1 Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarining iqtisodiy mohiyati va
ahamiyati
Kuchli davlat va mustahkam jamiyatni barpo etishning o‘z
qonuniyatlari mavjud bo‘lib, bunda qonun ustuvorligi, adolat, tenglik kabi
tamoyillar qatorida ijtimoiy himoya ham buyuk davlatning mustahkamligini
ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish haqida
so‘z ketganda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday deydilar: «Biz
qachon kuchli va qudratli bo‘lamiz – qachonki odamlar bugungi tizimdan,
bugungi hayotdan rozi bo‘lsa. Shundagina bu xalqni hech kim yenga olmaydi»
2
.
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining
ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi.
Mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ham insonga
munosib turmush sharoitini yaratib berish va uning orzu-istaklarini ro‘yobga
chiqarishdan iboratdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi qaysidir darajada
«mehnatga yarasha haq to‘lash»ni taqozo etadi. Ammo bu tamoyilni bir
taraflama talqin etish, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qarovsiz va o‘z
holiga tashlab qo‘yish ham yaxshi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2011—2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni
ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mazmun-mohiyati inson manfaatlariga va aholini ijtimoiy himoya
qilishga qaratilganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
Xalqimizda azaldan mavjud bo‘lgan mehr-oqibat, o‘zaro yordam, to‘yona,
bemor va qariyalarni ziyorat qilish, xayr-ehson, zakot va shunga o‘xshash
qadriyatlar ham aholining kam ta’minlangan qatlamlariga katta ko‘mak bo‘ladi.
Ijtimoiy hamkorlik O‘zbekiston jamiyatidagi ijtimoiy himoya tizimida asosiy
omillardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi ham.
2
Каriмоv I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. – Т.:O’zbekiston,
2006. –B. 96
6
Yurtboshimiz ijtimoiy himoya haqida shunday deydilar: “... davlat qurilishi
va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanishi, iqtisodiyotimizni
rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan,
qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda
“Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini
ta’minlash uchun” degan teran ma’noli fikrni unutmasligimiz kerak»
3
.
Mustaqillikning 21 yillik davrini sarhisob qilganda, milliard-milliard
so‘mlab mablag‘lar mamlakatimizda insonlar hayot tarzini yaxshilashga, ularni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar,
nogiron va boquvchisini yo‘qotgan keksalarga sarflandi. O‘tgan davr
mobaynida har bir yilga alohida nom berilgani va ularning mohiyatini asosan
ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgani mazkur masalaga yurtimizda qay darajada
amaliy ahamiyat berilayotganini ko‘rsatadi. “Inson manfaatlari yili”, “Oila
yili”, “Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni
qadrlash yili”... deya e’lon qilinishi fikrimizni tasdiqlaydi.
Yurtimizda inson huquqi, erkinliklari va manfaatlari oliy qadriyat
hisoblanadi. Shu sababli mazkur qadriyatlar boshqa har qanday moddiy
manfaatdan ustun
hisoblanadi. Respublikamizning
asosiy
Qonuni –
Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga
nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar”
4
, deyiladi.
Bunda “fuqaro-jamiyat-davlat” munosabatlari yaqqol ifodalangan bo‘lib, unda
fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi va o‘zgarmasligi ta’kidlangan.
“Adolat” SDP o‘zining saylovoldi dasturida ana shu bog‘liqlikni
mustahkamlashni, ya’ni ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholining manfaatlarini
himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida e’lon qilgan.
Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand bo‘lgan aholi manfaatlarini himoya qilish
quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
3
Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat./T:, O’zbekiston, 2006.
4
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, 19-модда. – Т.: Ўзбекистон, 2008.
7
1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |