1. Maydalash jarayonining nazariy asoslari
Kimyoviy texnologiyadagi mexanik jarayonlar turkumiga materiallarni maydalash, saralash, aralashtirish, presslash va donadorlash kabilar kiradi. Mexanik jarayonlarda materialning fizik-kimyoviy harakteri o’zgarmasdan qolib, faqat shakligina o’zgaradi. Qishloq xujaligi maxsulotlarini etishtirish saqlash va kayta ishlashda texnologiyasida mexanik jarayonlar alohida ahamiyatga egadir. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jism mexanikasi qonunlariga to’la buysinadi. Mexanik jarayonlar materiallarga mexanik kuch ta`sir qilishiga asoslanadi. Ular kimyo va oziq –ovqat sanoat korxonalarining asosiy jarayonlaridan biri xisoblanadi.Bu jarayonlar mahsulot chiqishini tezlatuvchi faktorlardan biri diffo’ziya koefitsenti qiymatini oshirilishiga xizmat qiladi.Moddalarning diffo’ziyasi bilan bo`gliq bo’lgan jarayonlarning tezligi fazalarning o’zaro ta`sir qilish yuzasiga bo`gliq. O’zaro ta`sir yuzasining katta bo’lishi fazalarning ichidagi modda tarqalishini va modda bir fazadan ikkinchi fazaga ochtishini tezlatadi. Yuza kattaroq bo’lsa kimyoviy jarayon ham tezlashadi. Ayniqsa kimyoviy yoki diffo’zion jarayonda qattiq faza qatnashsa o’zaro ta`sir yuzasini ko’paytirishga tashqi kuch ta`sirida zarrachalarni maydalash yo’li bilan erishiladi. Maydalash paytida material bo’laklarini o’lchami ancha kamayadi.
Materiallarni maydalash jarayonini shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin:
1. Maydalash- ya’ni materialni mayda bo’laklarga bo’lish
2. Yanchish yoki talqon qilish.
Materiallarni maydalash jarayoni ezish , yorish, ishqalash va zarba berish usullari yordamida olib boriladi. U yoki bu usulni tanlash materialning fizik- mexanik hossalari va bo’laklarining o’lchamlariga ko’ra tanlanadi.Misol tariqasida oladigan bo’lsak- qattiq materiallar ezish , yorish va zarba berish usuli bilan , qattiq va qovushqoq material esa ezish va ishqalash usuli yordamida maydalanadi.
Maydalash quruq yoki xo’l usulda olib boriladi. Xo’l usulda chang hosil bo’lmaydi va maydalangan mahsulotni tashish osonlashadi.
Materialni dastlabki va maydalangan bo’laklarining o’lchamlariga ko’ra sinflarga bo’linishi quyidagicha bo’ladi.
Maydalashgacha maydalangandan maydalash
sochng darajasi
Yirik 1500-3000 mm 300-100 2-6
O’rtacha 300-100 mm 50-10 5-10
Mayda 50-10 mm 10- 2 10-50
Yupqa 0-2 mm 2-0,75 100
O’ta yupqa 2-0,075mm 7,5.10-2 -1.10-4 -
Maydalash darajasi- -maydalash jarayonini samaradorligidir. Bu ko’rsatkich maydalanishgacha bo’lgan material bo’lagining o’rtacha harakterli o’lchami ( db) ni maydalangan material bo’lagini o’rtacha harakterli o’lchami (dm) ga nisbati bilan aniqlanadi
(1)
Bo’laklarni sharsimon,kubsimon deb faraz qilsak, harakterli o’lchamlari sifatida ularning diametri yoki qirrasining uzunligi olinadi.
Notoch`gri geometrik shaklga ega bo’lgan bo’lakning o’rtacha qiymati esa quyidagicha aniqlanadi:
(2)
Bu erda:
l,b,h-material bo’lagining perpendikular uch tomonining o’lchamlari
Maydalangan eng katta va eng kichiq bo’lakning o’lchamlari quyidagicha topiladi:
(3)
Qattiq materiallarni maydalash jarayonida bo’laklarni o’lchamlarini kichraytirish uchun tashqi kuch ta`sir qilish kerak .qattiq bo’lak yanchilganda u avval hajmiy deformatsiyaga uchraydi,sochngra buning xisobiga hosil bo’lgan katta va kichiq yoriqlar bo’ylab parchalanib ketib , yangi yuzalar hosil qiladi.Bu jarayonda sarflangan ish emirilayotgan bo’lak hajmining o’zgarishiga mos bo’lib,quyidagi tenglik bilan ifodalanadi:
(4)
bu erda -mutanosiblik koeffitsenti, -qattiq jism hajmiy birligini deformatsiya qilish uchun sarf bo’lgan ish, -hajmning o’zgarishi.
Maydalash vaqtida yangi yuzani hosil qilish uchun sarf-langan ish miqdori quyidagiga teng:
(5)
bu erda - mutanosiblik koefitsenti, F qaytadan hosil bo’lgan yuza
Maydalash jarayonida sarf bo’lgan ish miqdori Ribinder tenglamasi orqali ifoda qilinadi:
A=Ad +Ayu=k V+ F (6)
Maydalash jarayoniga tegishli bir qancha farazlar mavjud bo’lib ,ulardan birinchisi Kik-Kirpechev tamonidan taklif qilingan.Bu farazga binoan qattiq materialni maydalash uchun sarflangan ish yanchilayotgan bo’lak hajmiga mutanosib.
=K1d3 (7)
Ikkinchi faraz Rittenger tamonidan taklif qilingan bo’lib bunga ko’ra qattiq jismni maydalash uchun sarflangan ish yangi hosil bo’lgan yuzaga mutanosib:
= 1 d2 (8)
Yuqoridagi printsiplarga asoslanib sanoatda bir qancha tipdagi maydalash qurilmalari mavjud.Katta bo’laklarni maydalash uchun yassi qismli qurilmalardan o’rtacha va mayda maydalash uchun vallari bo’lgan zarbiy,markazdan qochma va kiya konusli maydalash qurilmalaridan foydalanila-di.Materiallarni yupka maydalash uchun esa tegirmonlar qo’llaniladi.Ularni printsipial ishlash sxemalari quyidagi rasmda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |