 1/12 qismi har oyda harajatlar schetiga kiritib boriladi va u foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shilmaydi.




Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda, avvalom bor, bir yillik ish hajmiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) summasi topib olinadi. Bizning misolimizda u 90 so‘mga teng (900000 : 10000 = 90).

Avtomobilning xizmat muddati yillarida haqiqatda bajargan ish hajmiga proporsionlal hisoblanadigan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat qo‘yidagicha bo‘ladi:




Yil-lar

Boshlan-g‘ich qiymat

Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat


Ish hajmi, soat


Amorti-zatsiya me’yori, so‘m


Yillik amorti-zatsiya


Jamlan-gan amorti-zatsiya


Qoldiq qiymat


1

1000000

900000

2000

90

180000

180000

820000

2

1000000

900000

3000

90

270000

450000

550000

3

1000000

900000

2500

90

225000

675000

325000

4

1000000

900000

1500

90

135000

810000

190000

5

1000000

900000

1000

90

90000

900000

100000


Ushbu usulda ko‘rinib turibdiki, yillik hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab turlicha bo‘lgan. 1-yilda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi Soliq Kodeksida belgilangan me’yorga mos keladi va u soliq solish bazasiga qayta kirmaydi. 2-yilda me’yordagidan 90000 so‘m (270000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan.Ushbu summa ikkinchi yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi.3-yilda me’yordagidan 45000 so‘m (225000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan.Ushbu summa 3-yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 4- va 5- yillardan me’yordan mos ravishda 45000 so‘m (135000-180000) va 90000 so‘m (90000-180000) amortizatsiya (eskirish) kam hisoblangan. Ushbu summalar mos ravishda 4- va 5- yillarda soliq solish bazasidan kamaytirilishi maqsadga muvofiq yoki kelgusi yillarda avtomobildan qo‘shimcha ishlatishda soliq solish bazasiga 2- va 3- yillarda qayta kiritilgan 135000 so‘m (90000+45000) miqdorida amortizatsiya (eskirish) summasi soliqga tortilmasligi kerak. Yuqoridagi hol mavjud bo‘lganda soliqga tortilmaydigan amortizatsiya (eskirish) summasi miqdori asoslangan holda hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.





Download 35,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish