Mavzu: Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi Reja: Kirish


Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning metodlari



Download 0,68 Mb.
bet5/9
Sana24.11.2022
Hajmi0,68 Mb.
#871666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Asosiy vosita

Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning metodlari

Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:
a) amortizatsiyani bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash.
Amortizatsiyani bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya asosiy vositalarni foydali xizmat muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda bir maromda, teng ulushlarda hisoblanadi.
Mazkur usulga ko‘ra asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining faoliyatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni asosiy vositalardan foydalanilgan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.
Amortizatsiyani bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya qiymati va mazkur obyektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi;
b) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli).
Amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalarning ishlab chiqarish quvvati hisobga olishga asoslangan.
Mazkur usul bo‘yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan ishlab chiqarish quvvati yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash lozim. Ishlab chiqarish quvvati sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, bosib o‘tgan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan hamda asosiy vositalar amortizatsiyalanadigan qiymatining asosiy vositalar butun foydali xizmat muddatida nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi..10
3-«Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot» asosida asosiy vositalarni yalpisiga emas, balki ularning turlari bo’yicha holatini, shuningdek, ta’minlangan va foydalanish samaradorligini mufassal tahlil qilish imkonini beradi. Hisobotning mazkur shaklida asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha dastlabki qiymati, eskirishi va qoldiq qiymati, shuningdek ularning yil boshidagi qiymati, qancha kelib tushgani va chiqib ketganligi, yil oxiriga qoldig’i ko’rsatiladi. Hisobot oxirida ular ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga bo’lingan. Ma’lumot tariqasida asosiy vositalar turlari bo’yicha qaysi mablag’lar hisobiga olinganligi, qancha asosiy vositalar ijaraga olingan va berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu hisobot ma’lumotlari asosida asosiy vositalar holatini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: eskirish, yaroqsizlik, yangilanish, chiqib ketish koeffitsiyentlari, asosiy vositalar tarkibi, ularning umumiy va asosiy vositalar turlari bo’yicha o’sish summasi kiritiladi. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari korxonaning asosiy vositalari bilan ta’minlanganligini mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi ko’rsatkichlarini hisoblashda ham foydalaniladi. Asosiy vositalarni foydalanish samaradorligining mezonlaridan ko’riladigan foyda (samara)dir. Buni tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga fondning rentabelligi; asbob-uskunalar unumdorligi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi va ular ushbu hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanadi.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zida mujassam qiladi. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni alohida ahaiyatga ega.Ushbu qonunning 16-moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni ham o’z ichiga olishi belgilab qo’yilgan.
Ushbu hisobotning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomni keltirish mumkin. Ushbu Nizom «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni» tartibga solish bevosita aloqador bo’lmasada, u asosiy vositalarni saqlash, ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalarning moliyaviy natijalarda aks ettirish uslubiyati belgilab berilgan. Shu bilan birgalikda asosiy vositalarning eskirish xarajatlari, nizomga olingan asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya xarajatlari talabi ham belgilangan.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning navbatdagi huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining «Soliq Kodeksi», O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 23-moddasida asosiy vositalarning amortizatsiya normalari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan barcha asosiy vositalar beshta guruhga bo’lingan va ularning har bir guruhi uchun alohida amortizatsiya normalari belgilangan. Shu bilan birgalikda ushbu moddada amortizatsiya hisoblash tartibi ham tushuntirib berilgan. Shuningdek, nizomga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalari belgilab berilgan. Bularning barchasi korxonalarda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi. Ushbu hisobotning me’yori asosi sifatida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» hisoblanadi. Ular jumlasiga quyidagi «BHMA»larni kiritish mumkin:
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»;
5-BHMA «Asosiy vositalar»;
21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»;
22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi».
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 12-bandida moliyaviy hisobotning tarkibi belgilangan bo’lib, unda «asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» 3-shakl tuzilish belgilab berilgan. Shuningdek, uning 14-bandida moliyaviy hisobot shakllari ko’rsatkichlarining ochib berilishi belgilangan bo’lib, bu vosita moliyaviy hisobotning uchinchi shakli bo’lgan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ga ham belgilangandir. Shu bilan birgalikda ushbu «BHMA»ning 60, 61-bandlarida hisobotning davri va hisobot sanasi belgilab berilgan bo’lib, uni taqsim qilish 62-band bilan tartibga solindi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirishda 5-BHMA «Asosiy vositalar» alohida o’rin tutadi. Chunki asosiy vositalar hisobini yuritish asosan ushbu hisobot bilan tartibga solinadi. Unda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur bo’lgan ma’luotlarning yechimi berilgan:
-asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun qo’yiladigan mezonlar;
-asosiy vositalar dastlabki qiymatini shakllantiruvchi xarajatlar tarkibi;
-asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari;
-asosiy vositalarni qayta baholash.
Ushbu masalalarining yechimlari korxonalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni tartibga soladi va hisobot tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ish imkonini beradi.11
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzishda 21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» alohida ahamiyatga ega. Chunki, 21-BHMA asosiy vositalar hisobida yo’naltirilgan schyotlar va ularning funksiyasi aniq belgilab berilgan. Hisobotda keltirilgan ko’rsatkichlarni shakllantirish uchun alohida schyotlar tayinlangan. Ushbu standart asosida «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar shakllantiriladi:
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati;
yig’ilgan amortizatsiya miqdori;
qoldiq qiymati.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shuningdek, har bir ko’rsatkich bo’yicha bir necha zarur ko’rsatkichlar ham alohida hisobga olinadi. Masalan, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yil boshiga va yil oxiriga alohida hisobga olish imkoniyati ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati yoki yil davomida chiqib ketgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ham alohida hisobga olinadi. Ular hisobot tuzish uchun zarur ma’lumotlar hisoblanadi. Korxonalar o’zlari uchun zarur asosiy vositalarni xorijiy mamlakatlardan sotib oladilar. Bunday xo’jalik muomalalari asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki xarajatlar tarkibi turlicha bo’lishi bilan birgalikda ular chet el valutasiga sotib olinganligi, shuningdek asosiy vositalarnit qabul qilish sanasi va ularning qiymatini xorijiy mol yetkazib beruvchiga to’lash sanasiga quyidagi farqlar vujudga keladi. Bularning barchasi «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topishi zarur. Bunday muomalalarning buxgalteriya hisobi 22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»da belgilab berilgan.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» tuzishda O’zbekiston Moliya vazirligida 2002 yil 27 dekabrda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalar» alohida ahamiyatga ega. Ushbu qoidalarning 125, 137-bandlari «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish bo’yicha ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Unda hisobotni har bir moddasini tuzish uchun zarur majburiyatlarni aniqlash alohida qoidalari belgilab berilgan.
Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan ifodalanadi:
a) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
b) yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul). 12
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiya hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayishini anglatadi.
Mazkur usulga ko‘ra bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiya hisoblashda kutilayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalarning hisobot yili boshidagi qoldiq qiymatidan va mazkur obyektni foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya me’yorining ikki baravaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ushbu obyektlarning balans (qoldiq) qiymati ularning tugatish qiymatiga teng bo‘lgan vaqtda tugatiladi.
Yillar yig‘indisi usuliga (kumulyativ usulga) ko‘ra har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Yillar yig‘indisi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan hamda suratida obyektni foydali xizmat muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa — obyektni foydali xizmat muddati yillari soni yig‘indisining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.13
Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda har yillik amortizatsiya me’yorlari belgilangan va ushbu har yillik me’yor xarajatlarga bir maromda hisobdan chiqariladi. Hisobot yili davomida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’iy nazar (amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yilida korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalanish davri mobaynida bir maromda hisoblanadi. Asosiy vositalarning har xil turlariga (guruhlariga) amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Bunda asosiy vositalarning bir turdagi obyektlari bo‘yicha (markasi, turi va boshqalar bo‘yicha) faqat bitta usul qo‘llaniladi. Qo‘llaniladigan amortizatsiya hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettiriladi. Korxonalar kalendar yili davomida hisob siyosatini o‘zgartirmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (ro‘yxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust, Normativ hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son) ning 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy naf sezilarli darajada o‘zgarish yuz bersa, amortizatsiya hisoblash usuli, agar yuzaga kelgan holatlar amortizatsiya usulining o‘zgartirilishini oqlasa, o‘zgarayotgan tendensiyani aks ettiradigan tarzda o‘zgartirilishi mumkin. Bunday o‘zgarish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida mazkur o‘zgarish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib berilishi zarur.
Asosiy vositalar holatini yaxshilaydigan va, mos ravishda, xizmat muddatini uzaytiradigan xarajatlar amalga oshirilganini hamda xizmat muddatni qisqartiradigan texnologik o‘zgarishlarni hisobga olib asosiy vositalarning foydali xizmat muddati korxona tomonidan qaytadan ko‘rib chiqilishi mumkin. Tugatish qiymati asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisob-kitob qilishda muhim tarkibiy omil hisoblanadi. Tugatish qiymati muhim bo‘lmagan holatda, u amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga olinmasligi mumkin. Agar tugatish qiymati ahamiyatga ega bo‘lsa, u asosiy vositalarni xarid qilingan sana yoki ularni qayta baholash sanasida aniqlanadi. Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarga kamaytiriladi.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya hisobi respublikaning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jadallashtirilgan usulda hisoblangan
amortizatsiya summasi bilan soliq qonunchiligida belgilangan me‘yorlar bo’yicha
hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 146-moddasi 4-bandiga muvofiq joriy davrda soliq solinadigan
bazadan chegirmasdan xarajatlar tarkibida, ammo keyingi davrlarda soliq
solinadigan bazadan chegirgan holda xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.10
1-jadvalda keltirilgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning
normalaridan barcha turdagi korxonalar o‘zining balansidagi asosiy vositalariga
amortizatsiyasi hisoblashda keng qo‘llaniladi. Yangi kelib tushgan asosiy vositalar
bo’yicha eskirish, foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan
boshlab hisoblanadi, chiqib ketgan ob‘ektlar bo’yicha eskirish esa chiqib ketish
oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’xtatiladi.
2-rasm


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish