Ijtimoiy himoya yo‘nalishlari
5
O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarining himoyalanishiga katta
e’tibor beriladi. Chunki ular orasida ham yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj,
nogiron yoki qarovchisiz qolganlari mavjud. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj
bolalar va oilalar jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun
ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab
chiqish tashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajratadi. Bunga yaqqol dalil
sifatida nogiron bolalarga ajratilgan e’tiborni ko‘rsatish mumkin. Nogiron
bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika,
davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya
5
T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya - 2010
Farzand tug’ilganligi
uchun beriladigan
suyunchi pullari
Ishlamaydigan
onalarga bola 2
yoshgacha
parvarishlash uchun
to;lanadigan nafaqa
Stipendiyalar
Kam ta’minlangan oilalar
uchun moddiy yordam
Ijtomoiy
himoya
Ishlaydigan onalarga
bola 2 yoshgacha
parvarishlash uchun
to;lanadigan nafaqa
Homiladorlik va tug;ish
uchun nafaqalar
8
yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va
boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi
6
.
“Adolat” SDP jamiyat oldidagi o‘z javobgarligini va mas’uliyatini to‘liq
his qilgan holda ijtimoiy himoya sohasida jamoat tashkilotlari bilan, ayniqsa,
o‘zini o‘zi boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahalla bilan hamkorlik va
sheriklikni mustahkamlashda, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini
kuchaytirishda davom etmoqda. Chunki ijtimoiy himoya tizimini yanada
kuchaytirish joylardagi mavjud holatdan yaxshi xabardor bo‘lgan mahalla
fuqarolar yig‘inlari bilan yaqindan hamkorlik qilishni taqozo etadi. Bunda
siyosiy partiyalarning asosi bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar rahbarlarining
izchil faoliyatiga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Partiyaning ana shu bo‘g‘ini
ijtimoiy himoyaning adolatli yo‘lga qo‘yilishida jamoatchilik nazoratchisi
vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan mahalla tizimiga real yordam berishi
mumkin.
Dunyoning global muammolari keskin tus olayotgan bir davrda ijtimoiy
siyosat masalasi insoniyat taqdirida muhim rol o‘ynamoqda. Ana shunday bir
sharoitda O‘zbekiston o‘zining tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va
qadriyatlariga tayangan holda o‘zi tanlagan yo‘ldan sobitqadamlik, izchillik va
bosqichma-bosqichlik tamoyillari asosida olg‘a intilmoqda. Respublikamiz
Prezidentining «... men respublika Prezidenti sifatida odamlarning ocharchilikka
duch kelishiga yo‘l qo‘ymayman. Davlat o‘z fuqarolarini muhofaza qilishga
qodir bo‘lsagina davlat bo‘ladi. Bu borada boshqacha yo‘l yo‘q...»
7
, deya
ta’kidlashi O‘zbekistonda davlat siyosatining qanday yo‘nalishda olib
borilayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishda davlat va
hokimiyat tashkilotlari, keng jamoatchilik va fuqarolarning hamkorligi tubdan
o‘zgardi. O‘zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy birligi bo‘lgan
6
Karimova D. O’zbekiston Respublikasida bola huquqlari kafolatlarining ayrim jihatlari//Toshkent islom
universiteti Ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2009. - №4. – B.44
7
Karimov I. A. O’zbekistonning ktlajagi buyukligiga ishonchim komil!// o’zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot,
mafkura – T.: O’zbekiston, 1996. B. 156.
6.
9
mahalla orqali ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va boquvchisini
yo‘qotganlarga maqsadli madad ko‘rsatish tizimi shakllantirildi.
O‘zbekistonning Davlat byudjetida maxsus “Ijtimoiy himoya” bandi
belgilangan bo‘lib, bu dunyo tajribasida yagona hisoblanadi. Chunki o‘zbek
milliy qadriyatlarini bu kabi insonparvarliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlardan tashqari, hukumatimiz tomonidan har
yili yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va
ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirishga qaratilgan maxsus
qarorlar qabul qilinmoqda.
Respublikadagi hokimiyat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari,
mahalla, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, keng jamoatchilik va siyosiy
partiyalar ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish jarayonida o‘zlarining
amaliy takliflari, fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol qatnashishlari
talab etiladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash nafaqat davlat va nodavlat tashkilotlar, balki
har bir kishining insoniylik burchi va vazifasidir. O‘zbekistonda yangi jamiyat
qurish, demokratik huquqiy davlat tuzish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga
o‘tkazish maqsadida o‘zimizga xos va mos yo‘l tanlangani bejizga emas. Bunda
barcha harakatlarning dasturilamali bo‘lmish besh tamoyildan biri – aholining
ijtimoiy himoyasini ta’min etgan holda bozor munosabatlariga bosqichma-
bosqich o‘tish alohida ta’kidlangan. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek,
«O‘z-o‘zidan ravshanki, ijtimoiy himoya masalasi – bu faqat davlat va
hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot va xayriya muassasalarining ishi
bo‘lib qolmasligi lozim. «Ijtimoiy» degan so‘zning ko‘pchilikka, jamoatchilikka
mansub degan ma’noni ifoda etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu o‘ta muhim
masala jamiyatimizning, barchamizning burchimizga aylanishi darkor»
8
.
8 Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor
vazifamizdir. // Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va
xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. – T.15. – T.: O’zbekiston,
2007. – B. 128-129
10
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimida maxsus himoya va
ijtimoiy kafolatlardan ayniqsa mehnat layoqati cheklanganlar foydalanishlari
lozim. Ijtimoiy sohadagi qonunchilik nafaqaxo‘rlarni, kasalmandlarni,
ishsizlarni, yoshlarni va bolali ayollarni manfaatlarini kuchli himoya qiladi.
Ijtimoiy sohalarni mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi
tufayli aholining turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldi olindi,
shuningdek, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.
Bugungi kunda aholining tarkibi respublikamizdagi barcha ijtimoiy
jarayonlarga
ta’sir
ko‘rsatmoqda
va
bu
sohadagi
muammolarni
o‘tkirlashtirmoqda. Bu esa ijtimoiy masalalarni, jumladan, ijtimoiy yordam,
pensiya ta’minoti, maorif va sog‘liqni saqlash jarayonlarini isloh etishning
ustivor yo‘nalishlar ekanligini belgilab bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasidagi bozor islohotlarining o‘ziga xos jihati
ularning inson taraqqiyotiga qaratilganligidir. Hozirgi sharoitdagi ta’lim
majmuini, kadrlar tayyorlash ko‘p darajali tizimini rivojlantirish, bu borada
yangi kontseptsiyani ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyotda zarur siljishlarni amalga
oshirishga, jumladan, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonni taraqqiy qildirish,
uning iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarga doimiy moslashuvini
ta’minlashni amalga oshirishga imkon beradi.
Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni
mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan, ta’limda
o‘tkazilayotgan islohotlarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish
muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlarni
byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ularning homiylari o‘rtasida
taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va
ularni qaytarish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga va iste’dodli
yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori
11
asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga
joriy etildi.
Mazkur dasturni amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani
kafolatlash
masalasini
yechish,
oliy
ta’limni butun choralar bilan
takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar
asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bularning
barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli
bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning muhimlaridan biri - ta’lim sohasini
rivojlantirishdirki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qo‘ygan istiqbolli rejalar ta’lim xarajatlari
o‘sishini xususiyatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq
ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda
katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda, lekin ham iqtisod, ham
siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak,
undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin”
9
.
O‘tish davri dastlabki bosqichining moliyaviy oqibatlari ta’lim tizimini
rivojlantirishga hali ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Yangi moliyaviy manbalar izlash,
mavjud mablag‘lardan unumli foydalanish zaruriyati doimo dolzarb masala
bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |