-
VI asrlarda
Hindistonda paydo bо’lgan. )
Konfutsiychilik
-
Xitoydagi axloqiy
-
siyosiy ta’limot. Keyingi eng ta’sirli uch
asosiy falsafiy diniy oqimlardan biri. (daosizm va buddizm bilan birga.) Konfutsiy
asos solgan. Konfutsiylik milodiy I asrlarda davlat ta’limotiga aylandi.
Kо’p mamlakatlarda ilk davlatlar paydo bо’lgan davrda tabiat va inson
birligiga asoslangan. Ibtidoiy odamga xos bо’lgan о’tkir ko’zatuvchilik va uning
tabiat bilan chuqur tanishishi insonni tuganmas tabiat kitobining ba’zi sirli
varaqlarini о’qiy bilish darajasiga kо’targan.
Albatta, mazkur ijobiy bilimlar tо’planmaganda insoniyat о’zining gо’daklik
davridan chiqa о’lmas, umuman rivojlanish bо’lmas edi. Uning yо’lida uchragan va
doimo g’ov bо’lib kelgan notо’g’ri, teskari xayoliy tasavvurlar qanchalik kо’p
bо’lmasin, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotni xech vaqt tо’xtata olmagan. Aksincha,
ijobiy bilimlar о’zidan keyin paydo bо’lgan ilmiy tafakkurning ashaddiy raqibi
hisoblangan diniy tasavvurlar bilan murosasiz kurashda shakllanib, bu kurash
jarayonida tо’plagan bilimlarning qanchalik haqiqiy ekanligi aniqlangan.
Eng qadimgi davrlardan boshlab Quyosh, oy, yuldo’zlar kompas va soat
vazifasini bajargan. Bir tadqiqotchining obrazli iborasi bilan aytganda, odamni
xayvondan ajratadigan belgilaridan biri, uning ba’zan boshini kо’tarib osmonga
qarashining asosiy sababi ish mavsumini yuldo’zlarning xarakatlari va sonlari
о’zgarishiga qarab belgilash zaruriyatidadir. Masal, papuaslar quyoshning
yurishiga qarab ishni boshlash va tugatish vaqtini aniqlaganalar, Arabistonda
yashovchi kо’chmanchi qabilalar uchun jazirama issiqdan qochib, kechalari kо’chib
yurganlarida oy doimiy yо’lchi bо’lgan. Shuning uchun ham bu yerda paydo
bо’lgan Islom dinining muqaddas alomati yarim oydir.
Kо’p xalqlarda hozirgacha yil Hisobi oy kalendariga asoslangan.
Deyarli barcha qabilalarda yuldo’zlarni hayvon ismi bilan nomlash odat
bо’lgan. mas, afrikalik bushmenlar u yoki bu yuldo’zni toshbaqa, kaltakesak, tog’
echkisi va x.k. Hayvon nomi bilan ataganlar. Tub avstraliyaliklar jadi yuldo’zlarini
kenguru deb ataydilar. Ularning о’ylashicha osmon ovchilari tutib yeyish uchun bu
kenguruning ketidan yurar emish, osmondagi somon yuli esa usha ovchilar yerda
yoqqan gulxanning osmonga kо’tarilgan tutini emish.
Eskimoslar yuldo’zlarni tulen ovlashga chiqib, osmonda yо’l topolmay
adashib yurgan ovchilar deb ta’riflaydilar.
Mо’g’ullar va turklar yilni 12 oyga bо’lib, har oyni bir xayvon (sichqon,
bo’zoq., arslon, quyon, naxang, ilon, ot, qо’y, maymun, tovuq, it va chо’chqa) nomi
bilan ataganlar. Bu yil hisobini qо’shni Osiyo mamlakatlari, shu jumladan О’rta
Osiyo xalqlari ham qabul qilgan.
Qadimgi Sharqda keng tarqalgan yana bir (Quyoshning yillik xarakati
doirasidagi 12 nuqtada joylashgan burj
-
zodiak yuldo’zlar turkumiga asoslangan)
kalendarda ham sayyoralarning kо’pchiligi hayvon (qо’zichoq, bo’zoq,
qisqichbaqa, sher, chayon, tog’ echkisi, baliq nomi bilan atalgan.
Mazkur oy nomlari har bir xalqning mashg’uloti, mehnat faoliyati, turmush
tarzining о’ziga xos xususiyatlarini obyektiv ravishda ifodalovchi muhim
dalillardir.
Masalan, zodiak (burjiy) yil hisobida oyning Bo’zoq yuldo’zlar
turkumining yonida joylashgan vaqt aprel
Do'stlaringiz bilan baham: |