Mavzu: Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtirish Reja: Kirish


Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash



Download 0,68 Mb.
bet2/9
Sana27.02.2023
Hajmi0,68 Mb.
#914921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtirish Reja K

Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash
Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik
faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar
ko’rsatish jarayonida yoxud ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga
oshirish maqsadida foydalanish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlardir.3
5-sonli BHMS «Asosiy vositalar» (Oo’zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda
1299-son bilan roo’yxatdan oo’tkazilgan)da asosiy vositalarga ana shunday ta‘rif
berilgan. Mazkur standart mulk, xoo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari
asosida xo’jalik yurituvchi sub‘ektga tegishli boo’lgan asosiy vositalar hisobi tartibiva uslubiyatini belgilaydi. Shunindek buxgalteriya hisobi tizimida asosiy
vositalarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda
foydalanilgan buxgalteriya hisobini yuritish sohasidagi me‘yoriy hujjatlar, uslubiy
materiallar va standartlar 1-ilovada keltirilgan. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo’nalishida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta‘minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma‘murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.2
Asosiy vositalar va ularning tahlili to‘g‘risida bir qator iqtisodchi olimlar
o‘zlarining mualliflik yondoshuvlarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, Shog‘iyosov.T.SH. ―Kompleks iqtisodiy tahlil nomli darsligida quyidagicha mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: ―Asosiy vositalar deb tarkibiga bir yildan
ko’proq muddatda xizmat qiladigan yoki xizmat muddatidan qa‘tiy nazar har bir
birligi (to’plami)ning qiymati O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish
haqining ellik baravari miqdoridan ko’p bo’lgan (sotib olish vaqtida) aktivlar kiradi. Korxona rahbari hisobot davri uchun buyumlarni asosiy vositalar tarkibida
hisobga olish uchun ularning pastroq qiymatini, buni hisob siyosatida aks ettirgan
holda belgilash huquqiga ega.Asоsiy vоsitalar xususiyatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘linadi:1. Asоsiy vоsitalarning kоrxоnaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:
- aktiv asоsiy vоsitalar;
- passiv asоsiy vоsitalar.
2. Asоsiy vоsitalarni ma`lum tarmоqlarga bo‘ysunuviga qarab:
- sanоat ishlab chiqarish asоsiy vоsitalari;
- bоshqa tarmоq asоsiy vоsitalari;
- nоishlab chiqarish tarmoqlaridagi asоsiy vоsitalar.3
3. Asоsiy vоsitalarning fоydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab:
- fоydalanishdagi asоsiy vоsitalar;
- fоydalanishdan оlib qo‘yilgan (kоnservatsiya qilingan) asosiy vositalar.
4. Asоsiy vоsitalarning turlarga ajratilishi bo‘yicha:
- yer;
- binоlar;
- inshооtlar;
- uzatish mоslamalari;
- hisоblash texnikasi va kоmpyuterlar;
- mashina va uskunalar;
- transpоrt vоsitalari;
- asbоb uskunalar;
- xo‘jalik jihоzlari;
- ishlab chiqarish inventarlari;
- ishchi va mahsuldоr hayvоnlar;
- ko‘p yillik ekinlar va bоshqa asоsiy vоsitalar.
5. Mulkiy egaligiga qarab:
- o‘ziga tegishli asоsiy vоsitalar;
- ijaraga оlingan asоsiy vоsitalar.
Bundan tashqari asоsiy vоsitalarning yana bоshqa bir xususiyatlari bo‘yicha
ham tasniflash mumkin.Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne‘matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalardir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta‘lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritilgan. Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy
vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektga berish yoki sotish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun
zarurdir.Hоzirgi sharоitda kоrxоnalarda asоsiy vоsitalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta`minlash maqsadga muvоfiqdir. Ya`ni sanоat ishlab chiqarishidami, yordamchi tarmоqlardami yoki ijtimоiy-maishiy sоhalarda bo‘lmasin barcha asоsiy vоsitalar kerakli xizmatni bajaradilar.
O’zining natural-ashyoviy tarkibi bo’yicha asosiy vositalar quyidagi hisobvarag’lar bo’yicha hisobga olinadi:4
0110 - Yer;
0111 - Yerni obodonlashtirish;
0112 - Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olinadigan asosiy vositalarni
obodonlashtirish;
0120 - Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;
0130 - Mashina va asbob-uskunalar;
0140 - Mebel va ofis jihozlari;
0150 - Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi;
0160 - Transport vositalari;
0170 - Ishchi va mahsuldor hayvonlar;
0180 - Ko’p yillik o’simliklar;
0190 - Boshqa asosiy vositalar;
0199 - Konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Hisobga olish va hisobotda asosiy vositalar ob‘ekti boshlang’ich qiymat,
qoldiq qiymat, tiklash va tugatish qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar ob‘ektining boshlang’ich qiymati
quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj
ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan to‘lovlar; - asosiy vositalar ob‘ektiga doir huquqni sotib olish munosabati bilan amalga
oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari va boshqa shunga
o’xshash to’lovlar; - bojxona bojlari va yig’imlari; - asosiy vositalar ob‘ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig’imlar to‘lovlari (agar ular qoplanmasa); - asosiy vositalar ob‘ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bog’liq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to’langan to‘lovlar;
- asosiy vositalar ob‘ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini
sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
- asosiy vositalar ob‘ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid
xarajatlar;
- aktivdan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga
olingan kapital hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning
boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritiladi. Korxonaning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati deb asosiy vositalarning mazkur ob‘ektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo’yicha) olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati deb sotib olish xarajatlarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang’ich
qiymatini o’zgartirishga asosiy vositalarning tegishli ob‘ektlari qurib bitkazilgan,
qo’shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, texnik
qayta qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayta baholangan holatlarda
ruxsat etiladi. Misol. ,,O‘zbektelekom‖ AK Andijon filiali mol yetkazib beruvchidan 5 mln.so’mga aloqa uskunasini sotib olgan, transport xarajatlari - 300 ming so’mni, o’rnatish va montaj ishlari - 100 ming so’mni, uskunani o’rnatish jarayonida shikastlangan devorni ta‘mirlash ishlari - 80 ming so’mni tashkil etgan.
Uskunaning boshlang’ich qiymati 5 000 000 + 300 000 + 100 000 = 5 400 000
so’mni tashkil etadi. O’rnatish jarayonida shikastlangan devorni ta‘mirlash
xarajatlari boshlang’ich qiymatga kiritilmaydi va joriy xarajatlarga o’tkaziladi.5
Boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga asosiy vositalarning tegishli ob‘ektlari
qurib bitkazilgan, qo’shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, xarajatlar aktivdan kutilayotgan foydani oshirsa va undan
foydalanish natijasida iqtisodiy nafni oshirishga imkon bergan holatlarda ruxsat
etiladi. Asosiy vositalarni xarid qilish, o’rnatish, zamonaviylashtirish, rekonstruksiyalash bo’yicha xarajatlarni ularning boshlang’ich qiymatiga o’tkazish kapitallashtirish deb ataladi. Asosiy vositalarning ishlash qobiliyatini tiklash
bo’yicha joriy va kapital ta‘mirlashga oid har qanday boshqa xarajatlar joriy xarajatlar sifatida ko’rilishi va kapitallashtirilmasligi lozim. Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan eskirish summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati. Vaqt o’tishi bilan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ular qiymatining oshishi, shuningdek inflyatsiya munosabati bilan ko’payishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy vositalarni qayta baholash va ularning tiklash qiymatini belgilash zarurati paydo bo’ladi. Tiklash qiymati (qayta baholashdan keyingi qiymat)
– asosiy vositalarninghozirgi narxlar sharoitidagi qiymatidir. U hukumat qaroriga ko’ra o’tkaziladigan qayta baholash natijasida shakllanadi.
Joriy qiymat – asosiy vositalarning ma‘lum sanadagi amal qilayotgan bozor
narxlari bo’yicha qiymati yoki aktivni almashtirish mumkin bo’lgan summa.
Tugatish (likvidatsion) qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha
kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati
oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz
qilinayotgan summasi.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish