rivojlantirishga hali ham ta’sir ko‘rsatmoqda, yangi moliyaviy manbalar izlash,
mavjud mablag‘lardan unumli foydalanish zaruriyati doimo dolzarb masala
T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya – 2010
23
Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni
mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan, ta’limda
o‘tkazilayotgan islohotlarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish
muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlarni
byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ularning homiylari o‘rtasida
taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va
ularni qaytarish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga va iste’dodli
yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori
asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga
joriy etildi.
Mazkur dasturni amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani
kafolatlash masalasini yechish, oliy ta’limni butun choralar bilan
takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar
asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bularning
barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli
bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
O‘zbekistonda yuqori malakali boshqaruv xodimlari, texnika sohasidagi
mutaxassislar, ommaviy ishchi kasblarga tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli
investitsiya dasturlari moliyalashtirilmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori
asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga
joriy etildi.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning muhimlaridan biri - ta’lim sohasini
rivojlantirishdirki, O‘zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi” qo‘ygan istiqbolli rejalar ta’lim xarajatlari o‘sishini
xususiyatlaydi.
24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq
ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda
katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda, lekin ham iqtisod, ham
siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak,
undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin”
16
.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy rivojining hamma jabhalarini, shu jumladan, ta’lim
tizimini isloh qilish sharoitida odimlamokda. Chunki, chuqur islohotlarni amalga
oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda, kadrlar salohiyatiga,
ularning kasb tayyorgarligiga bog‘lik. Bu esa butun ta’lim tizimini tubdan isloh
qilishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: