Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini klassifikatsiyasi
12
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat moliyasi tarkibidagi davlat byudjeti, davlatning maqsadli
jamg‘armalari, davlat krediti va korxonalar moliyasi ajratib ko‘rsatiladi. Davlat
12
T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya – 2010
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘zlarining
iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruriyatiga ko‘ra ikkita
katta guruhga bo‘lish mumkin
Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi
jamg‘armalar
Iqtisodiy xususiyat kasb
etuvchi jamg‘armalar
Bularning
tarkibiga
Pensiya
jamg‘armasi, Bandlikni qo‘llab-
quvvatlash Davlat jamg‘armasi,
Maktab ta’limi jamg‘armasi,
Majburiy tibbiyot sug‘urtasi
jamg‘armasi,Aholini
ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
va boshqalar kiradi
Bularning
tarkibiga
Respublika
Yo‘l
jamg‘armasi, Taraqqiyot va
tiklanish zaxira jamg‘armasi
va boshqalardan iborat
17
byudjeti davlat moliyasining eng yirik bo‘g‘ini bo‘lib, unda soliq tushumlarining
asosiy qismi jamlanadi va bu tizim orqali davlat siyosatining eng muhim
yo‘nalishlarini moliya bilan ta’minlash amalga oshiriladi. Ushbu tuzilmaga
kiruvchi davlatning maqsadli jamg‘armalari ko‘p mamlakatlar amaliyotida
ularning asosiy vazifasi ijtimoiy vazifalarni (mehnatga yaroqsizlarni ta’minlash,
ishsizlarga yordam ko‘rsatish, hayotiy muhim xarajatlar yo‘nalishlarini moliya
bilan ta’minlash) hal etishdan iborat.
Davlatning ijtimoiy siyosati deganda aholining hayot kechirish darajasini
shakllantirish, inson kapitalini qayta yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish,
ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish, ularning bir maromda faoliyat yuritishini
ta’minlash sohasida davlat tomonidan olib borilayotgan ichki siyosat yo‘nalishi
nazarda tutiladi. Fuqarolarning asosiy insoniy huquqlari davlat ijtimoiy siyosati
orqali ro‘yobga chiqariladi. Bunda davlat turli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish
va amalga oshirish, moliyalashtirish normalarini belgilash, ijtimoiy-iqtisodiy
andozalar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilish kabi vositalardan
keng foydalanadi.
Respublikamizda ijtimoiy muammolarni hal etish uchun davlat tomonidan
kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi taqozo etiladi. Ijtimoiy siyosatning ahamiyati
shundaki, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan yoki ba’zi sabablarga ko‘ra ishlab, daromad topish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan qatlamlari ijtimoiy himoya qilish tizimi orqali qamrab olinadi.
Masalan, mamlakatda kuchli va samarali pensiya tizimining shakllantirilishi
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish imkonini
beradi. Mamlakatimizda mustaqillik qaror topganidan keyingi yillarda
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada
mustahkamlashga yo‘naltirilgan muayyan ishlarning huquqiy poydevori barpo
etiladi. “ Har kim qariganda, mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganida, shuningdek,
boquvchisidan judo bo‘lganida hamda qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda
18
ijtimoiy ta’minot olishga haqli”
13
, degan qoidaga muvofiq qonunlarimizda
fuqarolarimizni hilma-hil shakldagi ijtimoiy himoyalash kafolatlab qo‘yildi.
“Hozirgi kunda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga byudjetdan tashqari
manbalardan mablag‘larning jalb etilishi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga
o‘tish zaruriyati tufayli kelib chiqmagan, balki u umumjahon tajribalariga
asoslanadi. Shu munosabat bilan davlat bozor talablari asosida, ijtimoiy
sohalarni moliyalashtirish jarayonida mazkur sohaga resurslar qo‘yish
mas’uliyatini o‘z zimmasida saqlagan holda, ijtimoiy sohalarni
moliyalashtirishda sheriklikka intiladi”
14
.
Moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish, moliya tizimi sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash va
bosh
yo‘nalishga
ega
bo‘lgan
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishni
barqarorlashtirish
maqsadida
davlat
ixtiyoridagi
moliya
resurslarini
markazlashtirishdan iborat. Respublikamizda aholining har qanday qatlamini
turli shakldagi ijtimoiy himoya bilan ta’minlashda, davlatning ijtimoiy siyosat
olib borishida hamda ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda doimo muayyan
miqdordagi pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish taqozo etiladi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning samarali tizimi himoyaga bevosita muhtoj
fuqarolar toifasigagina emas, balki iqtisodiyotni eng yuqori darajada
rivojlantirish, jamiyatning mehnatga yaroqli har bir a’zosining mehnatini
rag‘batlantirish , u ishlab pul topishni istaydigan va topa oladigan sharoit
yaratishga
ham
mo‘ljallangan. Ya’ni, barcha islohotlarning-iqtisodiy,
demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi-insonga munosib turmush va
faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Bu vazifalarning ijobiy hal
etilishi aynan davlat maqsadli jamg‘armalari rivojiga va taraqqiyotiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi
davlat siyosatiga ko‘ra aholining mehnatga qobiliyatsiz tabaqalarini, aniq
13
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 1992. 39-modda.
14
Qosimova G. A. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi: holati. Tarkibi va isloh etish yo’nalishlari. Ilmiy ishlar
to’plami. Toshkent. 2007. №1. -38b.
19
sabablarga ko‘ra mehnat faoliyati yurita olmaydigan, belgilangan miqdordan
kam daromad oladigan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning
yaxlit tizimi yaratildi, bu esa eng muhim ehtiyojlarni ta’minlashda ijtimoiy
yordam yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjeti tarkibidagi maqsadli ijtimoiy jamg‘armalarga O‘zbekiston
Respublikasining
Pensiya
jamg‘armasi va Ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi kiradi.
Ma’lumki, aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan biri pensionerlardir.
Pensiya ta’minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning xozirgi kunda
respublikamiz fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘liqligi bilan
belgilanadi.
Ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ziddiyatlarni hal qilishda hamda
iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda Pensiya jamg‘armasi muhim ahamiyatga
ega. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini
ko‘zlaydi. Butun islohotlar jarayonida respublikamizda aholining ijtimoiy
muhofazasi va uni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarining
qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish
masalalariga juda katta ahamiyat berildi. Davlat pensiya ta’minotining
moliyaviy muammolari esa ko‘p jihatdan Respublikamizning Pensiya fondi
taraqqiyotiga bog‘liq.
Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish
qobiliyatini yo‘qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir.
O‘zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash
va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat
qurish kabi maqsadli vazifa qo‘yilar ekan, bunda davlatning maqsadli
jamg‘armalaridan Pensiya fondining hozirgi faoliyati holatini hamda
istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olishimiz talab etiladi. Pensiya tizimining asosiy vazifasi inson ehtiyojini hamda
uning keksalik chog‘ida himoyalanishga bo‘lgan talabini qondirishdir degan
xulosa chiqarish imkonini beradi. Ish haqi jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun
20
asosiy tirikchilik manbaiga aylanishi bilan ijtimoiy himoyasizlikning alohida
turi, ya’ni ish haqidan mahrum bo‘lish tufayli moddiy ta’minlanmaganlik xavfi
vujudga keladi. Bu ijtimoiy xavf-xatar ommaviy bo‘ladi, asosan ijtimoiy shart-
sharoitlar bilan belgilanadigan va alohida kishiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy
xarakter kasb etadi.
Pensiya ta’minoti tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi:
fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash;
mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘-lanadigan ish
haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miq-dordagi kafolatlangan
daromadni ta’minlash;
kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini yaxshilashdan
iborat.
Respublikamizda pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini
takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq
yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda
pensiyalar va nafaqalar to‘plashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish
samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 444-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur
Qarorga muvofiq, 2001 yil 1yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston
Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi.
Byudjetdan tashqari pensiya fondining daromadlari va xarajatlari har yili
jamlangan byudjetning tarkibiga kiritildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
va
Davlat
Coliq
qo‘mitasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va
mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasiga yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1-maydagi “Aholini ish bilan
ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunida aholining ish bilan ta’minlash sohasidagi
21
davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat
organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun “Ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashuvchi” davlat jamg‘armasi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi
davlat jamg‘armasi aholining bandlik davlat siyosatini amalga oshirish bilan
bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun tashkil qilingan. Bu jamg‘armani
tashkil etish zaruriyati, mamlakatimizda ishsizlarning yuzaga kelishi bilan
izohlanadi, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni qo‘llab-quvvatlashga
ko‘maklashadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Ish
bilan
ta’minlashga
ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi
davlat siyosatini amalga oshirish hamda shahar (tuman) Bandlikka
ko‘maklashish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatishida mablag‘ bilan
ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan.
O‘zbekistonning
ijtimoiy
siyosatida
ham,
aholini
ijtimoiy
himoyalashning muhim sharti sifatida ham ish bilan bandlik va ishsizlikdan
himoyalash siyosatini davlat byudjetidan moliyalashtirish dunyodagi ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangan. Ammo bu tajribalarni
ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatining chora-tadbirlariga mos holda
takomillashtirilmoqda.
Ish bilan bandlikning to‘rt jihatini hisobga olish kerak bo‘ladi:
ish bilan bandlik insonning konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim
huquqi – mehnat huquqi bilan mustahkam bog‘liqligidir;
ish bilan bandlik hozirgi kunda mehnat faolligini oshirish, mehnatga
qobiliyatli fuqarolar va ularning oilalarini turmush darajasini oshirishning eng
muhim kafolatidir;
har kimning va jamiyat farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli
mehnatni shakllantirilishidir;
Mehnat faoliyati insonni o‘zgartirishi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib
berishi va ko‘paytirishi hamda shaxsning rivojlanishini rag‘batlantirilishidir.
22
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy rivojining hamma jabhalarini, shu jumladan, ta’lim
tizimini isloh qilish sharoitida odimlamokda. Chunki, chuqur islohotlarni amalga
oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda, kadrlar potentsialiga,
ularning kasb tayyorgarligiga bog‘lik. Bu esa butun ta’lim tizimini tubdan isloh
qilishni taqozo etadi.
4-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |