O‘rin almashishning yo‘nalishi. Aromatik yadroda o‘rin almashinish reaksiyalari quyidagi qoidaga bo‘ysinadi:
1. Kirib keluvchi guruhning aromatik yadrodagi o‘rni yadrodagi o‘rinbosar(lar) xarakteri bilan belgilanadi;
2.O‘rinbosarlar ikki guruhga bo‘linadi: a) birinchi guruh o‘rinbosarlari, bular yadroga kirib keluvchi zarrachani o‘ziga nisbatan orto-, para- holatlariga yo‘naltiradi, bular:-ON, -NR2, -NHR, -NH2, -OR, -NHCOR, CH3, -R, -Cl, -Br, -I. b) ikkinchi guruh o‘rinbosarlari, bular kirib keluvchi zarrachani meta- holatga yo‘naltiradi: -N+R3, -NO2, -CN, -SO3H, -CX3, -CHO, -COR, -COOH, -COOR
Do'stlaringiz bilan baham: |