Mavzu. Arxitektura estetikasi


Dizaynning estetik xususiyatlari



Download 53,66 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2023
Hajmi53,66 Kb.
#897819
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu arxitektura estetikasi

Dizaynning estetik xususiyatlari. Texnika estetikasi va turmush nafosatiga doir adabiyotlarda dizayn iborasi tez-tez uchrab turadi. U inglizcha «desing» so‘­zidan olingan bo‘lib, «loyiha, chizma» degan ma’nolarni anglatadi. Biroq, dizayn mohiyatan chizma va loyihadan farq qiladi. Mazkur farqni anglash esa bizni qurshab turgan narsalar olamining shakl-shamoyilini, rangini, joylashgan makonini va boshqa shu kabi jihatlarni mushohada qilish orqali belgilanadi. Bu o‘z nav­batida dizayndagi ikki muhim tomonni yuzaga keltiradi. Bi­rinchidan, dizayn o‘zining maftunkorligi, diqqatni jalb eta olishi, yuksak did bilan yaratilganligi, foydalanish uchun qulayligi, bejirimligi singari xususiyatlar bilan belgilanadi. Ikkinchidan, u o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajara olishi, hizmat ko‘rsatish darajasining yuqoriligi bilan izohlanadi. Demoqchimizki, dizayn nafaqat texnika sanoatining mahsulotiga nisbatan qo‘llaniladi, balki o‘zida bundan-da keng qamrovli xu­susiyatlarni aks ettiradi.
Dizayn go‘zallik kategoriyasi bilan hamkorlikda taraqqiy etib boradi. Holbuki, buyumni badiiy loyihalashtirishda uning shakli bilan mazmuni hamohang, mos bo‘lishi kerak. Qisqasi dizayndagi estetik talab shaxsning mod­diy ehtiyoji bilan birga ma’naviy ehtiyojini ham qondira ol­gandagina o‘zida go‘zallikni namoyon ettiradi. Shuning uchun ham «Buyumni estetik sifatlari nimalarni taqazo qilishini aniq bilib olish uchun go‘zallik to‘g‘risidagi umumiy tushunchani tarkibiy qismlarga ajratish zarur. Go‘zallik to‘g‘risida bu­yumning tashqi shakliga qarab fikr yuritilganligi sababli avvalo tashqi shaklning qanday belgilari mavjud ekanligini bilib olish lozim. Faqat shundan keyingina muayyan narsa qanday sifatlarga ega bo‘lishi lozimligi, u chiroyli deb ata­lishga haqli bo‘lish uchun qanday qonunlar asosida yaratilishi kerakligi haqida gap yuritsa bo‘ladi. Ana shunda bizning bergan bahomiz dalil-isbotli bo‘ladi».4
Texnikaviy taraqqiyot doimo rivojlanib, yangilanib boradi; eski texnologiyalar o‘z o‘rnini yangi, zamonaviy texnologiyalarga bo‘shatib beradi. Voqelikda esa mazkur o‘tish jarayonini ishlab chiqarish sharoitlarining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o‘zgarib, ta­komillashib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Mashinalar texnikasi davrida manfaatdor munosabat bilan este­tik munosabat orasidagi qarama-qarshilikning keskinlashuvi nafaqat texnikaning o‘ziga yoki mehnat taqsimotiga, ayni paytda, ishlab chiqarish sohalari maqsadlarining o‘zgari­shiga ham bog‘liq. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning manfaat­dorligi va nafosatdorligi o‘rtasidagi aloqadorlikka doir tadqiqotlardan shu narsa anglanadiki, mazkur aloqadorlik barcha predmetlar uchun bir xilda emas. Shunday predmetlar borki, uning estetik o‘ziga xosligi funksional-loyihalashtirish asoslari bilan belgilanadi; uning go‘zalligi mazmun va shakl, ma’naviylik va moddiylik, manfaatdorlik va foydalilik me­zonlari bilan hamoxang tarzda rivojlanib boradi. Masalan, sa­molyotsozlik, avtomobilsozlik sanoati boshqa zamonaviy transport vo­sitalar ishlab chiqarish sohasi xuddi shu talab asosida ravnaq topadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan.
Dizaynning zaruriyatga aylanishi nafaqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy madaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday sharoitda haridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. Ya’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni “boriga baraka ” tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. Shunda tovarning umummezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
Shuni unutmaslik lozimki, har qanday konstruksiyachi-injener dizayner bo‘lolmaydi. Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab uning motoridan tortib, kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog‘lab yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida “o‘z hayotiga” ega bo‘ladi. Ya’ni, mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi-injener esa mashinani go‘zallik va ulug‘vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi. Shunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-istamaymizmi, estetik ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Zotan, eslaylik, Shiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’at (xalq amaliy san’ati)ga borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa – dizaynligicha qoladi.

Download 53,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish