Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning xalqaro standartlari
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan taʼminlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini takomillashtirish rivojlanib borayotgan davlatlarning oldida turgan asosiy vaziflardan biri hisoblanadi.16 Asosiy vositalar ob‘ektlarining eskirishi – ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlarinyo’qolib borishining va to’zib borishining, buning oqibatida esa qiymat yo’qolib borishining qiymat ko’rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag’larni
jamg‘arishni ta‘minlashi kerak.Asosiy vositalarning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalardan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.Amortizatsiya (lotincha amortisatio – qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Har bir ob‘ektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga to’liq o’tkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bo’lish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlang’ich qiymatning 100% dan oshishi mumkin emas).Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob‘ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa
tabiiy resurslar), mahsuldor chorva mollari; kutubxona fondi, muzey qimmatliklari,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan asosiy
vositalar, arxitektura yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari,
yo’laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida
bo’lgan obodonlashtirish inshootlari, qiymati ilgari to’liq chegirilgan mol-mulk,
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o’tkazilmagan kapital
qo’yilmalariga.17 Xalqaro amaliyotda keng qo’llaniladigan moliyaviy hisobning 16-sonli xalqaro standarti “Asosiy fondlar” deb atalib, ushbu standartning maqsadi maqsadi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar tadbirkorlik subyektining asosiy fondlariga qilgan investitsiyalarini va bunday investitsiyalardagi o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni tushunishi uchun asosiy fondlarni hisobga olish tartibini belgilab berishdan iboratdir.
Jahon amaliyotida yuqoridagi standartga nisbatan budjet hisobi xalqaro standarti mavjud bo’lib, u 17-sonli jamoat tashkilotlari buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (IPSAS 17 – International Puclic sector accounting standart) – “Mol-mulk, zavod va asbob-uskuna” deb ataladi.
Ushbu xalqaro standart qoidalari quyidagi holarda qo’llanilmasligi ko’rsatilgan:
Nodavlat sektori egalik qiluvchi asosiy fondlar hisobi uchun;
Asosan sotish uchun mo’ljallangan deb tasniflanadigan asosiy fondlar uchun;
Qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar uchun;
Ushbu xalqaro standart talablariga ko’ra budjet tashkilotida asosiy fondlar obyektining tannarxi faqatgina quyidagi shartlar bajarilganda aktiv sifatida tan olinadi:
- tadbirkorlik subyekti tomonidan asosiy vosita bilan bog’liq kelgusi iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa;
- aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
Ehtiyot qismlar, yordamchi va ta’mirlovchi jihozlar kabi moddalar asosiy fondlar ta’rifiga mos kelganida ushbu jamoat tashkilotlari buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga muvofiq tan olinadi. Aks hollarda bunday moddalartovar-moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadi.
Asosiy fondlar obyektlari xavfsizlik yoki atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarida sotib olinishi mumkin. Bu kabi asosiy fondlarni sotib olish mavjud bo’lgan qandaydir asosiy vosita obyektidan olinadigan kelgusi iqtisodiy nafni bevosita oshirmasada, budjet tashkiloti boshqa aktivlaridan kelgusida iqtisodiy naf olishi uchun zarur bo’lishi mumkin. Bunday asosiy fondlar obyektlari aktiv sifatida tan olinadi, chunki ular yordamida budjet tashkiloti tomonidan ular bilan bog’liq bo’lgan aktivlardan kelgusida olinadigan iqtisodiy naf bunday obyektlar sotib olinmaganida olinadigan nafdan ko’ra ko’proq bo’ladi. Masalan, kimyoviy maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilot xavfli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va saqlash bilan bog’liq ekologik talablarga rioya etish maqsadida yangi kimyoviy moddalar bilan ishlash texnologiyalarini jalb etishi mumkin. Bunda tegishli yangi texnologiyalar aktiv sifatida tan olinadi, chunki ularsiz tijoriy faoliyat bilan shug’ullanuvchi budjet tashkiloti kimyoviy maxsulotlarni ishlab chiqara olmaydi va sota olmaydi.
Ushbu xalqaro standart va xalqaro amaliyot talab qilyotgan qoidalarga ko’ra asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog’liq qoplanmaydigan soliqlar;
aktivni undan budjet tashkilotining rahbariyati tomonidan ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga olib kelish bilan bog’liq bevosita xarajatlar.
asosiy vosita obyektini demontaj qilish va olib tashlash xamda u joylashgan joydagi tabiy resurslarni qayta tiklash xarajatlarining boshlang’ich bahosini. Budjet tashkiloti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki undan ma’lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida ushbu xarajatlar bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga oladi.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
asosiy vosita obyektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish natijasida bevosita hosil bo’ladigan hodimlarga haq to’lash xarajatlari;
joyni tayyorlash xarajatlari;
etkazib berish va ortish-tushirish bilan bog’liq boshlang’ich xarajatlar;
o’rnatish va montaj bo’yicha xarajatlar;
aktivning to’g’ri ishlashini sinab ko’rish xarajatlaridan aktivni tegishli joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni (uskunalarni sinovdan o’tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) sotishdan olingan sof tushumning ayirmasi;
malakali xizmatlar uchun haqlar.
Ushbu xalqaro standart va xalqaro amaliyot talab qilyotgan qoidalarga ko’ra asosiy fondlar obyektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar misol bo’la oladi:
yangi ishlab chiqarish obyektini tashkil etish xarajatlari;
yangi maxsmulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog’liq xarajatlar (shu jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari);
tijoratni yangi joyga yoki mijozlarning yangi toifasiga moslashtirish bilan bog’liq xarajatlar (shu jumladan, hodimlarni qayta tayyorlash xarajatlari);
ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.18
Chiziqli sxema... Bunday holda, yillik amortizatsiya stavkasi sotib olish qiymati va aktiv yordamida belgilanadi. Butun hisobot davri mobaynida har oy 1/12 miqdorida chegirmalar amalga oshirilishi kerak.
Qolgan qismini kamaytirish- hisob -kitoblar davr boshidagi qoldiq narx (hisobot yili), HA, qiymati 3dan past bo'lgan tezlanish koeffitsienti asosida amalga oshiriladi, HA ikkinchi formula bo'yicha xizmat muddatini hisobga olgan holda hisoblanadi.Kümülatif usul- bu sotib olish narxiga, qolgan foydalanish muddatining o'tgan davrga nisbati asosida qo'llaniladi.Ishlab chiqarilgan mahsulotlarga muvofiq - mutanosib... Hisoblash ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tabiiy qiymati va OSning dastlabki sotib olish narxining butun ishlab chiqarish davri uchun kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga nisbati to'g'risida ma'lumot berish orqali amalga oshiriladi.
Tezlashtirilgan usul- to'g'ri chiziq asosida aniqlangan chegirmalar miqdorining ko'payishi. Aktivlar qiymati ishlab chiqarish xarajatlariga to'liq kiritiladi.
Ayrim operatsiyalar asosiy fondlar obyektini qurish yoki barpo etish bilan bog’liq bo’ladi, ammo bu obyektni undan budjet tashkiloti rahbariyati tomonidan ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirish uchun zarur bo’lmaydi. Bu yordamchi operatsiyalar qurilish yoki barpo etish ishlari davomida yoki undan oldin ro’y berishi mumkin. Masalan, qurilish maydonidan qurilish ishlari boshlanishidan oldin avtostoyanka sifatida foydalanishdan foyda olinishi mumkin. Yordamchi operatsiyalar obyektni rahbariyat tomonidan ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirish uchun zarur bo’lmaganligi sababli, yordamchi operatsiyalar bilan bog’liq daromad va xarajatlar foyda yoki zararning tarkibida tan olinadi va daromad yoki xarajatlarning tegishli guruhlariga kiritiladi.
Asosiy fondlar obyektining tannarxi bu tan olish sanasiga ularning pul mablag’laridagi ekvivalentidir. Agar ular uchun to’lovning oddiy tijorat krediti shartlarida sotishga qaraganda muddati kechiktirilgan bo’lsa, aktivning pul mablag’laridagi ekvivalenti bilan umumiy to’lov o’rtasidagi farq foiz xarajatlari sifatida kredit davri davomida tan olinadi.
Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, asosiy vosita obyekti uning tannarxidan har qanday jamg’arilgan eskirish summasi va har qanday qadrsizlanish bo’yicha yig’ilgan zararlar chegirib tashlangan qiymatda hisobga olinishi kerak.
Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng haqqoniy qiymati ishonchli tarzda baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vosita obyekti qayta baholangan qiymati bo’yicha hisobga olinishi kerak. Bunda uning qayta baholangan qiymati bo’lib uni qayta baholash sanasiga bo’lgan haqqoniy qiymatidan keyinchalik jamg’arilgan eskirish summasi va keyinchalik yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararlar chegirilgandagi qiymati hisoblanadi. Aktivning balans qiymati hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymati asosida aniqlanadigan qiymatidan muhim darajada farq qilmasligi uchun qayta baholashlar yetarlicha muntazam ravishda o’tkazilishi kerak.
Asosiy vositalarni qayta baholash «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 04.12.2002 yilda 1192-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) qoidalari bo’yicha: - har yili tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari;
- uch yilda bir marta mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan 1 fevralgacha) 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash o’tkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim.Barcha asosiy vositalar, o’rnatish uchun uskunalar, tugallanmagan qurilish ob‘ektlari, uzoq muddatli ijaradagi asosiy vositalar, ya‘ni texnik holatidan qat‘iy nazar, foydalanishda bo’lgan va foydalanishda bo’lmagan, konservatsiyada bo’lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin chiqarish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan, shuningdek tugallanmagan qurilish va o’rnatishga mo’ljallangan uskunalar korxona mulkchiligida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddatli ijarada bo’lgan asosiy vositalar qayta baholanishi lozim.16 Xo’jalik yurituvchi sub‘ektning xohishiga ko’ra asosiy vositalar quyidagi ikki hil usul bilan qayta baholanishi mumkin: - to’g’ridan-to’g’ri qayta baholash usuli aniqrog‘i hisoblanadi, chunki u ob‘ektlarning joriy qiymati haqidagi axborotdan kelib chiqadi, bu axborot esa baholanadigan ob‘ektga o’xshash ob‘ektning qayta baholash davrida 1 yanvar holatiga shakllangan hujjatlar bilan tasdiqlangan alohida ob‘ektlar qiymati haqidagi, ishlab chiqaruvchi zavodlardan, savdo qiluvchi tashkilotlardan yozma ravishda olingan narxlar haqidagi, davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi haqidagi, shuningdek asosiy fondlar ob‘ektlarining narxlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda chop etilgan ekspertlik xulosalari ma‘lumotlariga asoslanadi;
- boshlang’ich (tiklash) qiymatini indeksatsiyalash usuli. Bu usul bo’yicha
alohida ob‘ektlar O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi tomonidan
ishlab chiqiladigan asosiy vositalar qiymati o’zgarishi indekslarini qo’llagan holda
qayta baholanadi (2-ilova).
Asosiy vositalar indeksatsiyalash usuli bilan qayta baholanganda qayta
baholash sanasi holatiga hisobda bo’lgan eskirish summasi (to’liq eskirish
hisoblangan ob‘ektlar ham bunga kiradi) tiklash qiymatigacha qayta hisoblashda
asosiy fondlar qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga ko’paytirilishi lozim.
Misol. Korxona 1 200 ming so’mlik, bozor qiymati 1 500 ming so’m
bo’lgan, 240 ming so’m eskirish hisoblangan kompyuterni qayta baholashni
amalga oshirdi.Boshlang’ich qiymatdan bozor narxining oshishi (1 500 – 1 200) : 1 200 x100 = 25 % ni tashkil etdi. Binobarin eskirishga 240 ming so’m x 25 % : 100 = 60 ming so’mlik summaga tuzatish kiritiladi. Buxgalteriya hisobida bu quyidagicha yozuvlar bilan aks ettiriladi:
- qayta baholash summasiga:
D-t 0150-―Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi‖ - 300 ming so’m.
K-t 8510-―Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar‖ - 300 ming so’m.
- eskirishga tuzatish kiritish summasiga:
D-t 8510-―Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar‖ - 60 ming so’m.
K-t 0250-―Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi‖
-60 ming so’m. Arzonlashtirish holatida teskari o’tkazmalar beriladi.Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi. Asosiy vositalarning chiqib ketishi ularning to’liq eskirishi, keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo’lishi tufayli, shuningdek sotilishi, bepul berilishi, sovg’a qilinishi, ulush tariqasida boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga kiritilishi, moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berilishi, kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanishi sababli amalga oshadi. Mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan qa‘tiy nazar barcha korxonalarda asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobda va hisobotda «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 29.08.2004 yilda 1401-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan)ga muvofiq aks ettirilishi lozim. Asosiy vositalarning tugatilishi quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
- davlat korxonalari va budjet tashkilotlarining tizim bo’linmalari tomonidan -
tegishli yuqori tashkilotlar ruxsati bilan;
- unitar korxonalari tomonidan
- mulk egasi ruxsati bilan;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan
– mustaqil ravishda.Asosiy vositalarning chiqib ketishi tugatish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, unda asosiy vositaning boshlang’ich qiymati, eskirish summasi yoziladi va tugatish bo’yicha natijalar hisob-kitobi tuziladi. Ushbu dalolatnoma asosida inventar varaqasi yopiladi va arxivga topshiriladi, bu haqda asosiy vositalarning inventar ro’yxatida yozuv qayd etiladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi 9210-«Asosiy vositalarining chiqib ketishi» schotida yuritiladi. Ushbu schotning debetida boshlang’ich qiymat va
tugatish bo’yicha xarajatlar, kreditida esa - chiqarish kuniga hisoblangan eskirish summasi va tugatishdan olingan daromad hisobga olinadi. 9210-schot bo’yicha debet va kredit aylanmalarini taqqoslash bilan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, chiqib ketishidan moliyaviy natija aniqlanadi. Agar 9210-schot bo’yicha debet aylanmalari uning kredit aylanmalaridan katta bo’lsa, farq korxona zararini tashkil qiladi va 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schotiga kiritiladi. Agar kredit aylanmalari 9210-schot bo’yicha debet aylanmalaridan katta bo’lsa, farq foydani tashkil qiladi va 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schotiga hisobdan chiqariladi.19 Asosiy vositalar ijarasi hisobi. Ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash,
korxonalar faoliyatining yangi yo’nalishlarini o’zlashtirish maqsadida bozor
munosabatlarini kengaytirish va ommalashishi bilan asosiy vositalar ijarasi borgan sari rivojlanib bormoqda. Ijara munosabatlarining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Ijara hisobi» (O’zR AV tomonidan 24.04.2009 yilda 1946-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) va ―Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom‖ (O’zR AV tomonidan 01.06.2009 yilda 1961-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan tartibga solinadi.
Xulosa Demak, kurs ishini yozish jarayonida vazifalar va savollar ochib berildi. Ishning birinchi qismida asosiy vositalarni aniqlash, ularning tasnifi va asosiy vositalardan foydalanishni tahlil qilish usullari bilan bog'liq masalalar o'rganildi. Asosiy vositalar ta'rifi ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt davomida ishtirok etadigan, tabiiy shaklini saqlab qolgan holda ishlab chiqarish fondlarining bir qismi sifatida berilgan va ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotga asta-sekin, ishlatilganday qismlarga o'tkaziladi. Korxonada asosiy vositalarni tahlil qilish asosiy vositalardan samarasiz foydalanishga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ushbu salbiy omillarni bartaraf etish yoki kamaytirish yo'llarini topish uchun zarur ekanligi ko'rsatildi. Korxonada asosiy vositalardan yanada oqilona foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini ko'paytirish mumkin, ammo buning uchun mehnat unumdorligini oshirish zarur. Asosiy vositalardan yanada samarali foydalanish uchun korxona quyidagi choralarni ko'rishi mumkin: O'rnatilmagan uskunalarni ishga tushirish, uni almashtirish va modernizatsiya qilish; Kun bo'yi va smenada ishdan bo'shash vaqtini qisqartirish. Ushbu kamchilikni bartaraf etishga ilg'or tashkiliy va texnologik tadbirlarni joriy etish orqali erishish mumkin; Ta'mirlash va ishga tushirish bo'yicha samarali rejani o'z ichiga olgan korxonaning optimal ish jadvalidan foydalanish orqali erishish mumkin bo'lgan smenali koeffitsientni oshirish; Uskunani yanada intensiv ishlatish; Ilmiy-texnik taraqqiyot tadbirlarini amalga oshirish; Uskunalarga nisbatan samaraliroq va ehtiyotkorlik bilan ishlashni ta'minlaydigan ishchi kadrlarning malakasini oshirish; Bog'liqlikni ta'minlaydigan asosiy va yordamchi ishchilarni iqtisodiy rag'batlantirish ish haqi mahsulot ishlab chiqarish va sifatidan, yuqori samaradorlik ko'rsatkichlariga erishgan ishchilarni rag'batlantirish va mukofotlash uchun mablag'larni shakllantirish; Amalga oshirish ijtimoiy ish, ishchilarning malakasini oshirishni, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilashni, dam olish faoliyatini va ishchining jismoniy va ma'naviy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan boshqa faoliyatni ta'minlash. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish butun xalq xo'jaligida ham katta ahamiyatga ega. Ushbu muammoning echimi jamiyat uchun zarur bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'payishini, yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatining qaytishini ko'payishini va aholining ehtiyojlarini to'liq qondirishni, mamlakatda uskunalar balansining yaxshilanishini, mahsulot tannarxining pasayishini, ishlab chiqarish rentabelligining oshishini, kompaniyaning jamg'armalarini anglatadi. Asosiy vositalar harakati to’grisidagi hisobotda yil davomida ta’sischilar tomonidan hissa tariqasida korxonaga berilgan asosiy vositalar ularning qoldik qiymati bo’yicha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ular huquqiy va me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartib va qoidalarga mos kelgan taqdirda ushbu ko’rsatkichlarni hisobga kiritish mumkin.