Asosiy vositalar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili, aktiv va passiv qismlari nisbati Budjet muassasalarida asosiy vositalarni tahlil qilishda, eng avvalo, ularning xususiyatlarini e’tiborga olish, tarkiban joylashtirish va tasniflash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda budjet muassasalari asosiy vositalarini quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.Muassasaning moliyaviy faoliyatida asosiy vositalarning qatnashuviga ko‘ra:
– aktiv asosiy vositalar;
– passiv asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning foydalanish jarayonida ishtirokiga ko‘ra:
– foydalanishdagi asosiy vositalar;
– foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning turlarga ajratilishiga ko‘ra:
– yer;
– binolar;
– inshootlar;
– uzatish moslamalari;
– hisoblash texnikasi va kompyuterlar;
– mashina va uskunalar;
– transport vositalari;
– asbob-uskunlar;
– xo‘jalik jihozlari;
– ishlab chiqarish inventarlari;
– ishchi va mahsuldor hayvonlar;
– ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar.
Mulkiy egaligiga qarab:
– o‘ziga tegishli asosiy vositalar;
– ijaraga olingan asosiy vositalar.
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarni boshqa xususiyatlari bo‘-yicha ham tasniflash mumkin.Bozor sharoiti budjet muassasalaridan asosiy vositalarning barcha turlari-ni kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini taqozo etadi.
Asosiy vositalarning tarkibi, ularning tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda dinamik o‘zgarishlariga ham baho beriladi. Asosiy vositalarning dinamikasi deganda ularning davrlar (yillar) bo‘yicha o‘zgarishi tushuni-ladi. Dinamik o‘zgarishlar asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bo‘yicha mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.11 Bozor sharoitida asosiy vositalar amartizatsiyasi tahlili Ma’lumki, asosiy vositalar o‘z vazifalarini bajarish bilan bir qvaqtda eskirib boradi. Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
– jismoniy eskirish;
– ma’naviy eskirish.
Budjet tizimidagi iqtisodiy islohotlar asosiy vositalar amortizatsiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Chunki budjet tashkilotlari to‘la davlat to-monidan moliyalashtirilgan davrda asosiy vositalarning eskirishi asosan jismo-niy eskirish hisobiga amalga oshirilib, amortizatsiya ajratmalari ularning xiz-mat ko‘rsatish muddatiga asoslangan. Tizimda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish va pullik xizmatlarning rivojlanishi, aholining zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabi ortishi, o‘z navbatida, hozirgi sharoitda tizimda asosiy vositalarning jismoniy eskirishdan ko‘ra ma’naviy eskirishi tezlashishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ham tizimda asosiy vositalarning batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida ularga tezlashtirilgan amortizatsiya ajratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bud-jet tashkilotdarida tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy manbayi esa budjetdan tashqari mablag‘lar hisoblanadi.
Budjet muassasalarining amortizatsiya siyosati bevosita davlat amor-tizatsiya siyosati asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me’yoriy xatiga hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‘riqnomasiga muvo-fiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida quyidagi beshta guruh asosiy vositalarga me’yorlar belgilangan.
Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun – 5%.
Yengil avtomobillar, taksilar, yo‘l harakatida foydalaniladigan avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma’lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun – 20%.
Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun – 10%.
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik, gaz va suv o‘zatuvchi truba provodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish uskunalari uchun – 8%.
Ushbu me’yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya hisoblashning o‘zgartirilgan normalarini qo‘llash imkoniyati berilgan, ya’ni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsiyentga qadar) usullardan foydalanishlari mumkin.Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‘llanilsa, me’yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilib, o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashlari lozim. Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli tuman muhim uslublari mavjud, bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:
– teng ulushlarda, amortizatsiya me’yorlaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;
– qoldiq usulda eskirish hisoblash;
– ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash;
– kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hokazo.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda;
– teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarda eskirish hisoblash;
– tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli.
Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qo‘llanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi. Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya me’yorlariga o‘tish asosiy fondlari yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy ta’minoti va ularning ma’naviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirish imkonini ham beradi.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muassasa ishini to‘g‘ri tashkil etish va raqobatbardosh xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan muammolardan asosiysi bu asosiy vositalarning texnik holatiga to‘g‘ri baho berish hisoblanadi. Sababi yil davomida zamonaviy asosiy vositalar kirimi tufayli asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu esa bir tomondan asosiy vositalarning ortishiga, ikkinchi tomondan ularning ma’naviy yoki jismoniy eskirishi hisobiga kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarni ijobiy hal etish uchun asosiy vositalarning texnik holatini tahlil qilib borish zaruriyati tug‘iladi.Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
– asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
– asosiy vositalarning eskirish darajasi;
– asosiy vositalarning yangilanish darajasi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:
Bu yerda: Ayaq – asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
Aqq – asosiy vositalarning qoldiq qiymati;
Abq – asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati;
Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tar-tibda aniqlanadi:
Bu yerda: Aed – asosiy vositalarning eskirish darajasi;
Aeq – asosiy vositalarning eskirish qiymati.
Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1,0 ga, foizda 100 ga teng bo‘ladi.Asosiy vositalarning yaroqlilik ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosati-ga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.Asosiy vostalarning holat ko‘rsatkichlari har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl “Buxgalteriya balansi” va 3-shakl “Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida”gi hisobot shakllaridan olinadi.Asosiy vositalarning yaroqlilik ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi.
Asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketishi koeffitsiyentlari kiritiladi. Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti joriy davrda yangi kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymatiga bo‘lish orqali topiladi. Asosiy vositalar-ning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshidagi qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.Ushbu koeffitsiyentlar aniqlanishi quyidagi formulalar orqali ham ifodalash mumkin.Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi12
Bu yerda:Ayak – asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti;Iyqav – ishlab chiqarishga yangidan qabul qilingan asosiy vositalar qiymati;Abq – asosiy vositalarning yil oxiridagi boshlang‘ich qiymati.Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
Bu yerda:Achk – asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti;Jchav – joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymati;Aybq – asosiy vositalarning yil boshiga bo‘lgan qiymati.Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bitta tarkibi bo‘-yicha berib o‘tish mumkin. Tahlil jarayonlarida asosiy vositalarning yangilash va ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga ham e’tibor beriladi. Bunda korxonaning asosiy vositalarini yangilash manbalari:
– kapital qo‘yilmalar va investitsiyalar;
– xususiy kapital o‘sishi;
– uzoq muddatli kreditlar va qarzlar;
– maqsadli moliyalash va subsidiyalar;
– tekinga olingan asosiy vositalar;
– grantlar va boshqa manbalar hisoblanadi.
Asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga quyida-gilarni kiritishimiz mumkin:
– asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi;
– asosiy vositalarning jismoniy eskirishi va foydalanishi uchun yaroqsiz holatga kelishi;
– asosiy vositalarining ortiqchaligi;
– asosiy vositalarni sotish;
– o‘g‘irliklar, yo‘qotishlar va boshqa chiqimlar.
Bugungi kunda budjet muassasalaridagi asosiy vositalarning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, muassasaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiq.
Budjet muassasalarida asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurol-langanlik darajasi deb xizmat ko‘rsatishning me’yor darajasida mehnat vosi-talari bilan ta’minlanganligiga aytiladi. Asosiy vositalarning turi xizmat ko‘r-satish sohasi faoliyatiga qarab turkumlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimida:
– o‘rin-joylar;
– kompyuterlar;
– tashxis qo‘yish apparatlari;
– jarrohlikni amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy vositalar;
– tish davolash, ko‘z kasalliklari va boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan asosiy vositalar mavjud.
Muassasaning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligini quyidagi jihozlarini farqlash lozim:
– o‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat vositalari bilan ta’minlanganligi;
– ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlanganligi.
Xulosa qilib aytganda, muassasa ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida muassasada asosiy vosita-larning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Budjet muassasalarida asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsat-kichlari xizmat ko‘rsatish turiga qarab baholanadi, masalan, poliklinikalar-da har bir ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar, shifoxonlarda ka-sallik turi bo‘yicha har bir bo‘limini asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni muas-sasaga faqat miqdor ko‘rsatkichlari orqali emas, balki sifat ko‘rsatkich-larini ham o‘rganish bilan baho beriladi.Budjet muassasalarida asosiy vositalardan foydalanish va ularning samaradorligiga baho berish moliyaviy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.Budjet muassasalarida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor muno-sabatlari sharoitida ularni asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlan-ganligini o‘rganish bilan bir qatorda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi. Sababi, muassasa asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa-yu, lekin ulardan samarali foydalanilmasa, u holda muassasaning samaradorligi pasayib ketadi.Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari muassasa iqtisodiy faoliyatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida olinadi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.13