3
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning kuchli tomonlaridan
biri
uning
ijtimoiy
yo‘naltirilganligidir.
Hukumatimiz
Respublikamiz
mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohotlarning aholini hususan, uning
ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va
shu yo‘ldan bormoqda.
Ijtimoiy muhofaza tizimini takomillashtirish hozirgi sharoitda eng dolzarb
masalalardan biridir. Chunki mamlakatimizda olib borilayotgan barcha
isloxotlar va tadbirlar inson uchundir. Shuning uchun mamlakatimizda
aholining kam ta’minlangan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan
qismini, ishsizlar, nogironlar, yosh bolalar, talabalar, qariyalar, boquvchisini
yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsad qilib qo‘yilmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi mustaqillik davrida o‘ziga xos ravishda yangidan
shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o‘zlikni anglash, e’tiqod va an’analarning
tiklanishi tizimiga muhim yangilik bo‘lib qo‘shildi.
Ijtimoiy himoyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu aholining muhtoj,
kam ta’minlangan qismlariga moddiy yordam, nafaqalar va boshqa imtiyozlar
berishdan iborat.
Aholining eng kam himoyalangan va muhtoj tabaqalarini o‘z vaqtida
qo‘llab-quvvatlash xalq farovonligi, insonparvarligi yo‘lida amalga
oshirilayotgan islohatlar muvaffaqiyati garovidir. Mustaqilligimizning dastlabki
yillaridayoq yurtboshimiz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini davlat
tomonidan muhofaza qilish masalasini kechiktirib bo‘lmaydigan, ustuvor
vazifalardan biri sifatida belgilab berdilar.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari maqsadli pul
fondlarining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, aholi turmush darajasini
oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan
birga byudjetdan tashqari fondlardan ham foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ishlovchilar, korxonalar, davlat va
jamiyat manfaatining yangi munosabatiga xos ijtimoiy himoyaning shakl va
4
mexanizmlarini yaratish zarurati kelib chiqdi. Davlat bu jamg‘armalarning
mablag‘lari bilan ishlab chiqarish jarayoniga aralashadi, tashkilot va
muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi. Ijtimoiy siyosat chora-
tadbirlarini moliyaviy ta’minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning izchil faoliyati
natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari davlatning daromadlar
bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilishi bilan bir
qatorda jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal
bandligini ham ta’minlashi zarur. Chunki, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush farovonligini yaxshilashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek,
«Bizning hamma ishlarimizda – bu iqtisodiy siyosatimizni shakllantirish
masalasi yoki iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga
tatbiq etish bo‘ladimi, ijtimoiy soha tizimida ertangi va uzoq muddatli istiqbolga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘ladimi –
bularning barchasida biz uchun faqat bitta masala eng ustun va hal qiluvchi
o‘rinda turadi. U ham bo‘lsa, inson manfaatlarining ustuvorligidir. Xalqimizning
turmush darajasi va hayot sifatini izchil va bosqichma-bosqich yuksaltirib borish
bo‘yicha bizning asosiy maqsadimiz ham ana shundan iborat»
1
.
1
Karimov I. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh
maqsadidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasi majlisidagi ma’ruzasi // Xakq so’zi. 2008. Fevral.